Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137
psihiatriya-qollanma

Tadqiqot uslublari. Emosional holat emosional aks inversiya uslublari 
yordamida tekshiriladi, ular shaxsiy emosiya va ularni boshqalarda tushunish 
hususiyati imkonini beradi. Vahima darajasi Spilberger va Teylor uslublari 
yordamida о‗rganiladi, qayfiyatni baholashni SAN sо‗rovnomasi orqali bajariladi, 
depressiya darajasi esa Gamilton uslubi va MADRS shkalasi bilan amalga 
oshiriladi. 
Simptom va sindromlar. Emosiya patologiyasi kayfiyatning pasayishi – 
depressiyada ifodalanadi, kayfiyatning pasayishi, harakat faolligining pasayishi, 
fikrlash va nutqning sekinlashishidan iborat. Aniqroq gapiriladigan bо‗lsa, 
depressivli sindromga gipotimiya, fikrlashning tormozlanganlik va harakatning 
tormozlanishi kiradi. 
Sub‘ektiv shaxsiy bechorahollik ―qayg‗uli hissislik‖ (anaestesia psychica 
dolorosa) hissida ifodalanadi. Depressiyalarda о‗zi haqidagi tasavvur о‗zgaradi 
(depressiv depersonalizasiya), olamda kerak emaslik va tashlab ketilganlikni his 
etish, u yoqimsiz va kul rang, qiziqarsizdir (depressiv derelizasiya). Suisidal 
tendensiyalar va о‗zini-о‗zi ayiblash g‗oyalari kuzatilishi mumkin, ular juda og‗ir 
depressiyalar haqida belgi beradi. Somatik simptomlarga (Protopopov sindromi) 
bradikardiya, midriaz, ich qotishi, tana og‗irligi va ishtahaning kamayishi, erta 
involyusiya, libidoning pasayishi, ayollarda menstrual siklning buzilishi, tirnoqlar 
sinishining oshishi va sochlarning tо‗kilishi taalluqli. Depressiyani quyidagi 
kognitiv yopiq aylana qо‗llab quvvatlaydi: ―men hech narsa qila olmayapman‖ – 
―mening energiyam tushib bormoqda‖ – ―men foydasizman‖ – ―men yaqinlarim 
oldida ayibdorman, chunki men ularga yordam bera olmayapman‖ – 
depressiyaning kuchayishi. 
Depressiv sindromining kо‗pincha turli variantlari mavjud. 
Oddiy depressiya depressiv sindromga hos bо‗lgan obligat buzilishlar bilan 
xarakterlanadi. 
Adinamik depressiya kuchsizlik, holsizlik, gipodinamiklik, istak va 
xohishning yо‗qligi, atrofga e‘tiborsizlik bilan kechadi. 
Ajitirlangan depressiya – kasallik kо‗rinishida vahima hissi bilan 
harakatning asabiylashganligi kuzatiladi. Bemorlar о‗zlariga joy topa olmaydilar, u 
erdan bu erga yuradilar, ingraydilar, notо‗g‗ri xulqlari uchun о‗zlarini ayblaydilar, 
zudlik bilan qatl etishlarini talab qiladilar. 


23 
Anestetik depressiya – depressiya kо‗rinishida psixik anesteziya, xissiz 
og‗riq kuzatiladi. Bemorlar yaqinlariga nisbatan his-tuyg‗uni yо‗qotganliklaridan 
g‗am va hursandchilik emosiyalarining yо‗qligidan shikoyat qiladilar. 
Astenik depressiya yuqori darajadagi charchash va og‗irlab ketish, 
asabiylashgan holsizlik, giperesteziya kо‗rinishidagi astenik buzilishlar bilan birga 
kechadi. 
Vital depressiya chuqur zerikish va hafagarchilik, hayotga qiziqish va 
xohishning yо‗qolishi, kо‗pincha suisidal hayollar bilan birga kechuvchi xislari 
bilan о‗tadi. 
Ironik yoki jilmaygan depressiya. Depressiyaning ob‘ektiv belgilariga 
qaramay, bemor yuzida jilmayish bо‗lishi mumkin, u о‗z ahvolini ironirlashga 
harakat qiladi. Havfli holat hisoblanadi, chunki vrachlar ironik depressiya 
orqasidagi suisidal tendensiyani kо‗ra olmasliklari mumkin. U yana hira yoki 
berkingan depressiya deb atalishi mumkin. 
Disforik depressiya. Tez achchiqlanishlik, ming‗illash, atrofdagilarga va о‗z 
kayfiyatiga ta‘sir etuvchi qayg‗u va qoniqmaslik hissi, qahr-g‗azabga atrofdagilar 
va о‗ziga qarshi agressiya ga beriluvchanlik xarakterlidir. 
Stuporozli 
depressiya. 
Tо‗liq harakatsizlikkacha, massiv harakat 
tormozlanishi bilan kechadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin