Bosh miya katta yarim shar orqa, old, yon, orolcha, orqa umurtqalar-
ga bolinadi. Miya nerv kataklari neyronlardan iborat bo‘lib, ikki kat
ta yarim sharlar po‘stlog‘ini tashkil etadi. Miyadagi oq suyuqlik neyron
o‘simtalaridan tarkib topib, miya yollarini ko‘rsatib turadi.
Boshqarish
— tabiatning turlicha bolgan (biologik, ijtimoiy va tex-
nik, tizimlari) funksiyalarini, ularning ishini tashkil qilish, maqsad va
dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan jarayon.
Verbal o‘rganish
— insonning yangi tajribani til orqali o‘zlash-
tirishidir. Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan boshqa
odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatishi mumkin.
Vikar o‘rganish
- boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan to‘g‘ri ku
zatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayotgan xulq-atvor shakl-
larini o‘zlashtiradi. Vegetativ nerv tizimi — nerv tizimining organizm ichki
a’zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi.
Vegetativ nerv tizimi markaziy nerv tizimi bilan uzviy bog‘liq bolib, bu
bosh miya qobig‘i tomonidan boshqariladi. Vegetativ nerv tizimi simpatik
va parasimpatik nervlar deb ataluvchi ikki qismga bolinadi.
Genezis
— biror-bir hodisa yoki narsa rivojlanishi jarayonining qo-
nuniyatlarini aks ettiruvchi tushuncha.
Dostları ilə paylaş: