90
BOLALARDAGI NEVROZLARNING KLINIK SISTEMATIKASI
1. Psixomotor buzilishlar bilan kechuvchi nevrozlar -
nevrotik duduqlanish
ya‟ni logonevroz.
2. Qo‗rquv natijasida yuzaga keluvchi ongning affektiv torayishi bilan
paydo bo‗ladigan nevrozlar -
nevrotik tiklar, uyquning nevrotik buzilishi.
3. Vegetativ buzilishlar bilan ifodalanuvchi nevrozlar -
nevrotik anoreksiya,
nevrotik enurez, nevrotik enkoprez.
4. Astenik va nevrastenik buzilishlar bilan kuzatiladigan nevrozlar (ko‗proq
o‗smirlarda).
Nevrotik duduqlanish (logonevroz)
Nutq vaqtida ishtirok etuvchi mushaklarni tirishishi bilan kuzatiladigan va
nutq ritmi, tempi, to ‗kisligi o‗zgarishiga olib keladigan nevrotik buzilish holatidir.
Qisqa muddatli duduqlanish 4%, nisbatan turg ‗un duduqlanish 1%
tashkil
etadi. O‗g ‗il bolalarda qizlarga qaraganda ko‗proq kuzatiladi. Nisbati 2:1дан
10:1гача bo‗lishi mumkin. Bu holat odatda 2-3 yoshdan boshlab, ya‘ni nutq
shakllana boshlanishidan kuzatiladi.
Logonevroz o‗tkir va o‗tkir osti ruhiy jarohatlar natijasida kelib chiqadi.
Logonevroz rivojlanishi asosida «fastsio-bukko-lingval dispraksiya» yotadi, ya‘ni
affekt holatida motor avtomatizm kuchli rivojlanib nutq aktida ishtirok etuvchi
mushaklar talvasasiga olib keladi. Bunda nozik
harakatlar koordinatsiyasi
buziladi. Tanlanishi esa tug‗ma yoki orttirilgan moyilligiga bog‗liq bo‗lishi bilan
tushuntiriladi.
Klinik ko„rinishi
Duduqlanish sindromi bilan kechib kasallik boshida nafas olish vokal
mushaklarini tonik talvasasi va asta-sekin jarayonga artikulyatsiya mushaklarida
tonik-klonik talvasalar paydo bo‗lishi bilan kechadi.
Shuningdek nutq buzilishi
bilan birga yuz bo‗yin oyoq-qo‗l mushaklarida qo‗shimcha o‗ziga xos harakatlar
paydo bo‗lishi mumkin.
91
Bir necha oy yoki 1-2 yilda bolada nutq defekti yuzaga keladi va logofobiya
rivojlanadi. Nevrotik duduqlanishga intensivlik doimiy bo‗lmaslik xos bo‗ladi,
ya‘ni kuchli duduqlanish hatto gapiraolmaslik holati, bemalol nutq so‗zlash bilan
almashib turishi kuzatiladi. Duduqlanish odatda emotsional taranglik holatida
kuchayadi. Nevrotik duduqlanish boshqa nevrotik buzilishlar (qo‗rquv,
kayfiyat
o‗zgaruvchanligi, uyqu buzilishi, tiklar, enurez) bilan birga kechadi. Dinamikasi
turlicha bo‗lishi mumkin. Kuchli reaksiyalarda o‗tkir
nevrotik reaksiya bilan
kechsa uzoq davom etuvchi psixogen omillar ta‘sirida prenevrotik, ya‘ni vaqti-
vaqti bilan kechadigan duduqlanish kuzatilishi mumkin. Kechuvi to‗lqinsimon
xarakterda bo‗ladi. Asosan 15-17 yoshlarda
duduqlanish kuchayadi, bunga
logofobiya sabab bo‗ladi. Hattoki shaxsning nevrotik shakllanishiga sabab bo‗lishi
mumkin. Bu holatni nevrozsimon duduqlanishdan farqlash kerak. Bu duduqlanish
organik va somatogen buzilishdan kelib chiqib asta-sekin nutq rivojlanishini
susayishi holida namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: