Psihologiyaning nazariy va amaliy metodlari tahlili



Yüklə 18,53 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü18,53 Kb.
#193321
1   2   3   4   5
Psihologiyaning nazariy va amaliy metodlari tahlili

Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z xohishi bilan qandaydir psixik protsess yoki xususiyatni Yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya`ni tajriba yo’li bilan qo’lga1 kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq, har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni
qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik protsesslar va funktsiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko’pgina qo’biliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini xali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.
Suxbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qollaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suxbat metodi kabi intervyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya`ni ko’p masalalar Yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’gri keladi. Biroq bilimlarni va o’ rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
.
Eksport baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng
qo’ llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar -bolalar bog’chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf raxbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim Yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa raxbarlari, xarbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baxolarni ko’proq xususiyatlarning sifat jixatidan namoyon bo’lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suxbatlarda o’tkazilsa ancha foydaliroq bo’ladi), balki o’rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya`ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baxolash tarzida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog’liq bo’lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish - ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.

Yüklə 18,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin