39
Hozirgi tuproqlarni bonitirovkalash uslubiyatlarida
tuproqdagi harakatchan
fosfor va kaliy miqdorlaridan foydalanish koeffitsiyentlari mukammal tarzda
ishlanmagan. Lekin tuproq ekologik indeksini hisoblashda bevosita bu kattaliklardan,
ya’ni oziqa elementlarining miqdorlaridan foydalaniladi.
TUPROQNI BONITIROVKALASH ISHLARINI AMALGA OSHIRISH
Yer egalarining tuproqlarini baholashda tuproq xaritalari asos bo‘lib
xizmat
qiladi. Tuproq xaritalarida ajratilgan ayirmalar baholash ob’ekti hisoblanadi.
Tuproqni tabiiy xususiyatlariga ko‘ra baholash quyidagicha bajariladi.
Eng avvalo tuproq xaritasi eksplikatsiyasidan shu xo‘jalikka tegishli hamma
tuproq ayirmalari tartib bilan yozib olinadi.
Negizli shkaladan tuproqni genetik guruhi va mexanik tarkibiga ko‘ra
birlamchi, ya’ni eng yuqori bali aniqlanadi. Bu ish barcha
tuproq ayirmalari uchun
bajariladi.
Tuproqni boshqa xossalari esa bonitirovkalash koeffitsiyentlari tariqasida
jadvallarda keltirilgan. Demak jadvallar bonitirovkalanayotgan mutaxasis qo‘lida
bo‘ladi. Tuproqni oxirgi bali esa har bir ayirma uchun asosiy shkaladan aniqlangan,
ya’ni olingan ball bonitetiga ketma-ketlik bilan bonitirovkalash
koeffitsiyentlarini
ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi va maxsus jadvalga yoziladi.
Misol uchun O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Paxtaobod tumani
Yakubov nomli jamoa xo‘jaligini tuproqlarini baholanishini ko‘raylik.
Xo‘jalik yerlari och tusli bo‘z
tuproqlar, ya’ni bo‘z tuproqlar kamarida
joylashgan.
Xo‘jalikning dehqonchilik bilan band yerlari sug‘oriladigan o‘tloqi
tuproqlardan iborat.
Mutaxassislar tomonidan 7 ta tuproq ayirmasi ajratilgan
va noqulay yerlar
hamda suv yuzasi keltirilgan.
Tuproq ayirmalari uslubiyatda ko‘rsatilganidek tartib bilan ro‘ynoma jadvaliga
yoziladi, ya’ni ro‘yxatga olinadi.
21-jadval.
Dostları ilə paylaş: