Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Kayfiyatning kо„tarilishi – maniya



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137
psihiatriya-qollanma

Kayfiyatning kо„tarilishi – maniya, kayfiyatning о‗zgarishi motorli 
faollikning kо‗tarilishi, g‗oyalarning sakrashi (fuga idearum) fikrlar tempining 
oshishi, mehnat qobiliyati va seksual faollikning oshishi, uyquda talabning 
pasayishi va ishtahaning oshishi bilan harakterlanadi. Obrazli qilib aytganda, 
Maniakal sindrom uchun triada xarakterli: gipertimiya, nutq va fikrlashning 
tezlashuvi, harakat faolligining oshishi. Bundan tashqari diqqat-e‘tiborning turg‗un 
bо‗lmasligi va chetga tortish, gipermneziya, ishga layoqatni, ishtahani, seksual 
faollikni oshishi kuzatilishi mumkin. Bemorlar giperproduktivlikni sezadilar
о‗zlaridagi ajoyib xususiyatlarni ochishda, buyuklik fikrlari kо‗rinishidagi 
shaxsiyatni qayta baholash ularga hosdir. Maniakal holatlar uchun uyquning 
buzilishi, taxikardiya, gipersalivasiya, ayollarda menstrual sikl buzilishi ham 
xarakterlidir. 
Maniakal sindromning bir qancha variantlari mavjud. 
Quvnoq maniya hushchaqchaq va g‗am-tashvishdan holi kayfiyatni his etish 
bilan kechuvchi ekzaltirlanish bilan о‗tadi. 
G„azabli maniya. Tez achchiqlanishlik, asossiz ayblash, g‗azablanish kо‗p 
uchraydi. Ba‘zi bir mutaxassislar g‗azablanish Maniakal holatning qayta 
rivojlanish bosqichi yoki belgisi hisoblanadi, deb taxmin qiladilar. 
Chalkash maniya. Tezlashgan assosiativ jarayon bilan ajralib turadi, bu bilan 
fikrlash va nutqning uzilishiga erishish mumkin. 


24 
Unumsiz maniya. Kayfiyat kо‗tarilgan, ammo assosiativ jarayonning uncha 
katta bо‗lmagan tezlashishida faoliyatga intilish yо‗q. 
Ahmoqona maniya gebefrenik komponentlar bilan kechadi, ba‘zida esa 
intellektual bо‗lmagan holatda. 
Murakkab maniya – boshqa psixopatologik sindromlar simptomlari bilan 
maniyaning hamohangligi, masalan, alahsirash g‗oyalari, gallyusinasiyalar, 
oneyroidlar, katatonik buzilishlar va boshqalar bilan.
Depressiya va maniyalar affektiv buzilishlar uchun xosdir. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin