Psixodiagnostikadan savollar va javoblar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə23/34
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#41996
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Diagnostika

Rasm chizish jarayoni tahlili

Bunda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi zarur:

a) oila a’zolari rasmini chizishdagi ketma-ketlik;

b) detallarni chizishdagi ketma-ketlik;

v) o‘chirish;

g) chizib bo‘linmagan obyektlar, detallar va figuralarga qaytish;

d) pauzalar;

ye) spontan izohlar;

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 38% ga yaqin bolalar birinchi bo‘lib onalarini, 35% i o‘zlarini, 17 % i otalarini, 8% i esa aka-uka, opa-singillarini chizadilar. Bolalar rasmda birinchi bo‘lib eng ahamiyatli, muhim yoki emosional jihatdan yaqin odamini aks ettiradi. Bu shu bilan izohlanishi mumkinki, ona oilada muhim funksiyalarni bajaradi, bolalar bilan ko‘p vaqt birga bo‘ladi, ularga boshqalarga nisbatan ko‘proq e’tibor qaratadi.

O‘zlarini birinchi bo‘lib tasvirlash bolalarga xos bo‘lgan yosh xususiyati - egosentrizm bilan bog‘liq.

Agar rasm onasi yoki o‘zidan emas, balki boshqa oila a’zolaridan boshlansa, bunga ahamiyat qaratish zarur. Chunki bu shaxs ko‘pincha bola uchun qadrli bo‘lib, unga bog‘langan bo‘ladi.

Agar bola eng oxirida onasini chizsa, bu bolaning unga nisbatan negativ munosabatini bildiradi.

Oila a’zolarini chizishdagi ketma-ketlik tahlili figuralar grafik tasviri xususiyatlari tahlili bilan birgalikda amalga oshirilsa, ishonchli ma’lumotlar olish mumkin. Agar birinchi tasvirlangan figura hajm jihatidan katta, biroq sxematik tarzda, bezatilmagan holda ifodalansa, bu shaxsning bola uchun ahamiyati, oiladagi ustunligi, kuchidan dalolat beradi, ammo bolaning unga nisbatan hissiyotlari ijobiy emas. Ko‘pincha bolalar oila rasmini chizish vazifasini olgach, oila a’zolarini chiza boshlaydilar. Ba’zi bolalar esa avvl turli obyektlarni, quyosh, mebel rasmini chizib, keyin odamlarni tasvirlashga kirishadilar. Bu o‘ziga xos himoya reaksiyasi bo‘lib, bola o‘ziga yoqimsiz vazifani bajarishni bir oz orqaga suradi. Ko‘pincha bu noqulay oilaviy vaziyat, yomon munosabatlar, shuningdek, ba’zida psixolog bilan bolaning aloqasi yomon bo‘lganida kuzatiladi.

Oila a’zolari rasmi chizib bo‘lingach unga yana qaytish bola uchun uning ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.

Muayyan detallar, oila a’zolarini chizishdan oldingi pauza nizoli vaziyat bilan bog‘liq hamda motivlar ichki dissonansining tashqi ifodalanishi hisoblanadi. Ongsizlik darajasida bola negativ emosiyalar bilan bog‘langan shaxs yoki detalni chizish-chizmaslikni hal qiladi.

Chizilgan rasmni, detalni o‘chirish, uni qayta chizish shu oila a’zosiga nisbatan negativ yoki ijobiy munosabat ifodasi bo‘lishi mumkin. Bunda rasm chizishning natijasi muhimdir. Agar o‘chirish, qayta chizish yaxshi tomonga o‘zgarmagan holda bo‘lsa, bolaning shu kishiga nisbatan nizoli munosabati haqida fikr yuritish mumkin.

SPONTAN izohlar ko‘pincha rasm mazmunining bola uchun ahamiyatini anglatishi mumkin. Shuning uchun bu izohlarni diqqat bilan eshitish lozim.
KALIT



Shkalalar nomi

Topshiriqlar nomeri

Topshiriqlarning umumiy soni

1

Onaga bo‘lgan munosabat

1-4, 8-15, 17-19, 27, 38,

40-42


20

2

Otaga bo‘lgan munosabat

1-5, 8-15, 17-19, 37, 40-42

20

3

Oila boshliqlari sifatida ota-onaga bo‘lgan munosabat

1-4, 6-8, 14, 17, 19

10

4

Aka-ukaga, opa-singillariga bo‘lgan munosabat

1, 2, 4, 5, 6, 8-19, 30, 40, 42

20

5

Buvi va buvalariga bo‘lgan munosabat

1, 4, 7-13, 17-19, 30, 40, 41

15

6

Do‘sti (dugonasi)ga bo‘lgan munosabat

1, 4, 8-19, 25, 30, 33-35, 40

20

7

o‘qituvchiga bo‘lgan munosabat (avtoritetli kishilar-kattalarga)

1, 4, 5, 9, 11, 13, 17, 19, 26, 2, 8-30, 32, 40

15

8

Bilimga nisabatan qiziquv chanlik

5, 22-24, 26, 28-32

10

9

Ustunlik

20-22, 39

4

10

Muloqotchanlik

16, 22-24

4

11

Odamovilik, ajralib qolganlik

9, 10, 14-16, 17, 19, 22-24, 29, 30, 40-42

15

12

Xulq-atvorning ijtimoiy adekvatligi

9, 25, 28, 32-38

10




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin