16
Polifagiya – oziq-ovqat mahsulotlariga kirmaydiganlarni eyishga intilish.
Masalan, bir necha yillar mobaynida Bemor oxak, qum, qizil g‗ishtning bо‗lagini,
kul egan. Buni ovqatdan oldin kuniga bir necha marotaba takrorlaydi. Bemor
shunday qilishga majbur, bо‗lmasam uning ayetishicha, u ovqat eya olmas ekan.
Fiziologik sharoitda polifagiya homiladorlarda, shu jumladan bolalarda ham
kuzatiladi. Sharq va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat mahsuloti sifatida, hattoki
delikates sifatida loyning ayrim sortlarini qо‗llaydilar, bu patologiya bermaydi.
Polifagiya shizofreniyada, progressiv paralichda, og‗ir aqli zaiflikda uchraydi.
Iste'mol qilinmaydigan predmetlar narkomanlar tomonidan ba‘zida narkotik
о‗rniga, depressiyav Bemor tomonidan etiladi – suisidal maqsadda, Myunxauzen
sinromli bemorlarda esa, vrachni adashtirish va operasiyaga olib kirilishi uchun.
Koprofagiya – najasni eyishga intilish, masalan axlat, yuvindi, musor va b.
Parareksiya – oziq-ovqatga nisbatan о‗ta qiymatli yoki vasvasali oziq-ovqat
injiqliklari. Bemorlar, masalan, biror bir narsani: quritilgan non, shokolad,
mevalar, kompot, jigardan tayyorlangan taom yoki maxsus, g‗aroyib parxezni
ixtiro qilish bilan ovqatlanishni afzal kо‗radilar. Oziq-ovqat injiqliklari g‗alati,
о‗ng‗aysiz, noqulay xarakterga ega bо‗lishi mumkin. Ya‘ni, shizofreniyali bemor
―kaliy tuzlariga, mol oqsiliga ehtiyoj‖ sezadi, vaqti-vaqti bilan kо‗p hajmda
―uglevodlar va kalsiy preparatlarini‖ iste'mol qilishga о‗tadi, yoki bо‗lmasam
sulidan tayyorlangan bо‗tqadan boshqa narsa emaydi.
Polidipsiya – qondirib bо‗lmaydigan chanqoq. Asosan endokrin
kasalliklarda, mejutochno-gipofizar patologiya larda uchraydi. Kamdan-kam
hollarda psixogen asoslangan polidipsiya turida qayd etiladi. Suvni kо‗p iste'mol
qilish Maniakal holatlarga, depressiyaga xos bо‗lib, aksincha, oligodipsiya
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: