Psihologik testlar



Yüklə 38,88 Kb.
səhifə17/18
tarix29.12.2021
ölçüsü38,88 Kb.
#48858
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
testlar

0-9 ochko: Sizning asosiy kulfatingiz-”yuqori”ning fikriga qarab ish qilish odatidir.

“Yuqori” nohaq ekanligini tushunib tursangiz ham siz hech qachon ularni inkor etmaysiz,

ko’rsatmalarni bajarmaslik to’grisida gap ham bo’lishi mumkin emas.

Buning negizida barcha qolganlarning oqibati kelib chiqadi: ko’rsatmalarga rioya qilinar

ekan, o’zingiz fikrlab, nimalarnidir tashkil qilib, tortinib yurishga nima xojat. Shaxsiyatingizga

bo’lgan tanqidlarga nisbatan “beparvosiz”, deyish mumkin emas, chunki ular sizga tegib

ketadi, lekin siz baribir biron narsani o’zlashtirishga intilmaysiz. Hamkorlikdagi ishda odatda

siz nima topshirilgan bo’lsa, shuni bajarasiz. Biroq sizda ishga nisbatan qiziqish paydo bo’lsa,

unda siz o’zingizda mustaqillik, qat’iylik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon qilishingiz

mumkin.


142

O’z hurmatingizni saqlay olasizmi?” testi

Siz o’zingizni janjalkash ekanligingizni aniqlamoqchi bo’lsangiz quyidagi testga

murojaat qiling. Agar «a» javobini tanlasangiz «4» ochko; «b» javobni tanlasangiz «2» ochko;

«v» javobini tanlasangiz «0» ochko beriladi.

1. Tasavvur qiling, jamoat transportida baxslashuv boshlandi:

A) Janjaldan qochishga harakat qilasizmi?

B) Qo’sxilishingiz, aziyat chekkan kishi tomonini, kim haq bo’lsa, o’shaning yonini olishingiz

mumkin.

V) Har doim qo’sxilasiz va oxirigacha o’z fikringizning haqligini isbotlashga urinasiz.

2. Yig’ilishda yo’l qo’ygan xatolari uchun rahbariyatni tanqid qilasizmi?

A) Yo’q.


B) Ha, lekin unga nisbatan o’z shaxsiy munosabatingizga bog’liq ravishda.

V) Xatolar uchun har doim tanqid qilasiz.

3. Bevosita boshligingiz sizning fikringizga samarasiz o’z ish rejasini bayon qilyapti.

Fikringizcha, undan afzalroq tuzilgan o’z rejangizni taklif etasizmi?

A) Agar boshqalar sizni qo’llasa, unda ha.

B) Albatta, siz o’z rejangizni qo’llab-quvvatlaysizmi?

V) Tanqid uchun sizni mukofotdan maxrum etishlaridan qo’rqasiz.

4. Siz o’z hamkasblaringiz, do’stlaringiz bilan bahslashishni yaxshi ko’rasizmi?

A) Faqat hafa bo’lmaydiganlari bilan va bahslashuv munosabatlaringizni buzmasagina.

B) Ha, lekin faqat prinsipial, muhim masalalar bo’yicha.

V) Siz hamma bilan har qanday sababga ko’ra bahslashaverasiz.

5. Tasavvur qilingki, kasbdoshingizning tartibotchilikdan iborat ixtirochilar tajribaviy ishi

ko’rilayapti, unda dadil fikrlar bilan bir qatorda ham mavjud. Bilasizki, sizning fikringiz hal

qiluvchi bo’lsa, unda qanday yo’l tutasiz?

A) Ushbu proektning ijobiy tomonlari to’grisida ham o’z fikringizni aytasiz.

B) Uning ishidagi ijobiy tomonlarini ajratib ko’rsatasiz va uni davom ettirishga imkoniyat

berishni taklif etasiz.

V) Ishni tanqid qilasiz, chunki novator bo’lish uchun xatoga yo’l qo’yish mumkin emas.

6. Tasavvur eting: qaynonangiz (eringiz, xotiningiz) sizga har doim iqtisod va tejamkorlik

zarurligi to’grisida gapiradi, o’zi bo’lsa doim qimmat narsalarni harid qilsa, Siz unga nima der

edingiz?

A) Agar harid qilgan narsa unga huzur baxsh etsa, uni ma’qullaysiz?

B) Bu narsani didsizlikdan deb o’ylaysiz.

V) Shundayligi tufayli u kishi bilan har doim janjallashib, so’kinib yurasiz.

7. Siz chekib turgan o’smirlarni uchratib qoldingiz, qanday yo’l tutishga harakat qilasiz?

A) “Boshqalarning yomon tarbiyalangan farzandlari uchun kayfiyatimni buzib nima qilaman” -

deb o’ylaysizmi?

B) Unga tanbeh berasiz.

V) Agar bu xizmat joyida bo’lganida, ularning adabini berar edingiz.

8. Restoranda ofitsiant sizning haqingizdan urib qolganligini sezdingiz:

A) Bunday holda u to’gri bo’lsa, boraman deb oldindan tayorlab qo’ygan choychaqani

bermaysiz.

B) Sizning oldingizda boshqatdan hisob-kitob qilishini iltimos qilasiz.

V) Bu janjal uchun sabab bo’ladi.

9. Siz dam olish uyidasiz. Ma’muriyat xodim o’z vazifalarini bajarish o’rniga xonalarni

tozalashni nazorat qilish, taomlarning xilma-xilligini ta’minlash bilan shugullanmay, o’zining

ko’nglini xushlab yuribdi. Bu hol sizni achchiqlantiradimi?

A) Ha, ammo u o’z noroziligingizni aytganingiz bilan biron narsalarni o’zgartirishi amri-mahol.

B) Uni jazolasalar, hatto ishdan bo’shatib yuborsalar ham unga arz qilish yo’lini topasiz.

V) Siz o’z noroziligingizni quyi xodimlarga, ofitsiant va farroshga sezdirasiz.

10. Siz o’smir o’glingiz bilan baxslashib, uning haq ekanligiga ishonch hosil qilasiz.

Unda siz o’z xatoyingizni tan olasizmi?

A) Yo’q.

B) Albatta, tan olaman.

V) Nohaq ekanligingizni tan olsangiz, qanday obro’ga ega bo’lishingiz mumkin.


Yüklə 38,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin