Psixologiya


O‘smirlik davriga o‘tishdagi inqiroz



Yüklə 178 Kb.
səhifə5/7
tarix13.12.2022
ölçüsü178 Kb.
#74552
1   2   3   4   5   6   7
D.Axmedova. kurs ishi

2.2. O‘smirlik davriga o‘tishdagi inqiroz
Kichik maktab yoshining oxiriga kelib an’anaviy ta’lim tizimida chuqur motivatsion inqiroz kuzatiladi (ba’zan uni motivatsion vakuum ham deb ataladi). Bunda yangi ijtimoiy pozitsiyani egallash bilan bogliq motivatsiya yo‘qoladi (o‘qish hayotiy majburiyatlardan biriga aylanadi), o‘qishning mazmunli motivlari mavjud bolmaydi, shakllanmagan boladi. Inqiroz belgilari quyidagilarda namoyon boladi: maktabga umuman salbiy munosabat, unga borish majburiy emas, o‘quv topshiriqlarini bajarishni istamaslik, o‘qituvchilar bilan nizolashishlar. Bola o‘quv faoliyatida qanchalik kam muvaffaqiyatga erishgan bolsa, unga shunchalik oglr tuyuladi. Maktabda o‘quvchining barqaror mavqei shakllangan boladi, ayniqsa qulay bolmagan mavqe o‘smirlik davriga olishda ham saqlanib qoladi. Boshlanglch sinf davrida bilim, malaka va ko‘nikmalarning yetishmasligi tufayli hal qilinmagan qiyinchiliklar o‘smirlik davriga olishda yanada chuqurlashadi.
Bola hal qilishi zarur bolmagan, muammolar, topshiriqlarga duch keladi (o‘zini tekshirish va boshqalar bilan solishtirish, har xil o‘qituvchilarning talablariga, ta’limning yangi sharoitlariga moslashish). N.K Polivanovaning ta’kidlashicha, o‘smirlikdan oldingi inqirozning asosiy psixologik mazmuni refleksiyaning «o‘ziga qaratilishidir».
O‘quv faoliyatida shakllangan refleksiv munosabat o‘z-o‘zini anglash sohasiga ko‘chiriladi. Shunday qilib, rivojlanishning ijtimoiy vaziyatini qayta qurishda turli topshiriqlarni bajarishning asosiy sharti sifatida o‘z xislatlari va ko‘nikmalariga, «o‘ziga yo‘nalganlik» vujudga keladi. Bolalar xarakterida kattalikka intilish kuzatiladi. Tengdoshlari bilan muloqot shaxsiy rivojlanishning ko‘p jihatlarini belgilay boshlaydi. Maktabning boshlanglch sinfidan o‘rta sinfga o‘tgan bolalardagi ijtimoiy psixologik moslashuvning o‘ziga xosliklari L.B.Bekniyazova tadqiqotlarida ko'zga tashlanadi.
Tadqiqotchi ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni o‘quvchining psixologik xususiyatlari, bilish jarayonlarining rivojlanganlik darajasi, motivatsion sohadagi o‘ziga xosliklar, atrofdagilar va o‘ziga bolgan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan boglaydi. K.Q.Mamedovning fikricha, psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning maktabgacha yosh bosqichida, shuningdek, boshlanglch sinf o‘quvchilarida va o‘smir yoshidagilarda tafakkurning so‘z-mantiq turi normal tengdoshlariga nisbatan yetarli darajada shakllanmagan. Ammo bu xususiyatning ifodalanishi maktabgacha yoshdan o‘smirlik yoshi tomon kamayib borishi kuzatiladi.
Olim ijtimoiylashuv va mustaqil fikrlashga moyillikni ushbu jarayonning psixologik mexanizmi sifatida e’tirof etadi. K.Q.Mamedov psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkuriga xos xususiyatlar so‘z-mantiq tafakkur turining ko‘rgazmali-obrazli tafakkur ko‘rinishidan ortda qolishi, intellekt ko‘rsatkichlarining nihoyatda notekisligi bilan tavsiflaydi, ammo bu notekislik yosh ulg‘ayishi bilan kamayib borishini ta’kidlab o‘tadi. Sh.T.Xalikova ko‘zi to‘liq ojiz, zaif ko‘ruvchi va ko‘rish analizatori sog‘lom bo‘lgan o‘quvchilar fikr yuritish jarayonini o‘zaro taqqoslab, ular bir-biriga umumiy xususiyatlari bilan ancha yaqin bo‘lsa-da, lekin o'zlarining shaxsiy xususiyatlari bilan farqlanadi, — deb ta’kidlaydi.
Uning fikricha, ko‘rish nuqsonining qay darajada chuqurligi ko‘zi ojiz subyektlarning taqqoslash jarayoni sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Sh.T.Xalikova o‘z ilmiy izlanishlari natijasida ko‘rish nuqsoniga ega bo‘lgan kontingentlar tafakkuri umumiy, normal rivojlanish qonuniyatlariga bo‘ysunishini, ammo bu jarayonda o‘ziga xos qonuniyatlar ham mavjud bo‘lib, ular o‘quvchi imkoniyati, iste’dodi, izlanuvchanligi, tezkorligi, topqirligi kabi xususiyatlarga va shaxsiy tipologik farqlarga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Shuningdek, muallif ko‘zi ojiz o‘quvchilar tafakkuri rivojlanishi aksariyat hollarda milliy xususiyatlar bilan ham bog‘liqligini e’tirof etadi. Aqliy normal va ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarni o‘zaro solishtirar ekan, Sh.R.Samarova fikrlash jarayonlari (idroki, mantiqiy xotirasi, ko‘rgazmali, obrazli, fazoviy, vizual tafakkur turlari hamda operatsiyalari) rivojlanishi, diqqat xususiyatlari, anglangan, ixtiyoriylik darajalari negizida o‘ziga xos qonuniyatlar, ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar yotishini asoslab beradi.
Tadqiqotchining fikricha, aqlan normal, ruhiy rivojlanishi sustlashgan boshlang‘ich (2 va 4) sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayonlari, yuksak funksional tizim tarkibi (ixtiyoriy diqqat) umumiy xususiyatlari bilan birga maxsus o'ziga xoslikka ega bolganligi tufayli kognitiv tizim diagnostikasi, harakatlantiruvchi mexanizmlari, uzviyligi, uzluksizligi o‘zaro bir-biridan tafovutlanadi. Sh.R.Samarova boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayonlari, diqqatning nazorat funksiyasi diagnostikasi va dinamikasida jinsiy (gender) farqlar mavjudligi, ular o‘ziga xos davriy qonuniyatlarning hosilasi sifatida gavdalanishini e’tirof etadi. Shunday qilib, kichik maktab yoshi 7—11 yoshli bolarlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda o‘qish yetakchi faoliyatga aylanadi, o‘qituvchining so‘zi bola uchun senzitiv hisoblanadi. Intellektual refleksiya bu davrda paydo bolgan yangi psixologik tuzilmadir.

Yüklə 178 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin