Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

24.2. Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga 
tatbiq etish jarayonida 
0
‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbi­
ya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg‘un talablar 
qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-faro- 
sat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy 
o'rinda turmasa-da, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yor- 
dam beradi.
Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning 
shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi 
ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon boladi.
Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi 
0
‘qituv- 
chining shaxsi va uning kasbi bilan boglik xislatlariga qaratilgan.
24.3. Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi
Bolajak pedagoglarning oliy o‘quv yurtida olgan psixologik 
bilimlari ikki unchalik yoqimli bolmagan xossaga ega. Ular, bi- 
rinchidan, pedagogga amaliyotda zarur bolgan barcha bilimlarni
580


o‘z ichiga qamrab olmagan, bunga sabab pedagogik oliy o‘quv 
yurtlarida psixologik fanlarni o‘qitish uchun ajratilgan dars soat- 
lari hajmining chegaralanganligidir. Ikkinchidan, bu olingan bi- 
limlar tezda eskirib qoladi va hech bolmaganda besh yilda bir 
marta yangilab turishni talab etadi, buni o‘z-o‘ziga ta’lim berish 
yoki malaka oshirishda amalga oshirsa boladi.
Pedagogning psixologik jihatdan o‘z ustida ishlash deyilganda, 
uni muntazam ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalishlarida- 
gi eng yangi yutuqlar bilan tanishib borishini nazarda tutadi, ular 
tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita bogliqdir. Bu ta’lim 
psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, 
differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi 
shuningdek, psixologiya va boshqa fanlar chegarasidagi tibbiyot, 
patopsixologiya, psixofiziologiya va psixoterapiya.
Pedagogning amaliy faoliyatida psixologik ma’lumotlar olishi 
mumkin bolgan adabiyotlar ro‘yxati yetarli darajada salmoqlidir. 
Holbuki, pedagogga muntazam ravishda ilmiy kitoblarni va jur- 
nallarni o‘qishga hojat yo‘q, asosiy psixologik bilimlar jamlan- 
gan holda keltirilgan, pedagogik faoliyat uchun foydali bolgan 
bolimlarga murojaat qilishning o‘zi yetarlidir.
Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat
— bu o‘z-o‘zini boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq-at- 
vorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlarda 
muqobil harakatlana olishidir.
0
‘z-o‘zini boshqarishning psixologik asoslari bilish jarayonini 
o‘z ichiga oladi: Sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq 
shuningdek shaxs xislatlari - xulq atvori, emotsional holati, vazi- 
yatga munosabati. Yuqorida qayd etib o‘tilgan psixik jarayonlarda 
o‘z-o‘zini boshqarish odam xususiyatlari va holatlari, uning irodasi 
va ichki tuyg‘ulari bilan bogliqdir. Ma’lumki, ichki tuyg‘u barcha 
psixik holatlarni boshqarishda erkinlik asosi bolib xizmat qiladi, 
iroda bolsa xatti-harakatlar quvvati va yo‘nalishlarini ta’minlaydi.
Ongli ravishda fikrlashni ham boshqarish, uni yanada sa- 
maraliroq qilish mumkin.
581


Tafakkurni o‘z-o‘zida boshqarishning asosiy usullari quyi- 
dagilardir.
— hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifa shartlarni diqqat bilan 
tahlil qilish;
— talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, 
bunday maqsad kerakli natijani olish uchun yetishmagan narsani 
aniqlash;
— doimiy ravishda mashq o‘tkazib borib, tafakkurni chiniq- 
tirish;
— tafakkurni aniq yo‘nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, 
ya’ni ketma-ket izlanish va yetarli darajada hal qilinishning alter­
n a te yo‘llarni ko‘rib chiqish (bu — vosita anglash jarayoni «sikl- 
lanish» deb nomlanadi);
— vazifani hal qilishning yo‘llari bilan bog'liq bo'lgan aniq 
farazlarni o‘z ichida yoki ovoz chiqarib so‘zlash (gapirish);
— bajarib bo‘lingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz (g‘oya) 
larni doimiy ravishda yozib borish;
— o‘z-o‘zini emotsional boshqarish organizmning muskul 
to‘qimalari tizimi boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan, emot- 
siogen holatlardan tahlil qilib tafakkurni ongli ravishda faol jalb 
etish.
Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati 
uchun zarur bo‘lgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikr- 
laydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab qilmoqda.
Ana shunday qator muammolarni oqilona hal qilishning eng 
muhim omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ja- 
rayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mam- 
lakatimiz ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon 
talablari darajasiga yetkazishdir. Endilikda oliy ta’lim muassasa- 
lari oldiga faqatgina o‘qimishli insonni emas, balki voqealarni 
oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahoratiga 
ega, o‘zini-o‘zi rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan oqil 
va barkamol shaxsni tarbiyalash muammosi qo‘yilmoqda.
582


0
‘qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qancha- 
lik yuqori bo‘lsa, o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiyaviy muno- 
sabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ya oladi. 
0
‘qituvchining shaxsiy na- 
munasi va obro‘-e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida bolada qat’iy 
nuqtayi nazarning shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.
Kanadalik psixolog olim Djeyms Marsha yigit-qizlarning kas­
biy tayyorgarlik davrini to‘rt bosqichga ajratadi:
1. Yoshlarda kasb haqidagi tasavvur va bilimlarning kamli- 
gi, hali noaniqligi bosqichi. Bu bosqich hali shaxsning e’tiqodlari 
aniq emasligi, kasbni tanlamaganligi, kim bo‘lishi noaniqligi bi­
lan tavsiflanadi.
2. Muddatidan oldin aynan o‘xshashligini topish bosqichi. 
Shaxs o‘z kuchi, xohishi bilan emas, boshqaning fikri bilan, 
boshqa kishiga ergashib, tegishli munosabatlar tizimiga qo‘shili- 
shi bilan xarakterlanadi.
3. Moratoriya bosqichi — shaxs o‘zligini aniqlashning krizisi 
jarayonidaligi bilan, rivojlanishning ko‘p variantlari orasidan o‘zi 
uchun eng maqbulini tanlashi bilan tavsiflanadi.
4. Erishilgan yutuqning aynanligi bosqichi. Tanlash mojarosi 
hal etilganligi, shaxs o'zligini namoyon etishga amalda kirish- 
ganligi bilan belgilanadi. 
0
‘qituvchi eng avvalo o‘quv-tarbiya 
jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishni esdan chiqarmasli- 
gi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o‘rgatishi, 
o‘quvchi tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o‘zining kim- 
ligini namoyish etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun 
o‘qituvchi shaxsiy hamda kasbiy sifat va fazilatlarni to‘liq egal- 
lagan bo‘lishi lozim, bunday o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan 
ko‘proq do‘stona muloqotda bo‘ladilar, o‘zaro fikr almashadi- 
lar, mavzuga doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga ke- 
ladilar. 
0
‘qituvchi bu o‘rinda butun e’tiborini mavzu mohiyatini 
o‘quvchilarga singdirishga qaratib, o‘quvchilar e’tiborini kechin- 
malarini va o‘zlashtirish imkoniyatlarini alohida e’tiborga oladi. 
0
‘qituvchi shaxsiga xos bo‘lgan bilimdonlik, ijodkorlik, musta- 
qillik hamda pedagogik faoliyati uchun mas’uliyat va javobgar-
583


likni chuqur his etish o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini 
ta’minlashning eng muhim omillaridir.
Talabalarda kasbni egallashning shakllanishi ularda majburiyat 
va javobgarlik hissining tarkib topishi bilan bogliqdir. Ularda ana 
shunday sifat va kechinmalar tola shakllangan bo‘lsa, bilimlami 
egallash yoki kasbiy kamoloti uchun hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin