Psixodiagnostikadan savollar va javoblar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə17/34
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#41996
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Diagnostika

7."Qayta tuzilish"

Guruh a’zolari ikki guruhga bo‘linadilar va boshlovchining ishorasi bilan turli belgilarga ko‘ra tezroq safga tizilishga harakat qiladilar. Masalan, oyoq kiyimi o‘lchami, tug‘ilgan kuni, tug‘ilgan oyi, bo‘yi va xoka’zolar hisobga olinishi mumkin. Tez va to‘g‘ri saflangan guruh g‘olib hisoblanadi.

Trening hamma guruh a’zolari yaxshi bilgan birorta qo‘shiqni birgalikda aytib tugallanadi.

DIQQATNI RIVOJLANTIRISH VA KORREKSIYALASH USULLARI

Guruhiy mashg‘ulotlar namunalari.
1- M A SH G‘ U L O T:

Maqsad: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ixtiyoriylik va e’tiborlilikni rivojlantirish.

V A Z I F A L A R;
1- Mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar (izoterapiya elementlarini qo‘shsa bo‘ladi)

2- «Barini e’tiborga ol»

3- «Tartibni eslab qol»

4- «Buqalamun»

5- Mashg‘ulotlar yakuni (kayfiyat rangi)
2- M A SH G‘ U L O T:
Maqsad: Ixtiyoriylik, e’tiborlilik kabi diqqatning asosiy xossalarini rivojlantirish.
V A Z I F A L A R;

1- Mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar (izoterapiya

elementlarini qo‘shsa bo‘ladi)

2- «Boshni qo‘lingni ko‘tar.»

3- «To‘xtamay qidir»

4- «Parchalarni birlashtir-butunini ko‘rasan»

5- Mashg‘ulotlar yakuni (kayfiyat rangi)
Shunga o‘xshash 5-6 ta mashg‘ulotlardan keyin quyidagi juftlikda bajariladigan o‘yinlarni qo‘shish maqsadga muvofiqdir
3- M A SH G‘U L O T:
Maqsad: Diqqat jamlanishini rivojlantirish
V A Z I F A L A R;
1- «Nasos va koptok»

2- «Diqqatni jamlashga mo‘ljallangan mashqlar».

3- «Ko‘zgu»

4- «Dengiz sohilida»

5- Mashg‘ulotlar yakuni (kayfiyat rangi)

4- M A SH G‘ U L O T:

Maqsad: Diqqat jamlanishini rivojlantirish
V A Z I F A L A R;
1- «Nasos va koptok»

2- «Diqqatni jamlashga mo‘ljallangan mashqlar.»

3- «Ko‘zgu»

4- «Dengiz sohilida»

5- Mashg‘ulotlar yakuni (kayfiyat rangi)
4- M A SH G‘ U L O T:
Maqsad: Diqqat barqarorligini rivojlantirish; tovushlarga nisbatan bo‘lgan diqqatni rivojlantirish.
V A Z I F A L A R;

1- «Osilgan-titilgan qo‘g‘irchoq»

2- «Diqqat» saroyiga sayohat.»

3- «Tingla va ijro et.»

4- Muzoterapiya elementlari.

5- Mashg‘ulotlar yakuni (kayfiyat rangi)


Bundan keyin ham mashg‘ulotlar shu tarzda davom etadi. Asosiy maqsad: diqqatning qaysidir bir xossasini rivojlantirish bo‘ladi. Bolalar har bir yangi o‘yinga to‘yinishini alohida nazorat qilib borish kerak. Har bir mashg‘ulotdan keyin bola tomonidan kayfiyatni belgilovchi rang tanlanadi, zero bu, yuqorida ta’kid etilgan to‘yinish hissi xususidagi ma’lumotni berishi mumkin.

14-15 ta mashg‘ulotdan keyin mashqlarga o‘z xatti-harakati nazoratini, urinishlarning irodaviy asoslarini tarkib toptiruvchi elementlarni kiritish ma’quldir.

Korreksion muolajalarning uchinchi, mustahkamlikni ta’min etib turuvchi bosqichi uyda, mustaqil ravishda yoki ishtiyoqmand ota-onalar boshchiligida davom ettiriladi.

Bunday mashg‘ulotlar namunalarini pedagog (psixolog) yakka tartibdagi konsultasiyalarda beradi.

Ba’zi bir qarovsiz bolalarning psixologik xususiyati sirasiga o‘ta faollik kiradi (ilmiy tilda - giperaktivlik deyiladi).

Bunday bolalar bilan ko‘shimcha tarzda yana tarkib toptiruvchi bosqichning 5-10 kursini yakka tirtibda o‘tkazish darkor.




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin