Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi kup jixatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog’liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jixatdan tayyor bulishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi uziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning og’irligi oyiga 150- 200 gm dan buyi esa 0,5 sm dan kupayadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda yura oladilar, tez va engil yugura oladilar. Ular yugurib kelib sakrash, konkida yugurish, changida uchish, suzish singari harakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa buyicha mashgulotlarda ham bu yoshdagi bolalar xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashklarni ham anik, tez, engil va chakkon bajara oladilar. Shuningdek, 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini, mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, kurish va eshitish qobiliyatiga aloxida ehtibor berish, shuningdek umurtka pogonasining tugri rivojlanishiga ahamiyat berish nixoyatda muxim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar bu yoshdagi bolalar organizmi xali usishini davom ettirayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga urgatish xali barmok muskullari tulik rivojlanib bulmaganligi sababli ularga mahlum darajada zarar keltirishi yoki uning chiroyli yoza olmasligi, o’z-o’zidan bolani o’ziga nisbatan ishonchini yoki o’qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tayyorgarlik bu aqliy tayyorgarlikdir. Kupincha aqliy tayyorgarlik deganda bolaning mahlum bir dunyokarashi jonli tabiat, insonlar va ularning mexnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan tahlimga asos bulishi mumkin, lekin so’z boyligi, mahlum xatti-harakatlarni bajara olish layokati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy kursatkichi bula olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, taxlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chikara olish, shuningdek etarli darajada rivojlangan bilish jarayonlarini talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat haqida ayrim xodisalarnigina emas, balki organizmni tabiat bilan bog’liqligini va o’zaro tahsirini ham tushunishi va o’zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bulib yukori darajada rivojlangan kurgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog’liqlikni ajrata oladi. Shuni aloxida tahkidlab utish lozimki, kurgazmali harakatli va kurgazmali obrazli tafakkur nafakat 6-7 yoshli bolalar balki kichik maktab yoshidagi o’quvchilar aqliy rivojlanishida asosiy funkstiyani bajaradi. Bu borada bolada mahlum bir kunikmalarning tarkib topganligi ham nixoyatda muximdir. 1[ Konflikt - sub'yektlarning qarama-qarshi harakatlaridagi salbiy emotsiyalar kuzatuvidagi o'zaro ta'sir jarayonida yuzaga keladigan muhim ziddiyatlarni hal qilish usulidir .]