Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Takrorlash uchun savollar. 
1. O‘zbekiston xududida bahorikor yerlar va ularning maydoni haqida? 
2. Yer va tuproq to‘g‘risidagi munosabatlar, mulohazalar 
3. Lalmikor yerlar uchun negizli shkala va uning xususiyatlari? 
4. Lalmikor yerlarni yog‘in miqdoriga ko‘ra tasnifi? 
5. Lalmikor yerlar uchun qanday koeffitsentlar ishlangan? 
6. Onalik jinsiga ko‘ra ko‘paytiruvchi koeffitsentlar? 
7. Lalmikor yerlarda eroziyaga qarshi kurash choralari? 
8. Yuvilganlik darajasiga ko‘ra koeffitsentlar? 
9. Skeletliligiga ko‘ra ishlangan koeffitsentlar? 
10. Qiyalik darajasi va ekspozitsiyasi uchun ishlangan koeffitsentlar? 
11. Bonitirovka ballarini hisoblash?


52 
MAVZU: TUPROQLARNI EKOLOGIK JIHATDAN BAHOLASH VA 
TUPROQ BONITIROVKASI 
 
Har xil qishloq xo‘jaligi ekinlariga nisbatan tuproqni ekologik jihatdan 
baholash ishlari nisbatan murakkab bo‘lib, bu boradagi ishlardan diqqatga sazovori 
L.L. Shishov, N.I. Karmanov va boshqalarni ishlarini aytish mumkin. 
Bular tomonidan ishlab chiqilgan usul tuproq-ekologik ko‘rsatkichlariga 
tayangan bo‘lib, yerlarni ball bonitetlari shu asosda hisoblab chiqariladi. Bunda 
haydalma yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, yaylov va boshqalarni kichik yer 
maydonchasidan boshlab viloyat, respublika miqyosigacha ball bonitetlarini aniqlash 
mumkin. Bu usulda tuproqlarni baholash qator vazifalarni echimini topishga, 
tuproqlarni baholashga yordam beradi. 
1. Sug‘orish melioratsiyasi sohasida - sug‘orish jarayonida tuproqlarni bonitet 
ballarini o‘zgarishi, qo‘shimcha hosilni hisoblash, u yoki bu o‘simlikni sug‘orish 
xududlarini aniqlashda bu usulni ahamiyati katta. 
2. Dehqonchilikni kimyolashtirishda - jadal texnologiyani birinchi navbatda 
kiritish mumkin bo‘lgan maydonlarni aniqlashda, o‘g‘itlardan yana ham samaraliroq 
foydalanish yo‘llarini aniqlashda qo‘l keladi. 
3. Iqtisod sohasida - ishlab chiqarishni yaxshilashni potentsial manbalarini 
aniqlashda, pul bilan baholashda, foydani qayta taqsimlashda ham usulni ahamiyati 
katta bo‘ladi. 
Tuproqni bu usulda baholash uni tabiiy xossa va xususiyatlariga tayanganligi 
sababli uning unumdorlik darajasini baholashda keskin farqlarga, ya’ni haqiqiy 
holidan keskin farq qiluvchi kattaliklarga olib kelmaydi. 
Tuproqlarni bu usulda baholashni afzalliklaridan biri doimo qo‘llaniladigan 
bonitirovkaga o‘xshaganligi bo‘lib, uni, ya’ni tuproqni tabiiy xossa va xususiyatlari, 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hammasini yaxshilab o‘rganish o‘rniga hosil etishtirishdagi 
barcha texnologik jarayonlarni kuzatish va nazorat qilish kifoya. 
Bu usulda tuproqni baholash o‘z ichiga 3 bo‘limni qamrab oladi. 
1 Xo‘jaliklar bo‘yicha tuproq-agrokimyoviy va agroiqlimiy ko‘rsatkichlarni 
tayyorlash. 
2 Tuproq-ekologik baho. 
3 Har xil qishloq xo‘jalik ekinlariga nisbatan tuproq bonitirovkasi.
Bu usulda ma’lumotlarni to‘plash 5 ta shaklni o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin