Prezidentimiz ta'kidlaganidek



Yüklə 89,29 Kb.
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü89,29 Kb.
#197044
  1   2   3   4   5   6   7   8
Prezidentimiz ta\'kidlaganidek-fayllar.org


Prezidentimiz ta'kidlaganidek

vlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim bitiruvchilarini oliy ta'limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetdi. Oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko'paytirib, 2 mingtaga etkazilishi oliy ta'limga qamrab olish ko'lamini yanada kengaytirdi.


Ta'lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo'g'inlari o'rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o'quv yurtlari tasarrufiga o'tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o'z yo'nalishi bo'yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo'ldi.
Hozirgi paytda texnika va texnologiyalar kun sayn shiddat bilan yangilanib borayotgan davrda jamiyatni dunyoqarashi va zamonga moslashuvini tubdan o‟zgartirishi tabiiy holat bo‟lib bormoqda. Bu holatda ta‟lim olish holatlarini yangilanishiga sabab bo‟ladi. Bugungi kunda oliy ta‟lim muassalarida masofaviy ta‟limlarning yo‟lga qo‟yilishi bunga bir misol sifatida ko‟rishimiz mumkin. Masofaviy ta‟lim, tabiatning o‟zgarishi (pandemiya davri) va so‟ngi texnologiyalarning ta‟lim tizimiga samarali tadbiqi o‟qitishni va o‟qishni o‟zgartirishga undaydi. Bu esa raqamli dunyoda o‟qitish va o‟rganish borasida ko‟plab pedagogik tadqiqotlar o‟tkazish zaruratini ifodalaydi.
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”. Mamlakatimizda so‟nggi yillarda ta‟lim tizimini tubdan isloh qilish va ta’lim sifatini baholash hamda raqamli ta‟limni rivojlantirish bo‟yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29- apreldagi “O„zbekiston respublikasi Xalq ta‟limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash tog’risida’gi PF-5712-sonli Farmonida “PISA” (The Programme for International Student Assessment) o„quvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida O„zbekistonning 2021 yilda birinchi 70 talikka, 2025 yilda 60 talikka va 2030 yilga kelib esa, birinchi 30 ta ilg„or mamlakatlar qatoriga kiritish ko„zda tutilgan[1]. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 997-sonli qarori bilan O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta‟lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida “Ta‟lim sifatini baholash bo„yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi [2]. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli ““Raqamli O‟zbekiston 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to‟g‟risida”gi farmonida raqamli dunyoda raqamlashtirish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyot sohasida yangi loyihalarni ko‟rib chiqish va raqamli ta‟limni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatini, individualligi, shaxsiy fazilat hamda hislatlarni bilgan tarzda mehnatni oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir.
Hozirgi kunda ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi dolzarb vazifalar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi.
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti eng avvalo zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida oqilona foydalanish bilan farqlanadi. Davlatning, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarining rivojlanishi yetuk kadrlarga hamda fan-texnika yutuqlaridan qanday foydalanishga bog‘liqligini bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda.
Talabalarning mazkur fan doirasida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalardan puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni o‘rganish oldida
turgan asosiy vazifalardir. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘quv jarayonining ilmiyligi, zamon talablariga mosligi, turmush amaliyot bilan bog‘lanishiga asoslangan. Shuning uchun fizika fanini o‘qitishdan maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yetarli darajada baza yaratish, ularni kelgusidagi mehnat faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritishlariga va fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olishlaridan iborat.
Fizika kursi talabaga xilma-xil elektrotexnik elektron asboblar va qurilmalarning ishlash prinsipini o‘rganish va tushunish uchun zarur bo‘lgan chuqur bilimlarni berishi kerak. Talabalar keyingi ish faoliyatlarida, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlata bilishlari kerak.
Fizika fanini o‘rganish talaba falsafiy dunyoqarashini shakllanishi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Fizika rivojlanishining butun tarixi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot dialektikasini yoritishdan, fan va texnikaning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va ekologik muammolar bilan murakkab o‘zaro bog‘lanishini aks etishdan iborat. XXI asr xilma-xil elektron, yarim o‘tkazgichli va elektromagnit qurilmalar ishlab chiqarishni tez o‘sishi yangi texnologiyalarni rivojlanishi bilan harakterlanadi. Bunday qurilmalar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, murakkab fizikaviy hodisalarni modellashtirish, amaliy masalalarni yechish va hokazolarga yo‘l ochib beradi.
Hozirgi dolzarb vazifa – talabalarning, o‘sib kelayotgan avlodni har bir fanning rivojlanish tarixi, bu fanlarga Sharq olimlari qo‘shgan hissalarini bilishga erishishlari kerak. Talabalar bizning avlod-ajdodlarimiz fanlar (mazkur fizika fani) rivojiga qo‘shgan hissalarini nafaqat bilishlari, balki uni to‘g‘ri baholashlari, asrab-avaylashlari hamda o‘zlari ham fanlarning rivojlanishigia o‘z hissalarini qo‘shishga intilishlari kerak.


Yüklə 89,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin