Laboratoriya tajribasi uchun qurol va qurilmalarni (vositalarni) loyihalash va tayyorlash. Laboratoriya tajribalari uchun mo’ljallangan qurol va qurilmalar didaktik talablarga javob berishlari zarur. Ularni loyihasida material turi, texnik chizmasi, o’lchamlari ko’rsatiladi. Asbobning bo’yalishi, undagi yozuv va belgilarning ranglari va o’lchamlari ko’rsatiladi. Tayyorlangan asbob o’rganilayotgan hodisa va jarayonga monandligi sinab ko’riladi, ijobiy natijaga erishilgach, o’quv jarayonida foydalanish mumkin bo’ladi.
Turli o’quv yurtlarida laboratoriya tajribasi va uni ishlab chiqish O’rta umumta’lim maktablarida laboratoriya tajribasi 3.2 O’rta maxsus o’quv yurtlarida (kollej va litseylarda ) laboratoriya tajribasi 3.3 Akademik litseylarda laboratoriya tajribasi 3.4 Oliy o’quv yurtlarida laborato
riya tajribasi 3.5 Laboratoriya tajribasini ishlab chiqish, tayyorlash va o’tkazishga bo’lgan talablar
O’rta umumta’lim maktablarida laboratoriya tajribasi O’rta umumta’lim maktablarida 1999 yilda o’quv reja va dasturlarida o’zgarish kiritildi. Shu sababli 2000 yilgacha va undan keyingi reja va dasturlar bir-biridan farqlanadi. 2000 yilgacha fizika kursi o’rta maktabning 7-sinfida boshlanib, 11-sinfida yakunlanar edi va laboratoriya tajribasi o’quv dasturida yalpi laboratoriya mashg’uloti sifatida 42 tadan belgilanib, u maktablarda oddiy laboratoriya mashg’ulotida 35 ta, praktikum mashg’ulotlarida esa, 33 ta laboratoriya tajribasi o’tkazilib jami 68 ta laboratoriya tajribasi uyushtirilar edi. Dasturda yalpi laboratoriya ishi sifatida rejalashtirilgan tajribalar maktablarda qurol-aslahalarning ko’p sonda mavjud emasligi sababli oddiy laboratoriya mashg’uloti ko’rinishida uyushtirilgan edi. Lekin 9-11 sinflarda 33 ta qurilmada laboratoriya ishlari praktikum ko’rinishida uyushtiriladi. Demak, 2000 yillargacha maktablarda 68 ta laboratoriya tajribasi o’tkazilib, 35 tasi oddiy laboratoriya ishi va 33 tasi praktikum ko’rinishida uyushtirilgan edi. 2000 yildan keyingi umumta’lim maktablarida reja va dasturda o’zgarish sodir bo’ldi. Bunda fizika kursi 6-9 sinflarda o’tiladi. Barcha sinflarda laboratoriya tajribasi oddiy laboratoriya mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Bunda 10-11 sinflarda uyushtiriladigan laboratoriya tajribalari kollej va litseylarda amalga oshiriladi. Laboratoriya tajribasi o’rta maktabning 6-9 sinflarida 31 ta, kollejlarda 19 ta, akademik litseylarda 98 taga teng. (2,3-jadval)