Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137
psihiatriya-qollanma

Eydetik idrok etish patolgik bо‗lishi mumkin, masalan, sensitivli 
shaxslarda ba‘zi bir psixotexniklar ta‘siri ostida, ya‘ni, meditasiyada, tasavvur 
qilinuvchi ob‘ekt kо‗z oldida uzoq vaqtgacha gallyusinatorli yoki 
psevdogallyusinatorli bо‗lib kо‗rinishi mumkin. Psixopatologik buzilishli 
bolalarda vizual tasavvurlar ifoda etilgan bо‗lib, ular patologik fantaziyaga 
qо‗shilib ketadi. Bola yoki о‗smir fantaziyali boshqa olamni kо‗radi, unda sahiy 
yoki johil sexrgarlar joylashgan bо‗lib, ular bilan yolg‗izlikda muloqotda bо‗ladi, 
patologik (vasvasa singari) fantaziyada bu olam haqiqatni surib chiqaradi yoki uni 
aylantiradi. Bu holatlarda fantaziyalar о‗zgaruvchan bо‗lishdan tо‗xtaydi, ammo 
sovuq xarakterga aylanadi. 
Kо‗pincha gallyusinator buzilishlarga gallyusinatorli, deliriozli, amentivli, 
oneyroidli, gallyusinator-paranoidli sindromlar, yana Kandinskiy-Klerambo 
sindromi kiritiladi. Gallyusinatorli sindromlar uchun (gallyusinozlar) ongning 
о‗zgarishi va idrok etishning interpretasion buzilishi xarakterli bо‗lmay, 
gallyusinasiyalar biror-bir boshqa sferada yuzaga keladi (vizual, eshitish, hid 
sezuvchi, taktil). Gallyusinatorli sindromlar ekzogendagi singari, endogen 
buzilishlarda ham uchraydi. 


34 
Gallyusinator-paranoidli shunday sindrom hisoblanadiki, bunda Bemor 
о‗zining gallyusinator obrazlarini, masalan, kuzatishi yoki unga nisbatan alohida 
munosabati bilan tushuntiradi, ammo shunday bо‗lishi mumkinki, bu sindromlarda 
birlamchi bо‗lib alahsirash bо‗lsa, gallyusinasiya lar keyinroq yuzaga keladi. 
Kandinskiy-Klerambo sindromi – о‗z ichiga eshitish psevdogallyusinatorli 
kechinmalarni psixik boshqaruv (avtomatizm) fikrlar, xoxish, harakat va 
emosiyalar, alahsirash interpretasiyalari, kо‗proq ta‘sirli alahsirash formalarini 
oladi. G‗arb psixiatriyasida shizofreniyadagi birinchi rang sindromlariga 
taalluqlidir. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin