Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish);
2) metodik qo’llanma;
3) metodik yondashuv
S. L. Rubinshteyn “Umumiy psixologiya asoslari”da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko’rsatdi. Kuzatuv “tashqi” va “ichki”ga bo’lingan, eksperiment – laboratoriya ishi, tabiiy va psixologik-pedagogik, qo’shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o’rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o’tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning qirralarini ta`kidladi. SHunday qilib, psixologiyaning falsafa bilan bog`liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarning psixologik ro’yxatga qo’shilishi bilan amalga oshirildi.
Psixologik tekshiruvlarning keng ko’lamdagi ikkinchi tasnifini – bolgar psixologi G.D. Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondashuvlarni ta`kidlab o’tdi. SHu metodlarning har biri bir qancha turlarga bo’linadi. SHunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalar, so’rovnomalar, faoliyat mahsullarini o’rganish va boshqalarga bo’linadi.
B. G. Ananev G.D.Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma metodlarni u:
1) tashkiliy;
2) empirik;
3) ma`lumotlarni qayta ishlash usuli;
4) sharhlash metodlariga bo’ldi.
Tashkiliy metodlarga B.G.Ananev qiyosiy, longityud va kompleks metodlarni kiritdi. Ikkinchi guruhga observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar kiritildi. Uchinchi guruhga ma`lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish metodi va sifat tahlili kiritildi.
Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empirik metod va psixologik metodlar orasida umuman, amalda “teng” belgisi qo’yiladi, ularning o’ziga xos jihatlarini aniqlash qiyinlashadi.
Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir:
1. Empirik, tekshirish sub`ekti va ob`ektining tashqi real munosabatlari amalga oshiriladi;
2. Nazariy, sub`ekt ob`ektning hayotiy modeli bilan o’zaro munosabatda bo’ladi;
3. Sharhlash va tasvirlash, bunda sub`ekt «tashqaridan» ob`ektning simvolik – belgisi bilan munosabatda bo’ladi.
Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma`lumotlar hisoblanadi, ob`ekt sharoitini asboblar yordamida o’rganadi. Nazariy metodlardan foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki ochiq sxematik shakldagi predmet haqidagi bilim hisoblanadi.
Nihoyat, qayta ishlash – tushuntirish metodi – bu nazariy va eksperimental metodlarni qo’llashda, ularni o’zaro munosabati natijalarining “uchrashish joyi”dir.
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o’tamiz:
1) Deduktiv – umumiydan xususiyga o’tish. Natijasi – nazariya, qonun va boshqalar.
2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o’tish.
3) Modellashtirish – analogiya metodini aniqlashtirish, «transduktsiya», xususiydan xususiyga o’tish. Natija – ob`ekt, jarayon, sharoit modeli.
Psixologiyaning nazariy metodlarida psixologiyaning aqliy etuklik metodlarini saralash kerak. Aqliy etuklik ilmiy faktlar empirik qonuniyatlarga tayanmay, balki ta`limot muallifining faqat shaxsiy bilimida o’z o’rnini topadi.
Modellashtirishning ikkita asosiy turlari bor: Bular: struktura – funktsionalli va funktsional – strukturali.
Birinchi holatda tadqiqotchi alohida tizimning tashqi xulq - atvoriga qarab tizimni aniqlab o’tmoqchi va shuning uchun analog tanlaydi yoki konstruktsiya qiladi – boshqa tizimni o’xshash xulq-atvorga bo’lgan. Bunday xulq-atvor strukturalarning o’xshashligi haqida mulohaza Yuritishga olib keladi.
SHarhlash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o’ynaydi. Bu metodlarning tadqiqotchi tomonidan egallanishi ilmiy dasturning muvaffaqiyatini belgilab beradi. Psixologiyada sharhlash metodining ahamiyati V.A.Ganzen monografiyasida aniqroq ta`riflangan.
Psixologik empirik metodlarning yana bir tasnifini ko’rib chiqamiz. Biz tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog`liq bo’lgan metodlarni ikki asosga bo’lgan edik. Faollik-sustlik, mablag`larning borligi – muqobillik. Psixologik tadqiqotda ob`ekt faol bo’lishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo’lishidan qat`iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat sub`ekti bo’ladi. Empirik psixologik metodlarning tasnifida shu narsani hisobga olish kerak.
Barcha psixologik empirik metodlarni ikki o’lchamli kenglikda joylashtirish qulay, ularning o’qlari psixologik tadqiqotning ikkita maxsus belgilarini bildiradi.
Birinchisi – sinaluvchi va tadqiqotchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning borligi yoki yo’qligi yoki bu munosabatlarning jadalligidir. U klinik eksperimentda eng katta va o’zini-o’zi kuzatishda eng kam hisoblanadi.
Kuzatish metodi mustaqil jarayon sifatida namoyon bo’lishi hamda eksperimentlash jarayoniga kiritilgan metod tarzida ko’rilishi mumkin.