Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Aqliy rivojlanish, predmetli faoliyat ilk bolalik davrida



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

13.4. Aqliy rivojlanish, predmetli faoliyat ilk bolalik davrida
yetakchi faoliyat sifatida
ЩЧ
» '«egg
\s
Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o ‘rab turgan predm etlar­
n in g xususiyatlarini va u lar orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglash- 
ga harak at qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok 
va ta fa k k u r h arak a tlarin in g yangi k o 'rin ish larin i tashkil etadi. 1 
yoshli bola p red m etlarn i izchil, tizim li ravishda ko‘rib chiqa ol- 
maydi. U asosan p red m etn ing qandaydir bir ko‘zga tash lan ib tu- 
radigan belgisiga o ‘z e ’tiborini qaratadi va p red m etlarn i shu bel- 
gilariga ko‘ra taniydi. K eyinchalik yangi idrok h arak atlarin in g
egallanishi bolaning predm etli h a rak atlarin i bajarishdan ko‘z bi-
239


Ian chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon boladi, endi 
u predmetning bolaklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab 
idrok eta oladi. 2,5—3 yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namu- 
nasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmet­
larni chamalab, idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar av­
val shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab 
ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bolgan 
juda ko‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola 
rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini e’tiborga 
olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqot- 
larning ko‘rsatishicha 2,5—3 yoshli bola 5—6 ta shaklni (doira, 
kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 
8
xil rang- 
ni (qizil, olov rang, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok 
etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatili- 
shi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bolishi sabab- 
li, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq 
bilishlari va o‘z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. 
Kattalarning bu yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qo- 
lishlarini talab etishlari noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4—5 
yoshlar hisoblanadi.
Bola 3 yoshigacha o‘zlashtirgan so‘zlar asosan predmet va 
harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifa- 
sini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi ko‘rinishi 
o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bo­
la predmetlarning nomlarini ishlatilishini vazifalariga boglagan 
holda tez o‘zlashtiradi. Idrok o‘ssa, xotira takomillashadi. Xotira 
bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir.
Ilk yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qola- 
veradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bolsa ham, 
xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan 
chalg‘iydi. Diqqatning ko‘p chalglshi bu yoshdagi bolalar diqqa- 
tining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravish­
da tashqaridan boladigan yangi o‘zgaruvchilarga muhtoj bolib 
turadi. Ammo obyektga bolgan qiziqish qancha aniq va ravshan
240


bolsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror boladi. Ix- 
tiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib bo- 
rishiga bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina 
vujudga kela boshlagan boladi.
Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi pred­
metlarning ta’sirida tug‘iladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. 
Bola qo‘g‘irchoqni ko'rib bolgandan keyin, uni kiyintiradi va 
«uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni ko‘rib qol- 
sa, diqqatini qolidagi qo‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qa- 
ratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba 
ortib borishi bilan xayol ham boyib boradi. Kichkina bolalarda 
xayol ancha rivojlangan boladi. Lekin bola xayoldagi obraz bi­
lan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlarni aralashtirib 
yuboradi. Shu sababli bola xayoliga ta’sir etuvchi vositalar ichida 
ertaklar muhim o‘rin egallaydi.
Ilk bolalik yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilina- 
digan harakatlarga bogliqligi bilan farqlanadi. Bu yoshdagi bola­
larda nutq va tafakkur xususiyatlari o‘z hayotining birinchi yili- 
da sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil tasavvurlarni bir-biri bilan 
boglash qobiliyatiga ega boladi. Masalan, u sutli shishani ko‘ri- 
shi bilan xursand boladi. Vaqt o‘tishi bilan bolaning assotsiatsi- 
yasi murakkablashib boraveradi. Bola bir yoshga tolay deganda, 
onasining ko‘chaga kiyadigan kiyimini olib kelayotganini ko‘rib, 
xursand boladi. Vrachning tekshirishidan yomon ta’sirlangan 
bolalar xalatli odamlardan qo‘rqa boshlaydilar.
Bola o‘z hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini 
aniqlay boshlaydi, xonaning ichidagi predmetlar orasida o‘zini 
to‘g‘ri tutish malakasini egallab boradi.
Bolaning yoshi ulg‘ayishi bilan unda tevarak-atrofga bolgan 
qiziqish ortadi. Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga 
qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida juda muhim rol o‘ynay- 
di. Bola hamma narsani o‘zi ko'rishni va eshitishni istaydi. Lekin 
bolaning hayoti va rivojlanishi uchun ko‘rish va eshitish sezgi- 
lari asosida vujudga keladigan taassurotlargina emas, balki hid
241


va muskul-harakat sezgilari orqali oladigan taassurotlar ham ju­
da muhimdir.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi ta­
fakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni 
olishga harakat qila olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishi- 
da ko‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, ko‘rgaz- 
mali-harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bogliqliklarni o‘rga- 
nishga xizmat qiladi. 
0
‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir 
uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bo­
la, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni 
tayoqcha yordamida olish mumkinligini tushuna boshlaydi. Bu 
davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‘rin tutadi. 
Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 
soat deyilishi bilan bola qo‘l soatini yoki devordagi osma soat- 
ni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois, 
ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu 
borada fikrlash 2—3 yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning 
o‘rniga ularning o‘rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa 
narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o‘yin jarayonida bola 
cho‘pni qoshiq yoki termometr o‘rnida, yog‘ochdan yasalgan kro- 
vat yoki mashina o‘rnida foydalanishi mumkin.
Bola ikki yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi mar­
ta foydalana oladi, uchinchi yoshida esa ba’zi tanish harakat- 
lardan konkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana bosh­
laydi. Masalan, bu yoshdagi bola vazadagi tugmachani qo‘li bilan 
solib, ololmasa, u vazachani to‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu 
boshlang‘ich shaklini ba’zan «qo‘l tafakkuri» ham deyiladi. Ta­
fakkurning bu shakli bola aqliy taraqqiyotining kelgusi bosqichi 
uchun juda zarurdir.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin