828
Geometrik boshqotirma.
Shohjahon dadasining
yozuvlari ichidan rasmda
tasvirlangan chizmani topib oldi. Afsuski, bu burchakning bir qismiga siyoh toʻkilib,
oʻchib ketgan ekan.Shohjahon bu burchakning bissektrisasini yasay oladimi?
Yasashga oid masalalarni faqat oddiy chizg’ich va sirkul vositasida yechish -
mantiqiy mushohada qilish qobiliyatini oʻstiradi.
Shuning uchun Qadimgi
Yunonistonda bu mavzudagi masalalarni yechish san’at darajasiga koʻtarilgan. Shu
paytgacha turli xil asboblar yordamida har xil geometrik shakllarni yasab keldik.
Masalan, chizg’ich yordamida toʻg’ri chiziq, nur, kesma, uchburchak va boshqa
shakllarni chizdik. Chizg’ich va transporter yordamida turli xil burchaklar qurdik.
Sirkul yordamida esa aylana va yoylar, goniya bilan parallel va perpendikulyar toʻg'ri
chiziqlar yasadik Ma’lum boʻlishicha, koʻplab geometrik shakllarni faqat masshtabli
boʻlinmalarga ega boʻlmagan, bir tomoni tekis chizg’ich
hamda sirkul vositasida
yasash mumkin ekan. Shu sababdan geometriyada mana shu ikki asbob yordamida
yasashga doir masalalar alohida ajratib oʻrganiladi.
Bu ikki asbobdan foydalanishning maxsus qoidalari bor.
Ular vositasida faqat
quyidagi ishlarni bajarishga ruxsat etiladi:
Dostları ilə paylaş: