Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137
psihiatriya-qollanma

Tadqiqot uslubi. Idrok etishning izlanish uslublari о‗rganilayotgan 
modalliklarga bog‗liqdir. Vizual idrok etishni о‗rganishda uning о‗tkirligi, rang 
kо‗rligi tadqiqot qilinadi, masalan, shu tariqa dal tonizm aniqlaniladi, formaniya, 
perspektivani, jism harakatini idrok etish, e‘tibordan chiqarmaslik va tanish va 
notanish jismlarni idrok etish. Audiografik eshitish izlanishda balandlik, tembr 


28 
shovqini, shu jumladan signalning yо‗nalishini idrok etish ajralib turadi. Olfaktorli 
va ta‘mli jarayon tadqiqotlarida feromonlar, ta‘mli qochish va ta‘m kо‗rligi 
reaksiyalari о‗rganiladi. Taktil sezgirlikni о‗rganish temperaturaga, bosim, 
anesteziya, parodoksal sezgi, gipersezgi reaksiya larini aniqlash imkonini beradi. 
Verbal bо‗lmagan-verbalmas (og‗zaki bо‗lmagan) kо‗chirishlarning 
xususiyatlari psixosemantika uslublari yordamida о‗rganiladi. 
Simptom va sindromlar. Psixopatologiya da his etishning buzilishi 
aniqlanadi, bularga quyidagilar kiradi: giperesteziya, giposteziya, anesteziya, 
paresteziya va senestopatiya, shu jumladan fantom-simptom. 
Gipersteziya – sezuvchanlikning buzilishi, kuchli yorug‗lik, ovoz, hidni 
qabul qilishda namoyon bо‗ladi. Somatik kasallanishlar va somatik kasalliklarga 
xos. Paresteziya qon ta‘minoti va invervasiya xususiyatlari bilan ajralib, 
senestopati dan farqlanadi. 
Senestopatiya – tanada kompleks odatiy bо‗lmagan xislar, joyni о‗zgarishi, 
quyilish, oqib о‗etishni his etish. Kо‗pincha, baland-parvoz va odatiy bо‗lmagan 
metaforik tilda, masalan, Bemorlar miya ichida qitiqlash bо‗layotganligini, su qlik 
tomoqdan jinsiy a‘zolarga oqib kelayotganligini, hiqildoqning chо‗zilgani yoki 
qisilgani haqida gapiradilar. 
Fantom-sindrom qо‗l-oyoqlarni yо‗qotgan shaxslarda qayd etiladi. Bemor 
yо‗qotgan oyoq yoki qо‗lini ortiqcha sezib, yо‗qotgan oyoq-kо‗llarda og‗riq yoki 
harakatni his etadi. Kо‗pincha bunday hislar о‗ziga kelganda va uyquda yuzaga 
kelib, bunda Bemor о‗zini yо‗qotgan oyoq-qо‗llari bilan kо‗radi. 
Idrok 
etishning 
asosiy 
buzilishlaridan 
biri 
bu 
illyuziya 
va 
gallyusinasiyalardir. Bu kо‗rinishlar haqida bemorlar gapirishni xohlamaydilar 
yoki berkitadilar. 
Idrok etishning buzilishi bilvosita belgilari quyidagilar: 
- insonning о‗zi bilan о‗zi gaplashishi (yolg‗izlikda yoki boshqalar orasida); 
- asossiz va tо‗satdan atrofdagilarga nisbatan munosabatning о‗zgarishi; 
- nutqda yangi sо‗zlarning paydo bо‗lishi (neologizmlar); 
- mimik grimasalar; 
- yolg‗izlikka intilish, kо‗ngilning о‗zgaruvchanligi; 
- chaynash mushaklari va kо‗krak-elka-sossevid mushaklarining qisqarishi; 
- yarim ochiq og‗izda orbital qismning kuchlanishi; 
- suhbat chog‗ida tо‗satdan yonga qarash; 
- mimika, holat va imo-ishora dissosiasiyasi; 
- qisman harakatsiz mimikada qо‗qqisdan maqsadsiz imo-ishora. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin