Psixodiagnostikadan savollar va javoblar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə20/34
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#41996
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Diagnostika

Psixologik metodikalardan namunalar

«OILA RASMI» METODIKASI
Tadqiqot uchun – oq qog‘oz (21 x 29sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam (qora, qizil, ko‘k, yashil, sariq, jigarrang), o‘chirg‘ich zarur. Bolaga qo‘yidagicha ko‘rsatma beriladi: «Iltimos, o‘z oilang rasmini chiz». Bunda «oila» so‘zining ma’nosini tushuntirish ta’qiqlanadi. Agar bola nima chizish kerakligini so‘rasa, psixolog ko‘rsatmani qayta takrorlashi zarur. Vazifani bajarish vaqti chegaralanmagan (ko‘pincha 35 minutdan oshmaydi). Vazifani bajarish jarayonida bayonnomada quyidagilar qayd qilinishi zarur:

A) detallarni chizish ketma-ketligi;

B) 15 sekunddan ortiq pauzalar;

C) detallarni o‘chirish;

D) bolaning spontan (dabdurustdan, o‘z-o‘zidan berilgan) izohlari;

E) emosional reaksiyalar hamda ularning tasvir mazmuni bilan aloqasi.

Vazifa bajarib bo‘lingach, psixolog verbal yo‘l bilan iloji boricha ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilishi lozim. Odatda quyidagi savol bilan murojaat qilinadi:


  1. Aytchi, bu yerda kim tasvirlangan?

  2. Ular qayerda tasvirlangan?

  3. Ular nima qilishayapti?

  4. Buni kim o‘ylab topdi?

  5. Rasmda chizilganlarning eng baxtlisi kim? Nima uchun?

  6. Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun?

Oxirgi ikkita savolga agar bola javob bergisi kelmasa, uni majburlash mumkin emas. Chunki u hissiyotlar bilan bog‘liq.

Suhbat davomida psixolog bola chizgan rasmning mazmunini aniqlashga harakat qilishi zarur:

– agar oila a’zolaridan biri tasvirlanmagan bo‘lsa, unga nisbatan hissiyotlarini;

uning sabablarini; rasmdagi alohida detallar (hayvonchalar, qushchalar) bola uchun qanday ahamiyatga ega ekanini bilish muhim. Ammo bunda iloji boricha, to‘g‘ri, bevosita savollarga murojaat qilmaslik zarurki, bu bolada tashvishlanish, himoya reaksiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pincha bunday hollarda proyektiv savollarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir (masalan, «agar qushcha o‘rniga odam rasmi chizilgan bo‘lsa, u kim bo‘lishi mumkin?», «Akang bilan musobaqalashsang kim yutgan bo‘lardi?», «Biror yerga bormoqchi bo‘lsa, akang o‘zi bilan kimni olib ketar edi?»).

Suhbatdan so‘ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan uchtasi oila a’zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatni aniqlashga qaratilgan:


  1. Tasavvur qilaylik, sirkka 2ta chiptang bor. Kimni o‘zing bilan birga sirkka taklif qilar eding?

  2. Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq kimdir kasal bo‘lib uyda qoladi. U kim?

  3. Konstruktordan uy yasayapsan, lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan. Kimni yordamga chaqirasan?

  4. Senda qiziqarli filmga bir necha chiptalar bor, lekin u oila a’zolarining sonidan 1taga kam. Uyda kim qoladi?

  5. Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u yerda kim bilan yashashni xohlarding?

  6. Senda qiziqarli loto o‘yini bor. Oila a’zolaring bilan uni o‘ynamoqchisizlar. Ammo bitta odam ortiqchalik qilayapti. Kim loto o‘ynamaydi?

Interpretasiya uchun quyidagilarni bilish zarur:

a) tadqiq qilinayotgan bolaning yoshi;

b) uning a’zolari soni, aka-singillari yoshi;

v) agar iloji bo‘lsa, bolaning uy va bog‘chadagi, maktabdagi xulqi haqida ma’lumotlar.

«Oila rasmi» metodikasi interpretasiyasini shartli 3 qismga ajratish mumkin:


  1. «oila rasmi» strukturasi tahlili;

  2. oila a’zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi;

  3. rasm chizish jarayoni tahlili.

  1. «Oila rasmi» strukturasini tahlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini taqqoslash.

Odatda, oilada ijobiy emosiyalarni his qiluvchi bola oilani to‘laligicha aks ettiradi. Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo‘lgan bolalarning 85% (oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a’zolarini to‘liq rasmini chizadi. Agar oila a’zolaridan birortasi tushib qolgan bo‘lsa, bunga alohida e’tibor berilishi talab qilinadi. Chunki u emosional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan qoniqmaslikdan dalolat beradi.

Ba’zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman aloqasi bo‘lmagan odamlar aks ettirilganligini ko‘rish mumkin. Bunday holatlar juda kam uchraydi. Buning sababi – oila bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy kechinmalar; rad etilganlik hissi; himoyasizlik hissi, yuqori darajadagi xavotirlanish hamda psixo-logning o‘rganilayotgan bola bilan yaxshi aloqa o‘rnata olmaganligi bo‘lishi mumkin.

Amaliyotda ba’zan bolalar oila a’zolaridan birini tushirib qolishdirishlari ham uchrab turadi. Buning sababi o‘sha oila a’zosining emosional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir. Odatda, ko‘proq aka yoki singillar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a’zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi - masalan; «joy qolmagani uchun chizmadim», «U o‘ynagani ketgan» kabi. Ba’zida esa ochiqdan ochiq: «Chizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi», «U biz bilan birga yashashini xohlamayman» deb javob beradilar.

Ba’zan real oila a’zolari o‘rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin. Bunda, psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikasiya qilayotganligi muhim (ko‘pincha bola oiladagi ta’sirni kamaytirishni xohlagan aka yoki ukasini shunday aks ettiradi).

Ba’zi rasmlarda bola o‘z rasmini chizmaydi yoki oilasi o‘rniga faqat o‘zini aks ettiradi. Bu bolaning o‘zini oila tarkibiga qo‘shmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat beradi.

Rasmda «Men»ning mavjud bo‘lmasligi qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli.

Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba’zi ma’lumotlar berishi mumkin. Odatda, bu oiladagi psixologik ehtiyojlarning qondirilmagani bilan bog‘liq. Oilada yolg‘iz farzand bo‘lsa, affilyasiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo‘shni bolalar yoki ba’zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin