Shperrung (nem.) – fikrlarning ―tiqilib qolishi‖, fikrning uzilib qolishi,
bunda tо‗satdan bо‗shliq, jim bо‗lib qolish sifatida Bemor tomonidan qabul
qilinadi. Shperrung va mentizm shizofreniya va shizotipik buzlishlarga kо‗proq
xarakterlidir.
Ma‟nosiga kо„ra fikrlashning buzilishi Ularga affektiv fikrlash, egosentrik fikrlash, paranoid, obsessiv va о‗ta
qimmatli g‗oyalar kiradi.
Affektiv yoki emosional bо„ lgan fikrlash emosional bо‗ lgan tasavvurni
atrofdagilardan fikrlashni yuqori bog‗liqligi, fikrlashning tez reaksiyasi va undan
ajratib bо‗lmaydigan turli, kо‗p hollarda e‘tiborsiz stimul (affektiv doimiy
bо‗lmagan) emosional jarayonlar fikrlashga aylanishi bilan xarakterlanadi.
Affektiv fikrlash kayfiyatning buzilishidan jabr chekuvchi Bemorlar uchun
xarakterli (depressiv yoki maniakal fikrlash). Affektiv fikrlashda mulohaza va
tasavvur tizimining tо‗laligicha etakchi kayfiyat bо‗lib aniqlanadi.
Egosentrik fikrlash – bunda fikrlash tipi narsistik ideallarda, shu jumladan
о‗z shaxsiyatiga foydali yoki zararli hamma mulohaza va kо‗rinishlarda fiksasiya
qilingan. Qolganlari, shu jumladan ijtimoiy kо‗rinishlar qayd etiladi. Bunday
fikrlash tipi kо‗pincha shaxsiyatning buzilishili insonlarda shakllanadi, shu
jumladan alkogolizm va narkomaniyalarda ham. Shu vaqtning о‗zida bola
yoshidagilar uchun egosentrik shakllar normativ bо‗lishi mumkin.
Paranoid fikrlash – bu fikrlash tipi asosida vasvasa g‗oyasi yotadi, ular
shubhalanish, ishonmaslik, regidlik bilan hamohangdir. Vasvasa g‗oyasi – hato
hulosa chiqarish, kasallik asosida yuzaga keladi va korreksiyaga berilmaydi.
Vasvasalar birlamchi bо‗lishi mumkin, о‗ziga xos, bemorning о‗zigagina
tushunarli bо‗lgan mantiqning shakllanishi natijasida yuzaga keladi, yoki
ikkilamchi, kayfiyatning о‗zgarishi, kо‗tarilgan yoki tushgan, gallyusinasiyalarga
bog‗liq bо‗ladi. Vasvasa g‗oyasidan tashqari paranoid fikrlash strukturasiga
vasvasaga о‗xshash fantaziya ham kiradi, u kо‗proq bolalarda uchraydi.