Professiografiya (Professiogramma) To‘g’risida Umumiy Tushuncha


Ijtimoiy (so‘rovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv); Psixologik



Yüklə 28,99 Kb.
səhifə2/5
tarix21.12.2023
ölçüsü28,99 Kb.
#188894
1   2   3   4   5
Professiografiya (Professiogramma) To‘g’risida Umumiy Tushuncha-fayllar.org

Ijtimoiy (so‘rovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv);
Psixologik (suhbat kuzatuv tajriba va ulardan kelib chiquvchi intervyu, shaxsiy so‘rovnomalar testlar, tajribalar, psixobiografiyalar, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi);
Fiziologik (EKG. KER qonda arterial bosimni o‘lchash antopometrik va texnik ma’lumotlar);
Texnologik jarayonlar ta’siri va boshqa usullar xilma - xilligidan vaqt, kuch va vaziyatlarni minimalligi bilan profesiogramma tadqiqotdagi savollarga javob beruvchi usullarni tanlash lozim. Usullar kompleksini ishlab chiqishda tizimni tashkil etuvchi omil tadqiqot maqsadi muhim rol o‘ynaydi. Psixografiyalarni kasbga yo‘naltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning umumiy professiografik va ijtimoiy-psixologik ta’siriga katta e’tibor beriladi. Mehnat sharoitlaridan texnik, texnologik va ijtimoiy psixologik sharoitlari ancha chuqurroq o‘rganiladi. Tadqiqotlarning muhim yo‘nalishi bu shaxsning qobiliyatlari, psixofiziologik xususiyatlarini baholashdir. Professiogrammalarning kasbga yo‘naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar juda muhim hisoblanadi. qolgan tadqiqotlar o‘quv - kasb muassasalarida talabalar, o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo‘lgan sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega. Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo‘naltirish, kasbiy yo‘nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bo‘lmaydi.
Ta’limga yo‘naltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub’ektligi haqidagi g’oya qo‘yiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub’ekti bo‘lib, unga bir qator maxsus belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - mohiyati va loyiqalashtirish texnologiyalarini o‘rganib chiqishdi. “Kasb pasporti” bloki kasb va mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yo‘nalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi haqida qisqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. “Kasbning asosiy ob’ekti” (sohasi) bloki kasb turi haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. “Inson - tabiat”, “inson - inson”, “inson - texnika”, “inson - belgilar tizimi”, “inson badiiy obraz” va boshqalar. Bu blok mazmuni boshqa professiografiyalash bloklarining asosi hisoblanadi. “Kasbiy predmetli salohiyat” bloki ko‘p tizimli ta’lim sifatida kasbiy muhim tavsifini o‘z ichga oladi. Mutaxassis kasbi qaysi sohaga tegishli ekanini, qaysi asosiy ob’ektlarga yo‘naltirilgan, bu ob’ektlar qanday ob’ektlar, bu sohada mehnat natijasi yoki mehnat mahsuli qanday ahamiyatga egaligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. “Ijtimoiy kasbiy salohiyat” blokida shaxs ob’ektining quyidagi yo‘nalishlari aks etadi. Fikrlash potensialining rivojlanishi. Shaxsni o‘zini nazorat eta olish va rivojlantirish imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga yo‘naltirilganligi. Shaxsning bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi.
Professiografiyada ekologik, huquqiy va iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda tutiladi. Maxsus psixofiziologik talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy ko‘rsatmalar, jinsiga, yoshga bo‘lgan va sanitariya - gigienik talablar kiradi.

Yüklə 28,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin