Bob bo’yicha xulosa Ushbu bobda keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, kichik maktab yoshidagi bola o‘qituvchisi bilan yaxshi emotsional munosabatda bo‘ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish-irodasi bilan zarur ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Bu yoshdagi bola boshqa davrlarga nisbatan ko'proq narsani o‘zlashtiradi. Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeyini, sinf jamoasi va oila muhitidagi o'rnini o‘zgartiradi. Uning vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari murakkab bo‘lgan ko‘p darajali motivlar tizimi bilan boshqariladi. O‘quv faoliyati motivlari o‘quvchilar nima uchun o‘qiyotgan larini ko‘rsatib beradi.
II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARDA O‘ZINI O‘ZI BAHOLASHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 2.1. Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik Kichik maktab yoshida bolada ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘quv faoliyati ko‘nikmalarining shakllanishi, o‘z-o‘zini boshqarish, dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Intellektual refleksiya (o‘z harakatlari va ularning asoslari mazmunini anglash qobiliyati) kichik maktab yoshida nazariy tafakkur shakllanishidan darak beruvchi asosiy yangi psixologik tuzilmadir. Nazariy tafakkur nafaqat qoidalarni, balki ularni ochish va qayta qurish vaziyatida namoyon bo‘ladi. Bu yosh davrida o‘zini bilish va shaxsiy refleksiya o‘z imkoniyatlari chegarasini mustaqil bilish qobiliyati sifatida shakllanadi («Bu topshiriqni yecha olamanmi, yoki yo‘qmi?», «uni yechish uchun menga nima halaqit beradi?», harakatning ichki rejasi (ma’lum natijaga erishishni rejalashtirish va uni oldindan ko‘ra olish ko‘nikmasi), ixtiyoriylik o‘z-o‘zini nazorat qilish ham rivojlanadi.
Bola o‘z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va jamoat joylarida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatda o‘z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor normalari o‘zining ichki talabiga aylanadi, unda uyatchanlik hislari paydo boladi. Oliy hislar shakllanadi: estetik, ma’naviy, axloqiy (o‘rtoqlik, hamdardlik, adolatsizlikka chiday olmaslik). Lekin shunga qaramay kichik maktab yoshidagi bola uchun axloqiy jihatdan barqaror emaslik, munosabatlar va kechinmalarning doimiy emasligi xosdir. Kichik maktab yoshi davrida yetakchi bolgan o‘quv faoliyatini tashkil etish va mazmuniga bogliq ravishda yangi psixologik tuzilmalarning darajasida farqlar kuzatilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tafakkur nazariy va empirik bolishi, refleksiya mazmunan va shakliy, rejalashtirish esa muhim belgilariga kola va xususiy asoslarga kola namoyon bolishi mumkin. O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.
Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi. O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida toliq ijobiy asos boladi. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfl va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Yangi faoliyatga olish o‘quvchi bolaning o‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi. U o‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. O‘zini haqiqiy o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehtiyoj paydo boladi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o'zgarishlarga uchraydi va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi va bola o‘zini o‘zi anglay boshlaydi. U o‘ziga xos bolgan yaxshi-yomon xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u o‘zining «Men»ini his qiladi. O‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uyga berilgan vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekanligi kabilarni anglab yetadi. Bu yoshdagi bolalarni maktab dasturiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tiborga olinmaydigan ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon boladi. Bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi.
Qiziquvchanlik kichik maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli inson bolish uchun o‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari, mas’uliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolglz hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil boladi.
III—IV sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bogliqliklarni bilib olish uchun bolgan qiziqishlar rivojlanadi. III sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlaydi. O‘quvchilardagi bunday qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z xatti-harakatiga baho berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning qiziqishlarida samarali o‘qish uchun halaqit beruvchi qator salbiy xarakteristikalari ham mavjud.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari:
yetarlicha amaliy natija bera olmaydi;
qat’iy emas, vaziyatli; tez qondiriladi va ustozning qo'llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi;
o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni yuzaga keltiradi; kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘rinadi;
umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlarning tashqi belgilarigagina qarab umumlashtirish;
o‘quvchini o‘qishning o‘quv faoliyatining usullariga emas, balki natijalariga yo‘nalganligi.
Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlaridagi qiyinchiliklarni yengishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi (bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni yengishga harakati emas, balki natija baholanadi). Bularning barchasi kichik maktab yoshida qiziqishlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki munosabatni keltirib chiqarishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilardagi motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tashlansa, quyidagilarni ko‘rish mumkin: kichik maktab davrining boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga (partada o‘tirish, forma kiyish portfel ko‘tarish va h.k.), so‘ngra birinchi o‘quv mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olishlariga, o‘qituvchining bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘ziga, o‘qishning mazmuniga va shundan so‘nggina bilimlarni olish yo'llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2—3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yollariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat va prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi.
Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar kichik maktab yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik maktab davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda — bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan o‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida differensial bo‘lmagan umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi sabablarini chuqur anglashga, «o‘zi uchun» o‘qish mazmunini anglab yetishga tomon o‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo'ladi.
Bu yoshdagi vaziyatli ijtimoiy motivlar o‘qituvchining qo‘llab-quwatlashini olishga nisbatan bo'lgan ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy va unga ishonch bildirishi saqlanib qolaveradi. Unda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta-sekinlik bilan o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo'ladi. O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘qishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o‘rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o‘qishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyatlari bilan solishtiradilar.
Ular uchun doimo birinchi bo‘lish nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional zo‘riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog‘cha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek, o‘smirlik davrida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, o‘zlariga o‘zlari baho beradilar. Shuningdek, o‘quvchining o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham bogliq boladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha — yuqori, adekvat — mos yoki past bolishi mumkin. Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab davrida boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda muhimdir.
Yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar — o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs xususiyatlari tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shular asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Kichik maktab davridan boshlab o‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik jihatdan tayyorlashga e’tibor beriladi. Bu davr ichida bolalarda mehnatga nisbatan ongli, ijobiy munosabatda bolish asoslari tarkib topa boshlaydi.
Ularda mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga hurmat bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar tarkib topadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda mehnatsevarlik, asosan, o‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar zarur bo‘lgan harakat va amallarni darhol o‘zlashtirib va egallab ololmaydilar, ko‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar.
Mehnat jarayonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, kiyish yoki taxtalarni randalash kabi ish harakatlarni qiynalmasdan va birmuncha silliq bajaradigan bolishi uchun har bir ishda har qanday harakatlar qilish kerakligini va bu harakatlarning qay yo‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda qoldirish kerak boladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib borish natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan ortiqcha va chalkash harakatlar yo‘qolib boradi. O‘qituvchilar mehnat darslarida o‘quvchi laming mehnatiga yetarli darajada e’tibor berishlari, mehnat darsiga alohida tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘quvchilarning har bir harakatlarini ziyraklik va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga individual munosabatda bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Boshlanglch sinf o‘quvchilarining mehnati:
— bolalarni yosh, individual va jismoniy rivojlanishiga mos bolishi;
— o‘quvchilar uchun qiziqarli bolishi;
— undan kundalik ish jarayonida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga asoslanganligi;
— jamoa bolib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nisbatan hamkorlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg'ularini shakllantirishi;
— o'quvchini o‘zini tuta bilishga, sabr-toqatli bolishga, qiyinchiliklarga bardosh berishga o‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;
— o‘quvchi o‘z mehnati natijasidan bahramand boladigan mehnat xususiyatlariga ega bolishi lozim.
Bola o‘z mehnat mahsuli sinf yoki maktab jamoasiga, jamoatchilikka manfaat keltirayotganligini bilib, undan xabardor bolib borsa undagi ijtimoiy foydali mehnatga bolgan ishtiyoq ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va ongli munosabat shakllana boradi. Mehnatsevarlik bolada o‘zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi va rivojlanadi. Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, o‘quv vazifalarini mustaqil bajarish layoqati yuzaga keladi. Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki yo‘nalish asosida amalga oshiriladi.
1. Mustaqillikning shaxs xislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga bogliq. Bu bogliqlik mustaqillikka bolgan ehtiyojni qondirish imkoniyatlari sohasida va qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi.
2. Mustaqillikning shaxs xislati sifatida shakllanishida individual xususiyatlar, shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga hamda shaxsning qobiliyatlariga, uning faolligiga bog’liq boladi. Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog’liq.
Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bolsa, unda asta-sekinlik bilan bo‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani erta mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy xislatlarning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin, chunki u hayotiy tajribalari kamligi uchun asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko‘proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron-bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bolishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
7—11 yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolaning o‘z-o‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining ismlariga yanada ko‘proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi kolinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida ahamiyati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o‘zlarining yuz tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoliyati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga hamda bilim olish jarayoniga bolgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi, o‘quvchi xulq-atvorini motivlashtirishi ham o‘zgaradi. Bunda do‘stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bolib qoladi. Axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari ham shakllanadi. Boshlanglch sinf o‘quvchilarida iroda tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, o'zini tuta bilish, sabotlilik, chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy sifatlarni o‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir. Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bolishining oldini olish va agar bunday sifatlar paydo bolsa, ularni yo‘qotishdan iboratdir. Bolalar irodasining salbiy tomonlaridan biri o‘ziga ishonmaslikdir. O‘ziga ishonmaslik holati o‘qish, mehnat, o‘yin va shu kabi faoliyatlarda tez-tez qaytarilib turadigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladi.
F.I.Ivashchenko tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning kolsatishicha, o‘qish sharoitida o‘quvchilarning o‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:
«a) o‘qishda izchillik prinsipiga rioya qilmaslik tufayli;
b) o‘quvchilarga kuchlari yetmaydigan, ya’ni ortiqcha talab qo‘yib yuborish orqali;
d) ayrim pedagoglar, ota-onalar va shuning bilan birga sinfdoshlarning o‘quvchilar kuchiga, xotira qobiliyatlari va fahm-farosatlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli;
e) ana shunday o‘quvchilarni yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash orqali». Iroda tarbiyasi tafakkur va hissiyotlar tarbiyasi bilan mahkam bogliqdir.
Biz bolalarda tafakkurni taraqqiy ettirishimiz bilan birga, ularda o‘z oldiga tola anglab, muayyan maqsadlar qo‘ya olish va juda yaxshi asoslangan qaror va harakatlarni tanlay ola bilish qobiliyatini ham tarbiyalaymiz. Bolalarda ijobiy axloqiy hislarni tarbiyalar ekanmiz, buning bilan axloqiy qaror qabul qilishga va shuning bilan birga, o‘z qaror hamda harakatlariga axloqiy baho berishga odatlantirib boramiz. Vatanparvarlik va vijdoniy burch hissini tarbiyalash ayni vaqtda boshlanglch sinf o‘quvchisining harakat motivlarini tarbiyalash hamdir.
5-6 yoshlarda ko‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab yoshi davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. O‘smirlik davrining boshlariga kelib, juda ko‘pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib boladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4-sinflarga borib, aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko‘zga tashlanadi.
Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bolgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o‘z-o‘zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan boladigan munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi. 3—4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin.
I-IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘simliklar ekib o‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning hislari o‘zining ancha barqarorligi, anglanganligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik bilan oladi, ancha chuqur va kuchli bolib qoladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning umumiy emotsional tonusida xushchaqchaqlik, ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi.
Darslarda va tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlarda ular quvnoq va tetik boladilar. Bunday holat esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional hayotida norma bolib hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional hayoti ta’lim va tarbiyaning ta’siri ostida ancha kengayadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farqli ravishda kichik maktab davrida hislarning yo‘nalganligida katta tabaqalanish yuzaga keladi. Bu yoshda oliy hislarning barcha turlari rivojlanishni boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning his-tuyg‘ulari ularning faoliyatida namoyon boladi va rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarining har bir faoliyat natijalariga baho bera oladilar. Baho kishida qoniqish va qoniqmaslik hislarini yuzaga keltirishi mumkin bolib, bu hislar bolani yaxshi o‘qishga ruhlantiradi. Ba’zan past baho olish orqali yuzaga kelgan salbiy hislar chuqurlashib, o‘qituvchining noto‘g‘ri reaksiyasi va kattalarning doimiy tanbeh va tanqidlari oqibatida bolaning xarakter xislatiga aylanib qolishi mumkin. Boshlanglch sinf o‘quvchilarining faoliyatlari uchun ijobiy baho olishlariga yordam beruvchi asosiy hislardan biri intellektual hislardir.
Odamning aqliy faoliyati bilan bogliq bolgan hislar intellektual hislar deb ataladi. Bilishga qiziqish, taajjublanish va hayron qolish hislari, ishonch, ishonchsizlik va shubhalanish hislari intellektual hislar qatoriga kiradi. Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tugllganida, vazifa va masalalarni hal qilish choglda, biror yangilikni o'zlashtirish va bilish choglda paydo boladi va his qilinadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari bilish jarayonida rivojlanadi. O‘quv faoliyatida bolalar katta hajmdagi bilimlar va faktlarga duch kelib, ular bolalarda taajjublanish, ishonchsizlik, quvonch hislarini yuzaga keltirib, qiziquvchanlik, urinchoqlik va shu kabi boshqa hislarning shakllanishiga asos boladi.
O‘qish jarayonida yoshi kattalashib, tajribasi orta borgan sari, oqilona urinchoqlik rivoj topa boradi. Bu his odamning ilmiy tadqiqot ishlari bilan samarali shug'ullanishini rag‘batlantiradi. Bilishga qiziqish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos bolgan xususiyatlardandir. Bilishga qiziqish kichik maktab davrida o'ziga xos yo‘nalishni oladi. Ular har bir o‘rgangan narsalariga taajjublanish bilan qaraydilar. Respublikamizda M.G.Davletshin rahbarligida M.A.Maqsudova tomonidan «Birinchi sinf o‘quvchilarida ta’lim jarayonida bilishga oid qiziqishlarning o‘sishi» mavzuida ilmiy tadqiqot olib borilgan.