Problem solving – 2
1. Bolalar bog’chasidagi o’g’il bolalarga 1 dan boshlab toq sonlar, qizlarga esa 2
dan boshlab juft sonlar berildi. Qizlarga berilgan oxirgi raqam 72 va o’g’il bolalar
soni qizlardan 2 marta ko’p ekanligi ma’lum bo’lsa, bolalarga berilgan barcha
sonlar yig’indisini toping.
A) 4 900
B) 5 329
C) 4 761
D) 5 184
2. Shohruz akasi Muhammadjonga berish uchun 10 ta olma, 8 ta nok va 12 ta anor
sotib oldi. Uyga qaytayotib och qolganini his qildi va 4 ta mevani yeb qo’ydi.
Qolgan mevalarini uyiga kelib akasiga berdi. Akasidagi mevalar haqidagi
quyidagilardan qaysi biri to’g’ri bo’lishi mumkin?
A) Muhammadjonda 5 ta olma bor.
B) Muhammadjondagi anorlar soni noklardan kam.
C) Muhammadjonda har bir mevadan bir xil miqdorda bor.
D) Muhammadjonda 2 xil mevadan teng miqdora bor.
3. Rasmdagi “Omad” g’ildiragi 2 marta aylantiriladi.Birinchisida olingan raqam A,
ikkinchisida olingan raqam B bo’lsa, A+B ning qiymati kamida 25 bo’lishi uchun
nechta turli (A,B) juftliklar mavjud?
A) 58
B) 32
C) 40
D) 22
4. Kamronning “Mantiq” kitobidan o’qigan sahifalari soni 2 xonali son. Agar
o’qigan sahifalar sonidagi birlar raqamini 3 ga orttirib, o’nlar raqamini 4 ga
kamaytirilsa, u kitobni hali o’qilmagan sahifalari soni kelib chiqadi. Shunga ko’ra,
Kamronning kitobdan o’qilgan va o’qilmagan sahifalari soni orasidagi farqni
toping.
A) 43
B) 34
C) 37
D) 26
5. Quyida bir nechta gemetrik shakllardan uyning modeli yasalgan:
Muhammadjon undagi har qanday qo’shni shakllarini har xil rangga bo’yamoqchi.
Shunga ko’ra, u eng kamida nechta rangdan foydalanishi mumkin?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta
6. 3 xonali sonni 999 ga ko’paytmasini hisoblashning qulay usuli quyidagicha:
• Dastlab berilgan sondan 1 ayriladi.
• Keyin hosil bo’lgan son 999 dan ayriladi.
• So’ngra hosil qilingan natijalar yonma-yon yoziladi.
Masalan, 175 ∙ 999 = 174 825 ,
175 – 1 = 174 ; 999 – 174 = 825 .
Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalangan holda, AAB sonining 999 ga ko’paytmasi
AAACCC ekanligi ma’lum bo’lsa, B + C ning qiymatini toping.
A) 9
B) 10
C) 12
C) 8
7. Quyidagi jismning XY suvga nisbatan tasvirini toping.
8. Alpinistlar tog’da 2, 3 va 5 kishilik chodirlarga joylashdilar. 2 kishilik
chodirlardagi alpinistlar soni 3 kishilik chodirlardagi alpinistlar sonidan 3 marta
ko’p. 5 kishilik chodirdagi alpinistlar soni jami alpinistlarning chorak qismiga
teng. Agar tog’da 2 kishilik chodirda bo’lmaganlar soni 42 nafarni tashkil etsa, 3
kishilik chodirda nechta alpinist joylashgan?
A) 12
B) 15
C) 18
D) 21
9. Quyidagi 3
×3 katakchalarga 2 dan 10 gacha sonlar shunday yozilganki, har bir
ustun, satr va dioganaldagi sonlar yig’indisi o’zaro teng.
Shunga ko’ra, qora rangli katakchadagi sonlar yig’indisini kulrang rangli
katakchadagi songa nisbatini toping.
A)
2
3
B) 2
C) 1
D)
3
2
10. Bir xil turdagi 4 ta sariq, 2 ta qizil va 5 ta ko’k qalamni bir qatorga yonma-yon
necha xil usulda joylash mumkin?
A) 1 200
B) 40
C) 6 930
D) 5 768
11.
Yuqoridagi katakchalarga 5 ta natural sonlar quyidagi qoidalar bo’yicha yozilgan:
• Katakchalardagi sonlar chapdan o’ngga o’sish tartibida joylashtirilgan.
• Chapdan o’ngga yozilgan sonlar mos ravishda 2, 3, 4, 5 va 6 ga bo’linadi.
• O’ngdan chapga yozilgan sonlar mos ravishda 8, 7, 10, 9 va 11 ga bo’linadi.
• Hech qaysi 2 ta juft son yonma-yon joylashmaydi.
Bunga ko’ra, bo’yalgan katakchalardagi sonlar yig’indisining eng kichik qiymati
nechaga teng bo’lishi mumkin?
A) 250
B) 252
C) 254
D) 256
12. Quyidagi 4
×4 kvadratni 3 ta kvadratlardan iborat bo’yalgan shakl bilan
qoplash uchun eng ko’pi bilan nechta bo’yalgan shakldan foydalanish mumkin?
(bu yerda bo’yalgan shakllarning qismlari ustma-ust tushishi va 4×4 kvadrat
sohadan chiqib ketishi mumkin emas)
A) 4 ta
B) 5 ta
C) 6 ta
D) 7 ta
13. Ertaga eng yaqin do’stimning tug’ilgan kuni va men unga kitob sovg’a
qilmoqchiman. U umuman she’riyatga qiziqmaydi va kitoblarni ilk nashr etilgan
yiliga judayam e’tiborli. Shuningdek, eskiroq yillarda yozilgan kitoblarni xush
ko’radi. Men sovg’a uchum maximum 60$ ajratishim mumkin. Ayni paytda
kitoblar ham chegirmalar asosida sotilyotgan ekan.
Kitob nomi
Ilk nashr etilgan yili Janri
Narxi Chegirma
Don Quixote
1 605-yil
Roman
80 $ 10 %
War and Peace
1 869-yil
Tarixiy roman
75 $
15 %
Hamlet
1 870-yil
Tragediya
68 $
8 %
The Odyssey
1 614-yil
She’riyat
70 $
8 %
Pride and Prejudice
1 813-yil
Klassik roman
65 $
8 %
To the Lighthouse
1 927-yil
Modernizm
60 $
yo'q
Heart of Darkness
1 899-yil
Roman
72 $
11 %
Milk and honey
2 014-yil
She’riyat
66 $
yo'q
Yuqoridagi jadvalda berilgan ma’lumotlardan va do’stimning xohishlaridan kelib
chiqqan holda, qaysi kitobni sotib olishim kerak?
A) War and Peace
B) To the Lighthouse
C) Heart of Darkness
D) Pride and Prejudice
14. Xudoyberdi qo’lidagi gugurt cho’plaridan quyidagicha 7 ta kvadrat hosil qildi:
Shunga ko’ra, yuqoridagi shakldan eng kamida nechta gugurt cho’pi olinsa,
shaklda hech qanday kvadrat qolmaydi?
A) 4
B) 5
C) 3
D) 6
15. MirAziz quyidagi kalkulatorga toq son kiritib “+” tugmasini bosganida,
ekranda shu kiritilgan toq sondan boshlab 4 ta ketma-ket toq sonlar yig’indisini
chiqardi. MirAziz juft toq son o’rniga juft son kiritib “+” tugmasini bosganida,
ekranda shu kiritilgan juft sondan boshlab 3 ta ketma-ket juft sonlar yig’indisini
chiqardi. Masalan, 3 ni kiritib “+” tugmasi bosilgandan keyin ekranda 3 + 5 + 7 +
9 = 24 chiqdi, yana “+” tugmasini bosganda esa 24 + 26 + 28 = 78.
Agar MirAziz kalkulatordan qaysidir sonni bosib 2 marotaba “+” tugmasini
bosganida 126 raqami hosil bo’lganligi ma’lum bo’lsa, u dastlab qaysi sonni
kiritgan?
A) 6
B) 8
C) 5
D) 7
16. 20 kishi qatnashayotgan shaxmat turnirida har bir ishtirokchi o’z raqibi bilan 1
ta o’yin o’ynaydi. Turnir qoidasiga ko’ra 2 marta yutkazgan ishtirokchi turnirni
tark etadi. Shunga ko’ra, chempionni aniqlash uchun kamida nechta o’yin
o’tkazilishi kerak?
A) 210
B) 80
C) 40
D) 38
17. O’yinchoq Teddyni 2015-2020- yillar oralig’idagi sotuv jarayoni quyidagicha
jadvalda aks ettiriladi:
Yil
Narxi
Sotuv miqdori
Chegirmalari
2015
10 $
50 000 ta
Har 10 000 tada 10%
2016
20 $
40 000 ta
Har 15 000 tada 15%
2017
30 $
30 000 ta
Har 20 000 tada 25%
2018
40 $
30 000 ta
Har 10 000 tada 8%
2019
50 $
30 000 ta
Har 12 000 tada 12%
2020
60 $
35 000 ta
Har 25 000 tada 30%
Shunga ko’ra, 2019-yildagi umumiy daromad 2017-yildagi daromadga nisbatan
qancha ko’p?
A) 560 000 $
B) 600 000 $
C) 606 000 $
D) 612 000 $
18. Anvar, Bekzod, Sarvar , Donyor, Erkin va Farrux ko’rsatilgan tartibda aylana
yasab o’tirishgan holatda o’yin o’ynashmoqda. O’yinni boshlagan bola o’rnidan
turib ismini aytadi va o’tiradi. So’ngra undan soat strelkasi bo’yicha 5-o’rinda
o’tirgan bola o’yinni davom ettiradi va shu tartib oxirigacha saqlanadi. Masalan,
o’yinni Donyor boshlasa, keyin Sarvar, so’ngra Bekzod va hokazo…
Agar Anvar o’yinni 1-bo’lib boshlab bersa, 703-navbatda kim bo’ladi?
A) Anvar
B) Bekzod
C) Sarvar
D) Donyor
19. A, B, C moddalardan 2 , 3 va 4 ga teskari proportsional nisbatda aralashtirildi.
Hosil bo’lgan aralashma 39 kg. Agar aralashmaga yana C moddadan 3 kg
qo’shilsa, aralashma tarkibida A, B, C moddalar qanday nisbatda bo’ladi?
A) 3: 2: 1
B) 2: 3: 2
C) 3: 2: 2
D) 3: 2: 4
20. Zavodda bir xil unumdorlikda ishlaydigan 24 nafar ishchi kuniga 4 soatdan
ishlab, 10 kunda 150 t mahsulot ishlab chiqaradi. 25 kunda 125 t mahsulot ishlab
chiqarish uchun zavodda shu unumdorlik bilan ishlaydigan 8 nafar ishchi kuniga
necha soatdan ishlashi kerak?
A) 4 soat
B) 3 soat
C) 5 soat
D) 2 soat
21.Quyida diametrlari 16 sm va 6 sm bo’lgan doiralar rasmdagidek joylashtirilgan:
Agar x uzunlik 150 sm dan kichik ekanligi ma’lum bo’lsa, jami doiralar soni eng
ko’pi bilan nechaga teng bo’lishi mumkin?
A) 24
B) 28
C) 32
D) 29
22. 3 ta sportchi o’rtasida 100 m ga yugurish bo’yicha musobaqada 1-sportchi
marraga yetib kelganida 2-sportchiga marraga yetish uchun 25 m, 3-sportchiga esa
40 m qoldi. Shunga ko’ra, 2-sportchi marraga yetib kelganida 3-sportchi marraga
kelishi uchun yana qancha masofa bosib o’tishi kerak?
A) 20 m
B) 15 m
C) 18 m
D) 25 m
23.
- ushbu bog’lanish y dan kichik x ga karrali sonlar miqdorini ifodalash
uchun qo’llanilsin, masalan: 13 dan kichik 2 ga karrali sonlar: 12, 10, 8, 6, 4, 2;
ya’ni 6 ta :
.
Shunga ko’ra,
shartni qanotlantiradigan A sonning eng
katta qiymatini toping.
A) 53
B) 54
C) 36
D) 37
24. 30 ta savoldan iborat imtihonda har bir to’g’ri javob uchun 8 ball beriladi va
har bir noto’g’ri javob uchun 2 ball chegiriladi. Agar, Anvar shu imtihondan 180
ball to’plagan bo’lsa, nechta savolga noto’g’ri javob bergan?
A) 5 ta
B) 7 ta
C) 8 ta
D) 6 ta
|