Psihologiyaning nazariy va amaliy metodlari tahlili


O’zini-o’zini kuzatish metodi



Yüklə 18,53 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü18,53 Kb.
#193321
1   2   3   4   5
Psihologiyaning nazariy va amaliy metodlari tahlili

O’zini-ozini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma`lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suxbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma`lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suxbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega b o’lishi mumkin. O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, ishchanlikni, kasb bilan bogliq bolgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali b’lishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, balki, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini tahlil qiladi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko’p hollarda u «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Faoliyat mahsulini o’rganish– metodi, psixologiya tarixida, antropopsixologiya, ijodiy psixologiyada keng tarqalgan.
Faoliyat mahsulining analizi klinik psixologlar uchun muhim materialni taqdim etadi; alohida kasallarda (Shizofreniya, Manianal – depressiv psixoz va b.) samaradorlik xarakteri tez o’zgaradi (matnlarda, rasmlarda va h.k).
Neyropsixologik analizning bemor faoliyat mahsuldorligini namunasi A.R.Luriyaning «Yo’qolgan va qaytarilgan» ishlarida bayon qilingan.
Barcha taxminlar kundalik qaydlarni tahlil qilish, miyaning chap yarim sharlari 1G’3 qismi og`ir asoratlarni kechirgan holda o’rganiladi.
Proektiv metod oraliqdagi o’z darajasiga ko’ra psixologik o’lcham va faoliyat mahsuldorligining analizi metodi bo’lib hisoblanadi. Proektiv metodning istalgan muolajasini qo’llash, istalgan psixologik testni qo’llashga o’xshashdir, sinaluvchidan alohida vazifalarni bajarish so’raladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to’ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko’rsatadi, ammo an`anaviy test o’tkazishda muolaja tahlili va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlari tahliliga ko’proq urg`u beradi.

Yüklə 18,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin