Programmalash asoslari fanining ishchi o’quv dasturi bilim sohasi



Yüklə 71,21 Kb.
səhifə20/21
tarix07.12.2022
ölçüsü71,21 Kb.
#72908
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Programmalash asoslari (1)

Dasturlash asoslari




2

Dasturlash tili tarkibidagi, arifmetik amallar, standart funksiyalar va mantiqiy amallarga oid misollarning dasturini tuzish natija olish

4

3

Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlarini tuzish va natija olish

4

4

Ichma ich sikllarga oid misollar dasturini tuzish va natija olish.

4

5

Shart oldi va shart so’ng operatorlarga oid misollar dasturini tuzish va natija olish.

4

6

Bir o’lchovli massivlarga oid misollar dasturini tuzish va natija olish.

4

I-semestr jami

24

II-semestr

1

Ikki o’lchovli massivlarga oid misollar dasturini tuzish va natija olish.

4

2

Qism dasturlarga oid misollar dasturini tuzish va natija olish.

2

3

Ko’p qiymat qaytaruvchi funksiyalarga oid misollar dasturini tuzish va natija olish.

2

4

Ko‘rsatkichlar va adres oluvchi o‘zgaruvchilarga oid misollar dasturini tuzish va natija olish.

2

5

Belgili va satrlarga oid misollar dasturini tuzish va natija olish.

4

6

Fayllarga oid misollar dasturini tuzish va natija olish.

2

7

Strukturaga oid misollarning dasturini tuzish va loyixalash

2

8

Grafikaga oid misollarning dasturini tuzish va loyixalash

4

9

Assembler tilida shartli tarmoqlanish va takrorlanishlarga oid misollarning dasturini tuzish.

2

II- semestr jami

24

Jami

48


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Programmalash asoslari fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanning o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlanadi.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor–o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, algoritmlar va programmalar loyihalaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darsga tayyorlanadi, ma’ruzalarni qayta ishlaydi, qo’shimcha adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifasi sifatida berilgan konkrekt masalalarni yechish algoritmlari, programmalarni ishlab chiqadi. Ayrim mavzularni kengroq o’rganish uchun qo’shimcha adabiyotlarni o’qib reja asosida referatlar tayyorlaydi va seminarlarda himoya qiladi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tamonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarrini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Programmalash asoslari fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha asosiy mavzularini qamrab olgan va quyidagi jadvalda shakllantirilgan.
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi.



Mustaqil ta’lim mavzulari

Beriladigan topshiriqlar

Bajarish muddati

Hajmi (soatda)




I semestr




1.

Algoritmlarni grafik tasvirlash usullari.

Konspekt tayyorlash. Sxemalar yaratish. Muhokama qilish

1- hafta

2

2.

Algoritmlarni to’liq tuzish bosqichlarini o’rganish.

Konspekt tayyorlash. Muhokama qilish

2- hafta

4

3.

Matematik model ta’rifi, xossalari va tuzish bosqichlarini o’rganish.

Konspekt tayyorlash. Sodda modellar tuzish. Muhokama qilish

3-hafta

4

4.

Blok-sxemalar va maxsus algoritmik til konsturuksiyalarini taqqoslash.

Konspekt tayyorlash. Sxemalar yaratish. Muhokama qilish

4-5 haftalar

2

5

Maxsus algoritmik til yordamida na’munaviy masalalarni yechish.

Konspekt tayyorlash.
Algoritmlar yaratish Muhokama qilish

6-7 haftalar

2

6.

Integrallashgan programmalsh muhitlari tarkibi va komponentalarini tahlil qilish.

Konspekt tayyorlash.
Muhokama qilish

8-9 haftalar

4

7

Programmalash tizimlari standart modullarini tahlil qilish.

Konspekt tayyorlash. Muhokama qilish

10-11 haftalar

4

8

Programmalash xatolari turlarini o`rganish va ularni tuzatish yo’llarini ko`rsatish.

Konspekt tayyorlash.
Programmalar yaratish Muhokama qilish

12-13 haftalar

2

9.

Murakkab tipli fayllarni tasvirlash va qayta ishlash.

Konspekt tayyorlash.
Programmalar yaratish Muhokama qilish

14-15 haftalar

2

10.

Programmani optimallash usullarini o’rganish.

Konspekt tayyorlash.
Na’munaviy programmalar loyihalash Muhokama qilish

16-17 haftalar

4

Jami:__30__II_semester'>Jami:

30

II semester

1

ShK platformalarini tahlil qilish.

Konspekt tayyorlash. Muhokama qilish

1- hafta

2

2

Turli oiladagi mikro-prosessorlar arxitekturasini taqqoslash.

Konspekt tayyorlash. Muhokama qilish

2- hafta

4

3.

Mikroprotsessor komandalari tizimini o`rganish.

Konspekt tayyorlash. Muhokama qilish

3- hafta

4

4.

Ma’lumotlarni adreslash usullarini tahlil qilish.

Konspekt tayyorlash. Muhokama qilish

4- hafta

2

5.

Turli platformalar assemblerlari xususiyatlarini taqqoslash.

Konspekt tayyorlash. Muhokama qilish

5-6 haftalar

4

6.

TASM va MASM muhitlari xususiyatlarini o`rganish.

Konspekt tayyorlash. Muhokama qilish

7-8 haftalar

4

7.

Assemblerda tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil qilish.

Konspekt tayyorlash. Programmalar yaratish Muhokama qilish

9-10 haftalar

2

8

Assemblerda siklik jarayonlarni turli variantlari tahlil qilish.

Konspekt tayyorlash. Programmalar yaratish Muhokama qilish

11-12 haftalar

2

9.

Assemblerda qism-programmalar yaratish imkoniyatlarini o`rganish.

Konspekt tayyorlash. Programmalar yaratish Muhokama qilish

13-14 haftalar

4

10

Yuqori darajali tillardagi kiritilgan assembler qo`shimcha qulayliklardan foydalanish.

Konspekt tayyorlash. Programmalar yaratish Muhokama qilish

15-16 haftalar

2

Jami:

30

Hammasi

60

Ishchi o’quv dasturining information uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash nazarda tutilgan.
- Nazariy mavzular (ma’ruzalar) zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida jihozlangan elektron sinfda prezentatsiya va elektron–didaktik materiallardan foydalangan holda o’tkaziladi;
- Amaliy mashg’ulotlar auditoriyada “aqliy hujum” , “guruhli fikrlash” va “loyihani himoya qilish” pedagogik texnologiyalar asosida algoritmlar yaratish, kompyuter sinfida programmani loyihalash, taxlash va ishlash prinsiplarini namoyish etish orqali olib boriladi;
- Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzularni muhokamasi seminarlarda ma’ruza qilish, kichik ishchi guruh musobaqasini tashkil qilish va to’garaklarda dasturiy ta’minotni namoyish etish shaklida tashkil qilinadi.
Ushbu fandan talabalar bilimini reyting tizimi asosida
baholash mezonlari
“Programmalash asoslari» fanidan talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Mazkur fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.


Yüklə 71,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin