"psixologiya"



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
 
 
 


87 
7-MAVZU: MEHNAT PSIXOLOGIYASI 
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari
. Talaba bu mavzuni to’la
o’zlashtirgandan so’ng: 
-
Mexnat psixologiyasi tarixini biladi;
-
Mexnat psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlarini aytib beradi;
-
Mexnat psixologiyasining jarayonlari va turlarini sanaydi;
- Mexnat psixologiyasining predmeti va sistemasiga ta’rif beradi;
Tayanch so’z va iboralar:
Rahbar, shaxs tipologiyasi, an’anaviy, korporativ, erkin tipdagi menejerlar, 
tashkilotchilik, tadbirkorlik, psixologik xizmat, mexnat psixologiyasi, mexnat 
faoliyati, 
 
psixotexnika

 
mexnat protsessi, fiziologiya, mexnat gigienasi, mexnat
xukuki, mexnat muxofazasi, etika, sotsiologiya, mexnat tarbiyasining
nazariyasi, inson mexnat faoliyati, arxeologiya, mexnat psixologiyasi, tashqi 
muxit, mexnat jarayonlari.
Asosiy savollar : 
1. Mexnat psixologiyasi tarixi. 
2. Mexnat psixologiyasining fan sifatidagi predmeti. 
3. Mexnat psixologiyasining boshka fanlar bilan alokadorligi 
4. Mexnat psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari 
1. Mexnat psixologiyasi tarixi. 
Mexnat psixologiyasini urganishda 1 chi bulib inson ya’ni uning mexnat 
faoliyati etadi. Insonning mexnat faoliyatini urganishda yana boshka fanlar 
xam ishtirok etadi. Bular sotsial va biologik fanlardir: mexnat protsessida 
fiziologiya mexnat gigienasi, ekonomika, mexnat xukuki, mexnat muxofazasi,
etika, sotsiologiya,mexnat tarbiyasining nazariyasi, inson mexnat 
faoliyatining paydo bulishida va rivojlanishida arxeologiya va madaniyat tarixi 
fanlari asosiy rol uynaydi. Bu tugrida B.G.Ananev shunday fikr bildirgan edi:
"Gapimiz xaet va amaliet xakida borar ekan, biz albatta mexnat faoliyatining 
butun borligicha urganish uchun fakat sotsial,psixologik , fiziologik fanlarning 
uzigina kifoya emas".
Mexnat psixologiyasi I.M.Sechinov nomi bilan uzviy boglikdir.Tabiat 
psixologik protsesslari bilan kizikuvchi I.M.Sechenov,ularni urganishda asosan 
mexnat faoliyatida ularning roliga karatdi va birinchi bulib, ularni urganishda 
ya’ni tabiatida regulyatsiya xarakterli ekanligini kursatib berdi. I.M.Sechenov 
yangi tushunchani oldinga surdi, u yaxshi xordik chikarmok mexnat 
faoliyatining saklanib kolishi va uning usishiga katta omil ekanligini kursatib 
berdi. Mexnat faoliyatining keyingi etapi uning chet elda paydo bu- 
lishi,usishi bilan keyinchalik esa bizning mamlakatimizda psixotexnika 
degan nom (ostida) olishi bilan boglikdir. Psixodiagnostika 20 asrning 1 chi
yillarda paydo buldi. Uning usishida psixologiya va fiziologiyadagi faktlar,
ya’ni ilmiy faktlarga , anikrok kilib aytganda ishlab chikarishning xar xil 
soxalarida, meditsinada, pedagogikada yigilgan faktlarga asoslanadi. Mexnat 


88 
faoliyatining keyingi etapi chet elda kapitalizmning eng yukori pagonasi ya’ni 
imperializm boskichiga utishi bilan xarakterlidir. Chunki bu jaraenda 
rakobatning kuchayishi natijasida kapitalistlar ishchilar mexnat faoliyatining 
usishi, foyda mikdorining kupayishi uchun bor kuchlarini ya’ni imkoni yatlarini 
ishga soldilar.
Psixotexnikaning eng axamiyatli joyi shundaki, u kasb urganish va 
mutaxassis tanlashdir. Bu bulimlarni urganishda ajoyib psixologik Gugo 
Myunsterbergning ishlarini aytib utish joizdir. U mutaxassis tanlashda ya’ni 
telefonchi, vagon etaklovchi, dengiz shturmanlari mutaxassisligi uchun maxsus 
testlar ishlab chikdi. Uning bir ishi xammaning kizikishini uygotadi. U 
tramvaychilar uchun ya’ni ularni tanlash uchun xarakat tezligini baxolash
ikkinchi tomomndan esa extietkorlik ekanligini ta’kidladi. Usha paytda ilmiy 
laboratoriyalar bilan cheklanib kolmay, balki amaliet bilan boglanish shu 
davrning ijobiy tomonlaridan biri edi.Bu tugrida xar xil maxsus jurnallarning 
nashr kilinishi, xar xil psixotexnik kongresslarning tashkil etilishi buning anik 
va yakkol misoli edi. Bizning mamlakatimizda psixotexnika laboratoriyalari 20-
yillarda rivojlandi.Chunki bu davrga kelib psixotexnika xakidagi bilimlar 
ancha oshdi. Moskvada, Sankt-Peterburgga , Kozonda, Xarkovda 1-chi 
laboratoriyalar paydo buldi. 1927 yilli Butun Rossiya psixotexniklar jamoasi 
tuzildi va "Mexnat psixofizikasi va psixotexnika" jurnali nashr etildi. Bora-bora 
yillar utgan sari psixotexnika rivojlanib, bu borada bilimlarimiz ancha oshdi. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin