Bob bo’yicha xulosa
Mazkur bobda keltirgan ma’lumotlarimiz asosida shuni xulosa qilishimiz mumkinki, muloqot jarayonida kommunikatsiya ishtirokchilari axborot
almashish davomida bir-biriga ta’sir etib boradi. O'zaro ta’sir xususiyatlarini aniqlash uchun muloqotning interaktiv tomonini o'rganish zarur bo'ladi. Muloqotning interaktiv tomoni — birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta, bir-birlariga ta’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o'zaro ta’sir
birgalikdagi faoliyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. Shuningdek, shaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati
katta. Oddiy narsalami o‘rganish uchun ham taqlid orqali o'zaro
muloqotda bo'lish zarur. Jamiyat qonun-qoidalariga asoslangan holda
munosabatlar rivojlanadi. Individ bilan shaxs muloqoti o'rtasida juda
katta farqni ko'rish mumkin.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlaridagi qiyinchiliklarni yengishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi (bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni yengishga harakati emas, balki natija baholanadi). Bularning barchasi kichik maktab yoshida qiziqishlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki munosabatni keltirib chiqarishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tashlansa, quyidagilarni ko‘rish mumkin: kichik maktab davrining boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga (partada o‘tirish, forma kiyish portfel ko‘tarish va h.k.), so‘ngra birinchi o‘quv mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olishlariga, o‘qituvchining bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘ziga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish yo'llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2—3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yollariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi.
Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar kichik maktab yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik maktab davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda — bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan o‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |