Bajardi: Oqmardiyev S.
Tekshirdi: Tursunov A.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
Reja:
1. Mustaqillik yillarida davlatboshqaruv tizimidaamalga oshirilgan islohatlar.
2. Yuksak manaviyatli yoshlarni tarbiyalashda O`rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o`rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
3. O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari (o`zgarish va muommolar).
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida soʻz ketganda “Yangi Oʻzbekiston” iborasi tilga olinayotgani, bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qoʻyganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofi ekanini alohida taʼkidladi.Darhaqiqat, keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar oʻz mevalarini bera boshlab, Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda.Mazkur yangilanishlar davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Yaqin istiqboldagi innovatsion taraqqiyotimizning dasturilamali boʻlgan Harakatlar strategiyasining birinchi yoʻnalishi ham aynan davlat boshqaruvi tizimi va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarga bagʻishlangani bejiz emas. Yangi Oʻzbekistonda demokratik davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan yuksak gʻoyaga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. Bu borada hozirga qadar qilingan saʼy-harakatlarni tahlil etsak, quyidagi muhim jihatlarni koʻrish mumkin.
1. Mustaqillik yillarida davlatboshqaruv tizimidaamalga oshirilgan islohatlar.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalanganini qayd etishadi. Avvalo, iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi.
Tahlillar shuni ko‘rsatayaptiki, davlat xizmati faoliyatini tartibga soladigan hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha masalani qamrab olmasdan, yagona huquqiy standartlar hamda ma'muriy-boshqaruv amaliyotini o‘rnatishga xalaqit qilmoqda. Xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi, yagona kadrlar siyosatining yo‘qligi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy himoyasi ular tomonidan bajarilayotgan vazifalarga mos emasligi davlat xizmatchilarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayapti. Bularning barchasi, o‘z navbatida, tashkilotlar, fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning byurokratlashuviga, davlat tuzilmalari faoliyati yopiqligiga shart-sharoit yaratmoqda.
Bundan tashqari, huquqiy asoslar “Elektron hukumat” tizimining jadal ravnaqidan, davlat xizmatlari va ma'muriy tartib-taomillarining taraqqiyotidan ortda qolmoqda. Amaldagi qonun hujjatlarida davlat hokimiyati organlari xodimlarini belgilashda bir qator tushunchalar qo‘llaniladi. Biroq ko‘lamiga ko‘ra, biri-biridan tubdan farq qiladi.
Hukumatning 1997 yil 3 iyuldagi qarorida ko‘rsatilgan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatiga vazirlik va idoralar, hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda prokuratura idoralari xodimlarining qator lavozimlari kiritilgan. Vaholonki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida davlat xizmatchisi deganda, faqatgina hokimliklar, vazirlik va idoralar xodimlari tushuniladi.
Qonunchilikda ayni paytda “ma'muriy-boshqaruv xodimlari” degan tushuncha ham qo‘llanilmoqda. U yuqorida qayd etilgan ro‘yxatga kiritilmagan qator tashkilotlarni ham o‘z ichiga oladi. Nomenklaturada xo‘jalik boshqaruvi organlari lavozimlari borligi uning asosiy farqi hisoblanadi. Shu bilan birga, qonunchiligimizda saylanadigan mansabdor shaxslar faoliyati tartibga solingan. Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining maqomi hamda vakolatlari belgilab qo‘yilgan.
Bir qator hujjatlar, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Sudlar to‘g‘risida”gi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar ayrim davlat organlarining maqomini belgilab beradi.
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».
2. Yuksak manaviyatli yoshlarni tarbiyalashda O`rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o`rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi.
O`zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o`zida aks ettiradigan bamisoli bir ko`zgu ekanligi hayotda o`z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo`llagan tabrigida ta‘kidlanganidek, ―Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko`tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erisha olamiz.
3. O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari (o`zgarish va muommolar).
O`zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida‖gi qonunida (1- ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi 125- qarorida (2-ilova) davlat va xo`jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini ta‘minlash vazifalari belgilab berildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta‘minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida‖gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g`oyat muhim qadam bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi farmonida Davlat organlari, xo`jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o`zaro hamkorligi yetarli darajada yo`lga qo`yilmagani qayd etilib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta‘minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o`zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo`yicha bo`linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta‘minlash orqali ko`maklashish vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to`la-to`kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas‘uldirlar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Nazrulla Jo'rayev "O'zbekiston tarixi" III tom (Sharq nashriyoti Toshkent 2011)
2. Internet sahifa "ziyo.net "
3. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqiyot yo’li. T: O’zbekiston, 1992yil
4. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura T: O’zbekiston, 1993 yil.
5. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T: Sharq, 1998 yil.
6. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T: O’zbekiston, 1994 yil.