2000 yilgacha umumta’lim maktablarida laboratoriya tajribasi soni 1-jadval
sinf
Maktab (oddiy)
Mashg’ulotlar soni
jami
nazariy
amaliy
laboratoriya
1
7
30
28
10
68
2
8
30
26
12
68
3
9
40
42
20
102
4
10
47
50
21
118
5
11
55
60
84
136
2000 yildan so’ng umumta’lim maktablarida laboratoriya tajribasi 2-jadval
sinf
Maktab (oddiy)
Mashg’ulotlar soni
jami
nazariy
amaliy
laboratoriya
1
6
30
30
8
68
2
7
30
30
8
68
3
8
30
31
7
68
4
9
30
30
8
68
3-jadval
sinf
(oddiy)
Mashg’ulotlar soni
jami
nazariy
amaliy
Laboratoriya
1
kollej
70
70
20
160
2
Akd. litsey
240
360
120
720
O’rta maxsus o’quv yurtlarida (kollej va litseylarda) laboratoriya tajribasi 2000 yildan so’ng kollej va litseylarda fizika kursi I- III kuslarda o’qitiladi. Jami 160 soat ish xajmi ajratilib, undan I-bosqichda mexanika va molekulyar fizika o’qitilib, unga 48 soat ish xajmi ajratilgan, II-bosqichda elektrodinamika asoslari va optika o’qitilib, unga 82 soat ish xajmi rejalashtirilgan, III-boskichda esa kvant fizikasi o’tilib, unga 30 soat ish xajmi ko’rsatilgan. Kollej va litseylarda laboratoriya tajribalari oddiy laboratoriya mashg’ulotlarida uyushtiriladi. Laboratoriya tajribalarini yalpi, oddiy va praktikum laboratoriya ishlariga ajratish ma’qulroq bo’ladi, o’qitish samarali bo’ladi.
Akademik litseylarda laboratoriya tajribasi. Akademik litseylarda fizika kursi uchun 720 soat ish xajmi ajratilib, I, II va III bosqichlarda 240 soatdan mo’ljallangan. I bosqichda «Mexanika va molekulyar fizika» , II bosqichda «Elektrodinamika» , III bosqichda «Tebranish va to’lqin», «Optika», «Atom va Yadro fizikasi» o’tish mo’ljallangan. Akademik litseylarda laboratoriya tajribalari oddiy laboratoriya mashg’ulotlarida uyushtiriladi. Fizika o’qitish samaradorligini oshirish uchun laboratoriya tajribalarini yalpi, oddiy va praktikum mashg’ulotlari ko’rinishida uyushtirish zarur. Akademik litseylarda fizika kursini o’tish uchun 720 soat ish xajmi ajratilishi, ko’rgazma va tajriba soni 113 ta va laboratoriya tajribasi 98 ta rejalashtirilganligi ijobiydir. Akademik litseylarda praktikum mashg’ulotlari ish xajmini ko’paytirish va laboratoriya ishlari sonini orttirish, ilmiyligini chuqurlashtirish fizika kursini o’qitishni yanada takomillashtiradi. Bu xolda praktikum ishlari o’quv yili davomida dars jadvali asosida oliy o’quv yurtlaridagi kabi uyushtirilishi zarur.
Laboratoriya tajribasini ishlab chiqish, tayyorlash va o’tkazishga talablar. a) Laboratoriya tajribasini ishlab chiqishni o’qituvchi bajaradi. O’qituvchi LT ni ishlab chiqish usuli va texnikasi talablariga amal qilgan holda laboratoriya tajribalarini ishlab chiqadi, laboratoriya qurilmasini tayyorlaydi, o’quvchilar oldida mashg’ulot boshlanishda o’qituvchi uni namoyish etadi va izoxlaydi. Bunda o’qituvchi namoyish tajribasi ishlab chiqish usuli va texnikasi talablariga amal qiladi.
b) O’quvchilar esa, laboratoriya ishi tavsifini hisobot daftarida tayyorlashi, mavzuni o’rganishi, laboratoriya qurilmasi tuzilishi va ishlatish yo’lini mashg’ulotgacha o’rganmog’i zarur. O’zi mustaqil ravishda LT ni amalga oshirigach, olingan natijalarni qayta ishlaydi, mustaqil ravishda xulosa qiladi, hisobot topshiradi. O’quvchi LT o’tkazish va yakunlash talablariga amal qiladi.
Laboratoriya tajribasi uyushtirishda laborantning vazifasi, ustaxonaning o’rni va ahamiyati. Laboratoriya tajribasini tayorlash va o’tkazishda fizika kabineti laborantning vazifasi .
Laboratoriya tajribasi qurilmalarini yaratishda o’quv ustaxonasining o’rni va ahamiyati .
Laboratoriya tajribasini tayyorlash va o’tkazishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
Laboratoriya tajribasini tayyorlash va o’tkazishda fizika kabineti laborantning vazifasi . Umumiy ta’lim maktablarida quyidagi turdagi fizika kabinetlari mavjud: a) O’quvchilar soni ko’p bo’lgan maktablarda 2 ta fizika kabineti 1) bittasi 7-9 sinf o’quvchilari uchun 2) ikkinchisi 10-11 sinf o’quvchilari uchun b) bitta yoki ikkita to’liq bo’lmagan paralel sinfli maktablarda 7-11 sinf o’quvchilari uchun bitta fizika kabineti v) 8 yillik maktablarda 7-8 sinif ( 7-9 siniflar) uchun fizika kabineti g) sakkiz yillik kam komplektli qishloq maktablarida fizika, biologiya, ximiya va tabiatshunoslik bo’yicha «tabiatshunoslik» kabineti mavjud bo’ladi. Maktab turidan qat’iy nazar fizika kabinetini jihozlash umumiy printsiplarga amal qiladi. Xozirgi zamon kollej, litsey, akademik litseylarda alohida fizika kabinetlari mavjud bo’ladi. Oliy o’quv yurtlarida esa fizikaning barcha besh bo’limlariga alohida fizika kabinetlarida ( laboratoriya xonalari ) mavjud bo’ladi O’quvchilar soniga bog’liq holda fizika kabineti maydoni va laborant xonasining maydoni va laborant soni belgilanadi. Fizika kabineti quyidagi printsiplarga ko’ra jixozlanadi: 1. Kabinet xonalarining Qurilish meyorlariga va sanitar – gigienik rejim meyoriga mos kelishlik printsipi:
XULOSA