laming
yordamiga, qoMlab-quvvatlashiga, himoyasiga, bahosiga
ehtiyoj sezadi. Kattalar o‘smir uchun muhim, o‘smirda ham kat-
talarga nisbatan empatiya kuchli, lekin amalda nazoratning «bola-
larcha»
shakli saqlanib qolganligiga, haddan tashqari g‘amxo‘rlik
qilishlariga qarshi chiqadi.
Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar,
o‘qituvchilar bilan nizolashishlar — o‘smirlik davri uchun oda-
tiy hoi bo‘lsa-da, bunday holatlarning namoyon bolish tezligi
kattalarning unga bolgan munosabatiga,
oilaviy tarbiya uslubiga,
o‘smir xulq-atvoriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bolish
ko‘nikmasiga bogliq. 0 ‘smir va kattalar orasida qulay munosa-
batlarni o‘rnatishning zaruriy sharti kattalarning tashabbusi bilan
ular hayotida umumiylikni yaratish,
hamkorlik sohalarini ken-
gaytirish, mazmunli aloqalarni amalga oshirish, o‘zaro yordam
va ishonch muhitini yaratishdan iborat1.
0
‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta
ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir yoshdagilarga ta’sir ko‘rsati-
shi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat
bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik
yoshdagi bolalar yordamchi
bolish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar
kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim
bolganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqa-
dilar. Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona,
uni to la tushungan holda
va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o‘smirlar ijobiy qaraydilar,
lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, un
day holda ular to la qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik ko‘pincha
salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini
ham yuzaga keltiri-
shi mumkin. Bu holat ko‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda
boluvchi o‘smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tar-
biyalanayotgan o‘smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilish-
Dostları ilə paylaş: