Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Havfsizlik instinkti (о„zini-о„zi saqlash)



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137
psihiatriya-qollanma

Havfsizlik instinkti (о„zini-о„zi saqlash) buzilishiga agressiya va suisidal 
xulq kiradi. 
Agressiya – haqiqiy yoki sohta xavf о‗chog‗ini bartaraf etishga qaratilgan 
xulq. Keng ma‘nodagi agressiya – bu maqsadga erishish uchun tо‗siqlarni engib 
о‗etishga qaratilgan shaxsiyatning shakllanishi: tirishqoqlik, qat'iylik, qattiqlik. 
Agressiya pantomik yoki ekspressiv (havf soluvchi holat), affektiv (g‗azab, 
achchiqlanish), verbal (sо‗zli taxdid), impulsiv (buzuvchi harakatlar), dushman 
(maqsadli zarar etkazish), instrumental (boshqa maqsadlarga erishish vositasi 
hisoblanadi), indusirlangan (tо‗dada, dushman obraziga ishontirilgan) bо‗lishi 
mumkin. Agressiya shaxsiy insoniy kо‗rinishlar darajasida zо‗rlash, tabiatni buzish 
sabablariga jirkanish, nafrat bilan ifodalanadi. Agressiv tendensiyalar psixiatrik 
Bemorlarda sog‗lom individumlarga nisbatan bir xilda uchraydi. Agressivlikni 
kо‗ngil kasallanishining birlamchi, biologik simptomi deb hisoblab bо‗lmaydi. 
Bemorlarning agressiv harakatlarining kо‗p qismi reactiv bо‗lib, shaxsiyatni 


17 
premorbid kо‗rinishlarini ifodalaydi. Agressivlik psixoanalitik pozisiyalardan 
kattalarning zо‗rlashiga javoban bolalikdan boshlab shakllanadi (yо‗rgaklash, 
erkinlikni bosish, majburlash, jazolash). Agressiyani bosish nevrozga olib keladi. 
Agressiya korreksiyasi ijtimoiy maqbul о‗zanni о‗zgartirish yо‗li bilan amalga 
oshirilishi 
mumkin. 
Agarda 
bolalarning 
agressiv 
impulslari 
bostirilsa, 
ijtimoiylashtirilmasa, u holda katta yoshli kishida agressiya о‗zining birinchi paydo 
bо‗lgan, arxiaik kо‗rinishida saqlanib qoladi. 
О„zini-о„zi о„ldirish (suisid) – о‗ziga yо‗naltirilgan agressiya, 
austoagressiya. О‗zini-о‗zi о‗ldirishning mavjud bо‗lgan kо‗p qirrali formalari 
turli: ijtimoiy, psixologik, biologik sabablarga kо‗ra, insonni о‗ziga nisbatan 
munosabatida kо‗rinadi. О‗zini-о‗zi о‗ldirishning ba‘zi kо‗rinishlarini keltiramiz: 
1. Institusional о„zini-о„zi о„ldirish – repressiv, jamiyatning etik farmoyishi 
yoki kosmogonik tasavvurni aks ettiruvchi sabablar bо‗yicha amalga oshiriladi 
(masalan, budda dinidagi kishilarning о‗zini-о‗zi yondirishi). 
2. Idolota‟zim qilish – о‗smirlarning gurug‗ bо‗lib о‗zini-о‗zi о‗ldirishi. 
Odatga kо‗ra ayol jinsidagi fonatik о‗smirlar mazkur aktni о‗z sanamlariga bо‗lgan 
sevgini bо‗lisha olmaslik natijasida amalga oshiradilar. 
3. Natijaviy о„zini-о„zi о„ldirish – inson, qiynoqli yoki sharmandali о‗lim 
bilan yaqinda о‗lishini bilgan yoki hato о‗ylash natijasida о‗zini-о‗zi о‗ldiradi. 
4. Viktimli о„zini-о„zi о„ldirish - hayotini tugashiga intiluvchi inson, qurbon 
bо‗lish uchun, ongli ravishda havfli va hatarli ishlarga yoki konflikt vazi tlarga 
bog‗lanadi. 
5. Altruistik о„zini-о„zi о„ldirish – boshqalarni qutqarib qolish uchun 
ihtiyoriy о‗lim. V.Frankl altruistik sabablarni suisidal deb hisoblamagan, chunki 
kо‗p holarda о‗zini-о‗zi о‗ldirish shaxsiy xarakter mayli bilan amalga oshiriladi. 
6. Platonik о„zini-о„zi о„ldirish - fikr yuritish orqali amalga oshiriladi, 
masalan, о‗zini haqligini isbotlash uchun, о‗z inshonchidan kechmaslik xohishi 
(Sokrat о‗limi). 
7. Indusirlangan о„zini-о„zi о„ldirish – tashqi ishontirish ta‘siri ostida yoki 
ongli yopiq formalari bilan maniyapul si si asosida amalga oshiriladi. 
8. О„z hayotini qadrsizlash yoki qiymatini tushunmaslik faktlari aks 
ettiruvchi о‗zini-о‗zi о‗ldirish. Masalan, bolalar о‗yinida о‗zini-о‗zi о‗ldirish. 
9. Sokrat kо„rinishidagi о„zini-о„zi о„ldirish – jismoniy va kо‗ngildagi 
chidab bо‗lmaydigan og‗riq huruji vaqtida о‗z hayotiga suiqasd qilish. 
10. Namoyishkorona о„zini-о„zi о„ldirish – о‗z mardligini namoyish etish 
sifatida, boshqa hollarda bu noumidlik, ba‘zida oxirgi yordam sо‗rash kо‗rinishida 
bajariladi. Atrofdagilarga bosim vositasi sifatida ham foydalaniladi (suisidal 
shantaj). 


18 
11. Hayot obrazidek, о„zini-о„zi о„ldirish. Ayniqsa kо‗p tarqalgan 
shakllaridan autodestruktiv xulq alkogolizm, narkomaniya hisoblanadi, uning 
yuzaga kelishida о‗zini-о‗zi yо‗q qilishga uzaytirilgan dastur qо‗yiladi. 
О‗zini-о‗zi о‗ldirishning yuqorida qayd etilgan turlari hech qanday psixik 
patologiya bilan bog‗liq bо‗lmaydi, ya‘ni ularni amalga oshiruvchi kishilar ruhiy 
kasalliklardan jabrlanmagan bо‗ladi. Ruhiy bemorlarda о‗zini-о‗zi о‗ldirish turli 
psixik buzilishlar bilan bog‗liq bо‗ladi. Xarakteriga bog‗liq holda quyidagi suisidal 
xulqning klinik variantlari mavjud bо‗lishi mumkin: 
1. Impulsiv о„zini-о„zi о„ldirish - tо‗satdan, sababsiz va psixologik 
tushuntirib bо‗lmaydigan. Suisidal akt mazkur vaziyatda yuzaga keluvchi, 
hohlagan uslub bilan g‗ayri ihtiyoriy ravishda bajariladi. Ya‘ni, agarda qо‗ziga 
pichoq kо‗rinsa, yurak yoki bо‗yinga urilishi kuzatiladi; zaharli substansiya 
qо‗rinsa, undan foydalaniladi; kо‗prik ustidagi g‗oya, bemor о‗ylamasdan suvga 
о‗zini tashlaydi, kо‗chada – mashina tagiga; tо‗satdan qо‗lga tushgan lezviye bilan 
tomir kesiladi va b. Tirik qolgan Bemorlar, hursandchilik ham, tirik qolganlariga 
hafagarchilikni ham bildirmaydilar, о‗z omadsizliklaridan hafa ham bо‗lmaydilar, 
va umuman nima bо‗lganligini tayinli tushuntira olmaydilar. Suisidal impulslar 
chaqmoq singari, oldindan aytib bо‗lmaydigan, vaqti-vaqti bilan taqrorlanishi 
mumkin. О‗zini-о‗zi о‗ldirishning mazkur tipi katatonik Bemorlarda kuzatilgan. 
2. Epileptiformli о„zini-о„zi о„ldirish – suisidal harakat, epileptiform 
asabiylashish holatida bajariladi. Tirik qolgan Bemorlarda suisid haqidagi xotira 
saqlanib qolmaydi. 
3. Gallyusinatorli о„zini-о„zi о„ldirish – suisidal ma‘nodagi imperativ 
gallyusinasiyalar bilan asoslangan. Ba‘zida aldovli qabul Bemorda ilojisi yо‗q vazi 
t haqida tasavvur paydo bо‗ladi (saxna kо‗rinishidagi eshituv va analogik tipdagi 
qо‗ruv gallyusinasiyalari), ya‘ni bunda bemorda о‗z hayotiga suiqastdan boshqa 
yaxshi tanlov qolmaydi. Ba‘zida ovozlar ―narigi dunyoda‖ yangi, yaxshi hayotni 
va‘da beradi va Bemor suisid yо‗li bilan u erga о‗etishga rozi bо‗ladi. 
4. Vasvasali о„zini-о„zi о„ldirish – kо‗pincha ta‘qib qilish vasvasai va о‗sha 
hayoliy vazi tning kо‗proq shartlashganligi, bunda Bemorning qaror qilishiga eng 
yaxshi natija, о‗zini-о‗zi о‗ldirish hisoblanadi. Suisidlar о‗limli kasallik vasvasai, 
qayta tug‗ilish vasvasai (о‗lim orqali Bemor, yuqori sifatli, boshqa bо‗lib, qayta 
tug‗ilish), depersonalizasiya sababli vasvasali (о‗zini о‗ldirgan buyuk shaxsiyat 
identifikasiyasi) Bemorlarda uchraydi. 
5. Depressiv о„zini-о„zi о„ldirish – kо‗rinishi bо‗yicha, tez-tez uchraydi. 
Gunoh, о‗zini ayblash, ma‘noni yо‗qotishga achinish g‗oyalari bilan bog‗liq. 
―Kengaytirilgan‖ о‗zini-о‗zi о‗ldirish ehtimoli bor – boshida Bemor yaqinlarini 
о‗ldiradi, ularni og‗ir qiynoq kutmoqda deb hisoblaydi va yaxshisi о‗lim qabul 
qilish, bо‗lmasam chidab bо‗lmaydigan azoblarga qolishadi. Yaqinlarning 


19 
о‗limidan sо‗ng, u ikkilanishsiz о‗zini ham о‗ldiradi. Depressiyav Bemorlar kо‗p 
hollarda suisidli maqsadlarini berkitadilar, chunki buni chuqur shaxsiy ishlari deb 
hisoblaydilar, shu jumladan atrofdagilarning qarshiligidan saqlanish uchun. О‗zini-
о‗zi о‗ldirish erta tongda bajarilishi mumkin, bu vaqtda depressiya ayniqsa og‗ir 
bо‗lishi mumkin, yoki sutkaning boshqa vaqtida agarda mos keluvchi vaziyat 
yaratilsa. О‗zini-о‗zi о‗ldirishning shunday usullarini afzal kо‗radilarki, bunda tirik 
qolishga umid bо‗lmaydi. Shunday qilib, boshini temirchilar pressi ostiga qо‗yib, 
bemor о‗zini-о‗zi о‗ldirdi. Boshqa Bemor, harakat qilish bilan, ikkala qо‗lidagi 
turli joylardagi tomirlarni kesib, bо‗yinturuq venalarini ham shunday qilib, undan 
sо‗ng esa sochiq bilan о‗zini bо‗g‗gan. Yoki Bemor о‗zini-о‗zi о‗ldirishga harakat 
qilib, tayganing ichiga kirib, о‗zini yondirib borish uchun daraxt tagida gulxan 
yoqqan. Bunday g‗alati о‗zini-о‗zi о‗ldirishlar shizofreniyali bemorlar depressiya 
sini kо‗rsatishi mumkin. 
6. Nevrotik о„zini-о„zi о„ldirish – psixik buzilishli nevrotik darajadagi 
sezishda aks ttadi (shaxsiyatning isterik buzilishi va b.). Agarda suisidal konteksda 
asab anoreksiya sini kо‗rib chiqsak, u holda bu nevrotik о‗zini-о‗zi о‗ldirishda 
model bо‗lishi mumkin edi. Nevrotik buzilishning boshqa hamma holatlarida 
suisid tendensiyalar, kо‗p holatlarda bо‗lsa ham, odatda ambivalent va 
taqqoslanganda kamdan kam holatlarda amalga oshiriladi. Isteriyada kо‗pincha 
butaforli о‗zini-о‗zi о‗ldirish harakati kuzatiladi. 
7. Reactivli о„zini-о„zi о„ldirish – haqiqiy yoki faqat tuyuladigan 
psixotravmatik vaziyatga depressiyav reaksiya bilan bog‗liq bо‗ladi. Ya‘ni, о‗zini-
о‗zi о‗ldirish ba‘zida psixik kasallikni tushunib etgandan sо‗ng amalga oshiriladi. 
Kо‗p hollarda affekt holatida psixopatik shaxsiyatli asabiylashgan tipda 
autoagressiyav harakat yuzaga keladi. Mastlik (alkogol, barbiturli) suisidli 
impulslarni amalga oshirishni engillashtiruvchi e‘tiborli faktordir. 
8. О„ziga shikast etkazish (о‗zining biror a‘zosini qasddan jarohatlash), 
uatodestruktiv xulqning bir turi sifatida. Sog‗lom sub‘ektlardagina emas (diniy 
sabablarga kо‗ra g‗ururdan tushish maqsadida о‗zini-о‗zi qiynash – flagellantizm, 
g‗arazli о‗ylar sababli о‗zining biror a‘zosini qasddan jarohatlash), balki psixik 
kasallanganlarda ham uchraydi. Ya‘ni, depersonalizasiyali bemor (jismoniy 
anesteziyali) ―о‗zini his etish uchun‖ pechda ikki qо‗lining kaftini kuydirgan. 
Shaxsiyat buzilishi kuzatuvchi Bemorlarda, о‗zining biror a‘zosini qasddan 
jarohatlashga sababsiz mayl uchraydi. Bizga ma‘lum bо‗lishicha, shizofreniyali 
bemor, ozgina bо‗lsa ham erkin harakat ehtimolidan foydalangan holatda quloq 
pardasiga shikast etkazgan, ikkala kо‗z olmasi enukleasiyasini о‗tkazgan, 
tomirlarni ochishga harakat qilgan, burun yо‗llarini, genitaliyni shikastlashga 
harakat qilgan.


20 
Ta‘kidlash zarurki, suisidal hulq psixik buzilishning birlamchi simptomi 
emasdir. Oxirgisi, balki, suisidga turtki bо‗lishi mumkin, uni amalga oshishini 
engillashtirishi mumkin, lekin u asosiy sabab bо‗la olmaydi.


21 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin