Oila a’zolarining joylashishi
Rasmda oila a’zolarining joylashishi oiladagi o‘zaro munosabatlarning psixologik xususiyatlaridan darak berishi mumkin.
Oilaning jipsligi, oila a’zolari bir-birlari bilan qo‘l ushlashib turishi, umumfaoliyat bilan birlashuvi oilaning normal psixologik muhiti ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bunga qarama-qarshi xarakteristikali rasmlar emosional aloqalarning past darajasidan dalolat beradi.
Oilaning bir qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida tasvirlangan rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o‘zini alohida ajratib qo‘ysa, bu uning ajralib qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a’zolaridan birortasi alohida qilib chizilsa, bolaning unga nisbatan negativ munosabati, undan bolaga kelayotgan xavf haqida taxmin qilish mumkin.
Rasmda oila a’zolarini guruhlarga birlashtirish oilaning psixologik mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |