Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages


dastur  Tarjima kompetensiyasi haqidagi ilk tushunchalar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix10.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#87316
1   2   3   4   5   6   7
chet-tillarini-o-qitishda-kommunikativ-yondashuv

dastur 
Tarjima kompetensiyasi haqidagi ilk tushunchalar 
Jadvalda keltirilgan ta‘rifga ko‘ra, matn tarjimasi yoki og‘zaki tarjimlar 
turlicha bo‘lishi mumkin. Bunda bu talabalarning bilimiga bog‘liq bo‘ladi bu ularning 
xitoy tilini bilish darajasiga tayanadi. Tarjima qaysi soxaga tegishli ekanligi haqida 
gap ketadi. Bu ta‘rifda quyidagi jadval misol bo‘la oladi: 
S.I.Ojogov yana quyidagi jadvalni ham talabalarda tarjima kompetensiyasini 
shakllantirishda foydalanishni tavsiya etadi. [Масловец, 2019:23 ] 
Xitoylik olim 栋 刘 ( Dong Liu) tarjima kompetensiyasi amalga oshirish uchun 
quyidagilar zarur deb aytadi, ya’ni:
1. Tarjima qanday soxaga tegishliligi
2. Qaysi kitobdan tarjima qilishni bilish va tarjima mahorati; 
3. Terminologiya bilan ishlashni bilish; 
4. Maxsus tarjima teoriyasini bilishdan iborat. 


International scientific-practical 
conference on the topic of “Problems 
and perspectives of modern technology 
in teaching foreign languages” 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 
277 
w
www.oriens.uz
February 
2022
 
Yozma tarjima ilmiy–texnik matnlardan, ish jarayonidagi yozishmlarda, 
ustavlarda,shartnomalarda, iqtisodiy shartnomalarni tuzishda, proektlarni amalga 
oshirishda, sudlarda, aktlar tuzishda va ekspertizalarni yozishda ishlatiladi. 
Sinxron tarjimada ko‘rib o‘g‘zaki yoki yozma audio orqali ilmiy va amaliy 
konferensiyalarda va leksiyalarda ishtirok etishda ishlatiladi. 
"Yondashuv" atamasi adabiyotda ham keng ma'noda, ham tor ma'noda 
ishlatilishi mumkin. So'zning keng ma'nosidagi yondashuv haqida gapirganda, biz 
ushbu kontseptsiyaning uchta tarkibiy qismini nazarda tutamiz: 
Lingvistik tarkibiy qism - o'rganish uchun til vositalarini qanday tanlashimiz 
Didaktik komponent - biz qanday texnika va texnologiyalarni qo'llaymiz, o'quv 
materialini ishlab chiqishni qanday tashkil qilamiz.
O'qitishning psixolingvistik asoslari - talabalar va o'qituvchilarning o'rni qanday, 
ularning o'zaro munosabatlari qanday, talabalar tomonidan til materialini idrok 
etishning o'ziga xos xususiyatlari qanday hisobga olingan [Ochilova, 2019:24]. 
Kommunikativ yondashuv- bu usulning yetakchi yo'nalishi aloqa hisoblanadi. 
Talabalar o'zlarining til qobiliyatlari va ko'nikmalarini haqiqiy chet tillari bilan aloqa 
qilish sharoitlarida qo'llaydilar. Bunday imkoniyatlar tufayli o'quvchilar oldinroq 
olingan bilim va ko'nikmalardan foydalangan holda o'z fikrlarini chet tilida erkin 
bayon qilishlari mumkin [Савина,2017:45]. 
Kommunikativ yondashuv quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
Til o'rganish - bu muloqot qilishni o'rganish; 
Til individual sinov va xatolar tufayli yaratiladi; 
Kommunikativ kompetensiya - bu istalgan maqsad (til tizimidan samarali va 
to'g'ri foydalanish qobiliyati); 
O'qituvchilar talabalarga til bilan ishlashga turtki beradigan tarzda yordam 
berishadi; 
Til kontekstda o'qitiladi; 
Muloqotga urinishlar boshidanoq rag'batlantiriladi.
Shuning uchun biz quyidagi xulosaga keldik, ya‘ni kommunikativ yondashuv 
tarjima kompetensiyasi bilan bog‘liqligi shundaki, bunda talabalar turli davlat 
vakillari bilan aloqa qilish maqsadida til – ularning quroli hisoblanadi, kommunikati 
yovdashuv esa talabalar va ta‘lim berayotgan o‘qituvchi tomonidan bo‘lishi ham 
zarur.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin