Tavsiyalar Pedagog o’smirlar bilan maslahat ma’nosida murojaat qilib, o’z muammolari haqida so’zlab berishini so’raydi va shu asnoda ziddiyatning echish yo’llarini topadi.
Yaxshi xatti-harakatlarga yo’nalish berish amalidan pedagoglar tarbiyalanuvchilarga yordam zarur bo’lganda ko’mak beradilar. Bunda ijobiy xatti-harakatlarga alohida urg’u beriladi.
Hayot istiqbolini belgilashga ko’maklashish amali. Pedagog suhbat jarayonida o’smirning hayot rejalariga aniqlik kiritadi. Shundan so’ngra o’smirning rejalarini amalga oshirishiga ko’mak beriladi.
O’zi va boshqalar haqida so’zlab berish amali. O’smirlar o’tgan kunlari haqida har biri hikoya yozishni tavsiya etiladi. Shundan so’ngra ularga boshqacha yashash mumkinligi haqida so’raladi.
Mening idealim. Suhbat jarayonida o’smirning ideali aniqlanadi va uning ijobiy axloqiy sifatlari ajratilib baholanadi.
O’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi O’spirinlik davri. Yuqori sinfga o’tgan o’spirin psixologiyasining o’ziga xosligi shundaki, u hozirgi paytini, buguni va ertasini kelajak nuqtai nazaridan, istiqbolga nazar bilan qabul qiladi. Aynan shu davrga kelib, o’spirin turli kasblarga qiziqa boshlaydi, o’zining kelajakda kim bo’lishini tasavvur qila boshlaydi. Demak, o’z-o’zini professional nuqtai nazardan ajratish, tasavvur qilish — o’spirinlikning eng muhim yangiligidir. Professional taraqqiyotning asosiy bosqichlarini ajratar ekan, E.A. Klimov (1996), alohida «optastiya» (lotincha so’z: optatio — xoxish, tanlov) bosqichini ajratadi va uning xarakterli tomoni — odam tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir, deb e’tirof etadi. Optastiya bosqichi 11 — 12 yoshdan 14 — 18 yoshgacha bo’lgan taraqqiyot davrini o’z ichiga oladi.
Biror aniq kasb-hunarni tanlash va o’z faoliyatini shunga yo’naltirish o’spirin shaxsi uchun juda katta ahamiyatga ega. Ana shunday tanlovning adekvat va to’g’ri bo’lishi o’spirindagi bilish bilan bog’liq qiziqishlar va professional yo’nalishning shakllanganligiga bog’liq bo’ladi. Professional qiziqishlarning shakllanishining o’zi olimlar tomonidan to’rt bosqichli jarayon sifatida qaraladi. Uning birinchi bosqichi 12-13 yoshlarga to’g’ri keladi va o’ta o’zgaruvchanligi, shaxsdagi bilish jarayonlari va asl iqtidor bilan bog’lanmaganligi bilan xarakterlanadi. 14-15 yoshlarga to’g’ri keladigan ikkinchi bosqichda qiziqishlar paydo bo’ladi, ular ko’p bo’lib, bevosita bolaning bilish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Uchinchi bosqichda — 16-17 yoshlarda qiziqishlarning shunday integrastiyasi ro’y beradiki, ular avvalo jinsiy xususiyatlar va shaxsdagi individual xususiyatlar bilan bog’liq xolda rivojlanadi. Masalan, qizlar va o’g’il bolalar o’zlariga mos va yarashadigan kasb-hunarni tanlay boshlaydilar. L. Golovey (1996) fikricha, to’rtinchi — hal qiluvchi bosqichda qiziqishlar doirasi sezilarli darajada torayib, professional yo’nalish shakllanaib bo’ladi va u kasb tanlash bilan yakunlanadi.
O’zining yuqori pog’onasiga ko’tarilgan qiziqishlar o’spirinning professional yo’nalishi va to’g’ri kasb-hunarni tanlashiga zamin yaratadi. Ular boladagi individual — psixologik xususiyatlar va jinsiy farqlar bilan bog’liq bo’lgani uchun ham o’g’il bolalar ko’prok — texnik va iqtisodiy yo’nalishlarni, qizlar esa — ijtimoiy-gumanitar va badiiy sohalar bilan bog’liq kasblarni tanlaydilar.
Umuman, inson hayotida professional o’z-o’zini anglash katta o’rin tutadi va u juda yoshlik paytidanoq shakllana boshlaydi. Bu jarayonni bosqichlarda tasavvur qilish mumkin.
Birinchi bosqich: bolalar o’yini, bunda bola ilk yoshlikdanoq u yoki bu kasbga bog’liq professional rollarni qabul qiladi va uning muhim elementlarini o’zicha «o’ynaydi» («o’qituvchi», «doktor», «traktorchi», «futbolist», «artist» va shunga o’xshash).
Ikkinchi bosqich: o’smirlik fantaziyasi — bunda o’smir o’ziga juda yoqqan professional rolni hayolan egallaydi.
Uchinchi bosqich: kasb-xunarni dastlabki tanlash — o’smirlik va ilk o’spirinlik davriga to’g’ri keladi. Turli-tuman faoliyat turlari dastlab o’smirning qiziqishlari nuqtai nazaridan («prokurorlikka qiziqaman, demak, yurist bo’lishim kerak»), keyin uning qobiliyatlari nuqtai nazaridan («matematikani oson echaman, matematik yoki muhandis bo’lsammikan?»), va nixoyat, o’smirdagi qadriyatlar tizimidagi ahamiyatiga qarab («nochor kasallarga yordam bergim keladi, vrach bo’laman») toifalarga bo’linadi va ajratiladi.
To’rtinchi bosqich: amaliy qaror qabul qilish — kasbni tanlash. Bunda ikkita muhim jihat bor: konkret ixtisoslikni uning kvalifikastiyasi xususiyatlari, ishning hajmi, og’irligi, mas’uliyatliligi va unga etarli tayyorgarlikning borligi. Lekin oxirgi sostiologik ma’lumotlarga ko’ra, oliy o’quv yurtini tanlash, konkret kasb-hunarni tanlashdan oldinroq yuz bermoqda. Masalan, o’spirin qiz «Men baribir Nizomiy nomli universitetga kiraman», deydi va so’ngra konkret fakultet tanlanadi. Shuning uchun ham ko’pincha, ixtisoslikdan, keyinchalik professiyadan «sovib qolish»lar ana shunday ustanovkalar bilan tushuntiriladi.
Bundan tashqari, kasb tanlashga ta’sir qiluvchi yana boshqa omillar ham borki, ularning hisobga olinishi ham ba’zan yoshlarning to’g’ri, o’z imkoniyatlari va kobiliyatlariga mos kasb-hunarning tanlanmasligiga sabab bo’ladi. Masalan, bunday omillarga oilaning moddiy shart-sharoiti, o’qish joyining uydan o’zoqligi, o’quv tayyorgarligining saviyasi, emostional etuklik, sog’likning holati va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash Milliy dasturining 1997 yilda qabul qilinishi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, mustaqil fikrlaydigan, yuksak malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Joylarda tashkil qilinayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik listeylar, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tashkil etilgan Tashhis markazlari 9-sinfni tamomlagan yoshlarning iqtidori va layoqati, qiziqishlarini o’z vaqtida aniqlash, uni psixologik metodlar yordamida diagnostika qilishni amalga oshiradi. Bu tadbirlar yoshlardagi kasb-hunarga bo’lgan yo’nalishni adekvat qilish, o’z yashash joyidan o’zoq bo’lmagan sharoitda zarur, o’z layoqatiga mos hunar egasi bo’lib etishishga yordam beradi.