Psihologiyaning nazariy va amaliy metodlari tahlili


Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida



Yüklə 18,53 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü18,53 Kb.
#193321
1   2   3   4   5
Psihologiyaning nazariy va amaliy metodlari tahlili

3. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki, u voqea, hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, olingan natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir xil qo‘llanilishiga aytiladi.
Testlar yordamida olingan baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test qachon, qaerda, qanday qilib va kim tomonidan qo‘llanilganidan qat'i nazar ularni bir-biri bilan tenglashtirish, taqqoslash deb Yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, aniqlik va bir xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi.
Psixologik empirik metodlarning yana bir tasnifini ko’rib chiqamiz. Biz tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog`liq bo’lgan metodlarni ikki asosga bo’lgan edik. Faollik-sustlik, mablag`larning borligi – muqobillik. Psixologik tadqiqotda ob`ekt faol bo’lishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo’lishidan qat`iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat sub`ekti bo’ladi. Empirik psixologik metodlarning tasnifida shu narsani hisobga olish kerak.
Psixologiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunilishi katta ahamiyatga ega. Tushunish jarayoni qaysidir ma`noda o’lchash jarayoniga qarama-qarshidir. O’lchashda tadqiqot natijalarini ob`ektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq - atvorini xususiy ma`naviy o’lchamlarida qayta ishlanadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 18,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin