15.7. Agressiyani bartaraf etuvchi mashq va o‘yinlar Agressiyani bartaraf etishni maqsad qilgan trening mashg‘ulotlari asosan shaxsda frustratsion
tolerantlikni shakllantirishga yo‘nalgan boladi. Chunki, mutaxassislaming fikriga ко га,
frustratsiyalar sonining ko'pligi va ahamiyatlilik darajasi insonda agressiyani chaqiruvchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda quyida shu yo‘nalishdagi mashqlar turkumi
beriladi.
«Xavfli yo'l» mashqi Mashq maqsadi: jamoada bir-biriga nisbatan o'zaro yordam va o'zaro qo'IUli quvvatlashni
mustahkamlashdan iborat.
Guruh ishtirokchilari bir-birlariga orqama-orqa holda yelkalatl blr blrlga teglli turadi.
Psixolog bo'r bilan chiziq chizadi va shunday deydi: «Bu chlzlq ko'p qavatll uyning balkonidagi
chegara chiziq. Guruhdagi biror kishi o'z xohlshlga ko'ra, pasgga tushib ketmasdan chiziq bo'ylab
o'tishi zarur. Guruhning vazifasl esa unga yordamlashishdir. Qisqa gaplashishlar va jismoniy
turdagi turli qo'llab-quvvatlashlarga ruxsat etiladi, bu jarayonda eng muhimi balkondan tushib
ketmaslik.
Bu o'yinni bajargandan so'ng ishtirokchilar o'z taassurotlari haqida fikr almashadilar. Bunda
ayniqsa, chiziqdan o'tgan ishtirokchi yo'lning qaysi qismida qo'llab-quvvatlashni sezdi, qaerda
o'yinning qoidalarini bajarishi kiyin bo'ldi, nima uchun? kabi holatlar muhokama etiladi. Guruh
ishtirokchilari nima uchun bir gal qollab-quvvatlash muvaffaqiyatli chiqqani, boshqa gal esa
samarasiz bo'lganligi haqida fikr almashadilar.
Navbatsiz xaridor" mashqi Mashq maqsadi: guruh a’zolarida tolerant xulq-atvomi rivojlantirishdan iborat. Mashqning borishi: Yetti kishi do‘konda navbatga turgandek ketma-ket turib olishadi, sakkizinchi kishi esa
do‘konga navbatsiz keladi. Uning maqsadi do‘kondan navbatsiz xarid qilish. Shu maqsadiga
erishish uchun u har bir ishtirokchi bilan gaplashadi. Navbatda turganlar uning xarid qilishiga
qarshilik bildirishlari va o‘z agressiv xulqlarini namoyon etishlari zarur. Asosiy ishtirokchi esa
ularga o‘zining xushmuomalaligi bilan tolerant munosabatni targ‘ib etishi va o‘z maqsadiga
erishishi lozim.
Bu vaziyat o‘ynalayotganda guruhning boshqa a’zolari kuzatuvchi boiadilar. Keyin umumiy
muhokama o'tkaziladi, o'yinning har bir daqiqasi tahlil qilinadi. Navbatda turganlardan kim
navbatsiz odamni o‘tkazib yubordi, kim o'tishiga yo‘l qo'ymadi, qanday vositalar qoilanildi
(masalan, iltimos qilish, yalinish va hokazo) kabi masalalar muhokama qilinadi.