Psixodiagnostikadan savollar va javoblar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə19/34
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#41996
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Diagnostika

Labirint.

Orolchada xazina yashirilgan. Unga yetish uchun labirintdan adashmay o‘tish kerak. Labirintlardan adashmay o‘tganlarga «xazina topar» unvoni beriladi.


Nasos va to‘p.

Ikki kishi o‘ynaydi. Biri katta damlanadigan to‘p, ikkinchisi uni shishiradigan nasos. «To‘p»ning dami yo‘q. Oyoq qo‘lini bo‘shashtirib, yarim egilgan holda, boshini tushirib turadi. «Nasos» damlay boshlaydi, u har bir harakatini tovush chiqarib ifodalaydi, «to‘p»ga asta «jon» kira boshlaydi. Sekin tik holga keladi, qo‘llari ko‘tariladi. To‘p damlangandan keyin «nasos shlangi» tortib olinadi va «to‘p» avvalgi holga, bo‘shashib qaytadi. So‘ng juftlik o‘rin almashadi.


Dengiz sohilida.

Bolalar dengiz bo‘yida o‘ynashmoqda. Gohi to‘xtab, engashib tosh terishadi, gohi toshlarni dengizga uloqtirishadi, gohi cho‘milib bir-birlariga suv sachratishadi. Toshlarni osmonga otib, qaytib ilishadi, suvni chappilatishadi. To‘yib cho‘milib, o‘ynab bo‘lishganlaridan keyin, issiq qumga ko‘milib yotishadi. Ko‘zlarini oftobdan yashirishadi, xullas dam olishadi.


Tingla va ijro et.

Olib boruvchi bir necha harakatni aytib o‘tadi, biroq o‘sha hatti-harakatni qilib ko‘rsatmaydi. Vazifani 1-2 marta takror aytishga ruxsat etiladi.

Bolalar olib boruvchi aytib o‘tgan tartibda o‘sha xatti-harakatni bajaradilar.

1. Boshni o‘nga buring, to‘g‘rilang, ko‘taring.

2. O‘ng qo‘lni ko‘taring, chap qo‘lni ko‘taring, ikkisini ham tushiring.

3. Chapga buriling, o‘tiring, turing.

4. O‘ng oyoqni ko‘taring, bir chap oyoqda turing; o‘ng oyoqni qo‘ying.
Parchalarni birlashtir, butunini ko‘rasan.

Biron-bir rasmni kartonga yelimlab, o‘n-o‘n beshta bo‘lak (parcha) qilib, qirqib chiqasiz. o‘ynayotgan bola uni alohida qismlarini ko‘rib turib, unda nimaning rasmi aks etganini aniqlab ko‘radi va tahminini tekshirish maqsadida uni terib chiqadi.


Faqirlar.

Bolalar hind faqirlariga taqlid qilishadi. Gilamchaga o‘tirib (bizda bu o‘tirish «o‘g‘il bolacha» deyiladi) qo‘llarini tizzasiga qo‘yishadi, tirsaklari osilgan, bo‘yin va bel mushaklari bo‘sh, bosh egilgan, ko‘zlar yumuq. Sokin musiqa sadolari ostida faqirlar orom oladilar.


Buqalamun. (Xameleon)

Avvaliga buqalamun nima ekani tushuntiriladi. U kaltakesakning bir turi bo‘lib, atrofidagi muhitga qarab rangini o‘zgartiradi (ko‘zga tashlanmaslik uchun). Deylik, kulrang tosh ustida kulrang, qumlar orasida sarg‘ish tusga kiradi. Keyin olib boruvchi birma-bir savol-javob qila boshlaydi: agar buqalamun maysalar ichiga tushib qolsa, qanday tusga kiradi? Agar qora qoya toshda o‘tirgan bo‘lsa-chi? Bolalar tez javob berishlari kerak, so‘ng javoblar muhokama qilinadi.

O‘yin musobaqa tarzida o‘tadi. Avvaliga vaqt belgilanmaydi, biroq keyin qo‘shimcha shart kiritiladi, ya’ni kim hammadan tez, to‘g‘ri javob bersa o‘sha g‘olib sanaladi.
Osilgan-titilgan qo‘g‘irchoq.

Osilgan-titilgan qo‘g‘irchoq

O‘tirar devor ustida.

Osilgan-titilgan qo‘g‘irchoq

Yiqiladi uyqusida.
Bola oyoqlarini siljitmagan holda gavdasini o‘nga, chapga buradi. Qo‘llari latta qo‘g‘irchoqning qo‘llariday osilib turadi. «Yiqildi uyqusida» degan jumlani eshitishi bilan gavdasini keskin engashtiradi.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin