Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

368


1 bosqich -
prepubertat

II bosqich —
pubertat
III bosqich —
postpubertat
Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik yoshining chegara­
si endi 15—16 dan 23 yoshgacha bolmoqda. Bunda ilk o‘spirinlik 
15—18 yosh, o‘spirinlik 18—23 yoshdagi yigit va qizlarni o‘z ichi- 
ga oladi. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu ta­
raqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy 
sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, 
ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qa­
tor boshqa omillar ijtimoiy sharoitlarga bogliqdir.
Ilk o‘spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17—18 yosh­
gacha bolgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi- 
laridir. 0 ‘spirinlik — bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, 
uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijti­
moiy hayotda faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning 
ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot, 
o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlar- 
da dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch 
hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning 
ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir kolsatadi.
Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs mo­
tivatsion sohasining rivojlanishiga urg‘u beradi: o‘quvchilarning 
hayotda o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarash­
ning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o‘z-o‘zini anglashga 
va axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi.
Ilk o‘spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega 
bolar ekanlar, o‘zlarining hayot yollarini belgilab olishga, bun- 
dan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab 
olishga, o‘zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu
369


munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va 
yanada barqarorroq bo‘lib qoladi, yigit va qizlar o‘z kelajaklari 
haqida jiddiyroq o‘ylay boshlaydilar.
Ilk o‘spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to'xta- 
lib o'tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko‘ra muhimdir. Jis­
moniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o‘spirin shaxsining 
ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi va 
uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini 
bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o‘rinda kasb tanlash 
nazarda tutiladi, bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning indi­
vidual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Ikkinchi- 
dan, jinslarning o'zaro mayli ta’sir ko‘rsatadiki, bunda jismoniy 
rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o'ynaydi. 0 ‘zining jis­
moniy kuchini va jozibadorligini, sog'lomligi va mukammalligini 
his etish yigit va qizlarda o‘ziga ishonch, dadillik, tetiklik, op- 
timizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga 
ta’sir ko‘rsatadi.
Bo‘yning o‘sishi o‘spirin qizlarda 15—16 yoshgacha, o‘g‘il bola­
larda 17—18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi 
tez o‘sadi. Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bola­
ga nisbatan 2 baravar ko'p bo‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan, 
to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shug'ulla- 
nishiga ko‘p jihatdan bog'liq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu yosh­
dagi ko'pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda 
bo'ladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odam­
ning jismoniy rivojlanishidan kam farq qiladi. Bo'yning va or- 
ganizmning notekis o'sishi va rivojlanish davri tugallanadi hamda 
jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshla- 
nadi. O'spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo'y, og'irlik) nisba­
tan barqaror darajaga yetgan bo'ladi. Shuningdek, muskul kuchi 
va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.
Ko'krak qafasining hajmi kengayadi, skelet, naychasimon 
suyaklar qattiqlashadi, to'qimalar va a’zolarning shakllanishi va 
funksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak va
370


qon tomirlarning rivojlanishida o‘smirlarga xos bo‘lgan notekis- 
lik endi tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsi­
ya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining va 
xususan, miya rivojlanishidagi o‘zgarishlar ma’lum bolib qoladi. 
Lekin, bu o‘zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, 
balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining murakkablashuvi 
hisobiga ro‘y beradi.
Katta yarim sharlar qatlamidagi hujayralarning tuzilishi se- 
kin-asta katta yoshdagi kishi miyasining hujayralariga xos bolgan 
xususiyatlarga ega boladi. Bosh miya po‘stining qismlarida as­
sotsiativ to‘qimalarning miqdori ko‘payadi. Natijada o‘qish va 
mehnat jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analitik-sin- 
tetik faoliyati murakkablashadi. Ba’zan bu yoshdagi o‘quvchilar- 
da nerv qo‘zg‘aluvchanligining ortishi, nerv sistemasi normal ish- 
lashining buzilishi ko‘pincha noto‘g‘ri yashash rejimining: tungi 
mashg‘ulotlar, to'yib uxlamaslik, toliqish, chekish, noratsional 
ovqatlanish, zararli odatlar va boshqa ayrim sabablarning nati­
jasida ro‘y beradi.
Ilk o‘spirlik yoshining boshlanishida odatda jinsiy yetilish tu- 
gallanadi, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi, bu hoi yigit va 
qizlarning tashqi kolinishida ham sezilarli o‘zgarish hosil qila­
di. Jinsiy yetilish davrining tugallanishi hali jismoniy yetuklikni 
ham, buning ustiga psixik va ma’naviy yetuklikni ham anglat- 
maydi. Faqat 18 yoshga borib, nikohdan olishga ruxsat beriladi- 
gan davrda, shu yosh uchun minimal darajada zarur bolgan jis­
moniy, ma’naviy, fuqarolik yetuklik darajasi boshlanadi. 18 yoshli 
yigit va qizlar jamiyat tomonidan katta yoshli kishilar deb e’ti­
rof etiladi.
Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi olish davri deb hisoblash 
mumkin. Agar birinchi olish davri ko‘proq bolalikka yaqin 
bolsa, ikkinchi olish davrida bolgan o‘spirin ko‘proq yoshlik 
davriga yaqindir va shu jihatidan o‘rganiladi hamda tadqiq etiladi. 
Ilk o‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlani- 
shi (o‘rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi) bilan xa-
371


rakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinning shaxsiga, 
o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘smirlardan farqli o£laroq 
ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishti- 
rok etadilar.
Ilk o‘spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning un­
ga munosabatlari ham o‘zgaradi. Kattalar o‘smirga ko‘proq bola 
deb qarasalar, ilk o‘spirin yoshdagilarga katta odamdek munosa­
batda bo‘ladilar. Ilk o‘spirinlar hayotda o£z o‘rnini topishga nis­
batan intilishi anglangan holatda bo‘ladi. U o‘z hayotiy rejala- 
rini amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va ma’lum bir 
kasbni egallay boshlaydi yoki shu soha bo‘yicha akademik litsey- 
larda o‘qishini davom ettiradi. 0 ‘spirinlar tanlagan sohalari yoki 
kasblarida juda katta yangiliklar, kashfiyotlar qilgilari keladi, le­
kin asta-sekinlik bilan yangilik va kashfiyotlar qilish uchun ular­
da bilim va tajriba yetishmayotganligini, buning uchun ko£proq 
o'qish va o‘rganishlari kerakligini anglay boshlaydilar.
Hayot faoliyati kengaygan sari, o‘spirinlarda ijtimoiy rollar 
kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat 
tomonidan ham o‘zgarib boradi. Masalan: 16 yoshda pasport ola­
di; 18 yoshidan faol saylash huquqiga va oila qurish imkoniyati­
ga ega bo‘ladi. 0 ‘spirin jinoiy ishlar uchun javobgar bo‘ladi. Ba’zi 
o‘spirinlar bu yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash 
haqida o£ylay boshlaydilar. Lekin, shunga qaramay o£spirinlarda 
kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.
0
‘spirinlar (16—18 yoshlar) o‘zlarining psixologik xususiyatlari 
bilan boshqa yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jis­
moniy hamda aqliy jihatdan voyaga yetgan, kamolotga erishgan, 
dunyoqarashi, o‘z-o£zini boshqarishi kabi yetuk insoniy xususi­
yatlari tarkib topgan bo'ladi. Ular vazmin, mulohazali bo‘ladilar, 
katta yoshdagilarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. Ular uzoqni 
ko‘zlaydigan, kelajak uchun qayg£uradigan, ota-onalarining ya­
qin yordamchisiga aylanadilar. O'quv faoliyati o‘spirinning aso­
siy faoliyati bo‘lib qolaveradi, o‘qishga nisbatan o‘smirlik yoshiga 
qaraganda o£spirinlikda birmuncha yuqoriroq bo'ladi. Mustaqil
372


hayotga tayyorgarligini o‘z-o‘zini anglashi bilan bogliq motiv­
lar bu davrda yetakchi o lin n i egallaydi. Motivlar tizimida jami­
yatning tolaqonli a’zosi bolishga intilish, insonlarga naf keltirish 
kabi ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu davrda o‘spirinIarning 
kelgusi hayoti va tanlayotgan kasbiy rejalariga kola fanlarga nis­
batan qiziqishlari o‘zgaradi. 0 £spirinning fanlarga hamda shu 
fan o‘qituvchilariga nisbatan munosabati o‘zgaradi. 0 ‘spirinlik 
davrida o‘zi ko‘zlagan maqsadlariga erishishga asoslangan mo­
tivlar birinchi o‘ringa kolariladi. 0 ‘smirlar o‘zlarining o‘qish- 
ga bolgan munosabatlari va ularning o‘qish-o‘rganishga undov- 
chi sabablarni yaxshi anglaydilar. 0 ‘spirinlik yoshida boshdan 
kechiriladigan his-tuyg‘ularning boyligi, xilma-xilligi bilan, ha­
yotning turli tomonlariga emotsional munosabatda bo‘lishi bilan 
ajralib turadi.
Rus psixologi L.S.Vigotskiy 1920-yillardayoq ilk o‘spirinlar 
haqida nazariyalar ko£pligini ta’kidlagan edi. Ilk o‘spirinlar haqi­
da 3ta yirik yo£nalishlarni ajratib kolsatish mumkin.
Birinchi yo£nalish biogenetik yo‘nalish deb ataladi, uning aso­
sida yetilishning biologik jarayonlari yotadi. Ikkinchi yo£nalish 
sotsiogenetik yo£nalish deb ataladi, unda asosiy e’tibor ijtimo- 
iylashuvga qaratiladi. Uchinchi yo‘nalish psixogenetik deb ata- 
lib, uning asosida psixik jarayonlar va funksiyalarning rivojlani­
shi yotadi.
373


Taraqqiyotning biogenetik nazariyalarida rivojlanishning bi­
ologik determinantlariga asosiy urg‘u beriladi. Rivojlanish ja­
rayonining o‘zi bosqichlari universal bolgan yetilish sifatida 
talqin etiladi. Bu yo‘nalishning yorqin namoyandalaridan bi­
ri XX asr amerikalik psixolog S.Xolldir. Uning ta’kidlashicha, 
rivojlanish psixologiyasining asosiy qonuni biogenetik «reka- 
pitulyatsiya qonuni» hisoblanadi, unga k o la individual rivoj­
lanish, ontogenez filogenezning asosiy bosqichlarini takrorlay- 
di. Go‘daklik rivojlanishning hayvonot fazalarini takrorlaydi. 
Bolalik qadimgi odamlarning asosiy mashg‘ulotlari ovchilik va 
baliq ovlash bolgan davrga to‘g‘ri keladi. 8 dan 12 yoshgacha 
bolgan davr o‘smirlikdan oldingi davr deb ataladi, yovvoyi- 
lik tugallanib, madaniyatning boshlanishi deb ta’riflaydi. 12—
13 yoshdan 22—25 yoshgacha bolgan davrni o'spirinlik deb at­
aladi, kattalikning boshlanishi, romantizm davri deb ataladi. 
Bu davrda tashqi va ichki nizolar avj olib, insonda «individu- 
allik hissi» paydo boladi. Holning bu nazariyasi psixologlar to­
monidan tanqid qilinadi.
Biogenetik nazariyaning boshqa varianti nemis «konstitutsio- 
nal psixologiya» vakillari tomonidan ishlab chiqildi. E.Krechmer 
va E.Yensh ba’zi biologik omillar asosida (tana tuzilishi tiplari va 
boshqalar) shaxs tipologiyalari muammolarini ishlab chiqib, in­
sonning jismoniy tiplari va uning rivojlanish xususiyatlari orasida 
qandaydir boglanish mavjud bolsa kerak, deb taxmin qiladilar.
E.Krechmer barcha insonlarni ikki tomonga joylashtirish mum­
kin, bir tomonda sikloid (oson qo‘zg‘aluvchan, kayfiyati o‘zgaruv- 
chan) ikkinchi tomonda shizoid (kamgap, hissiyotlari yorqin 
bolmagan) tiplarni joylashtirish mumkin. Krechmerning shogir­
di K.Konradning ta’kidlashicha, bu tavsiflarni yosh bosqichlari- 
ga ham qollasa boladi: 0 ‘smirlikdan oldingi davr «sikloid», ilk 
o‘spirinlik esa «shizoid» davrga to‘g‘ri keladi. Shizoid shaxsning 
o‘spirinligi murakkab va o g lr kechadi, uning xislatlari indivi- 
dual-tipologik xususiyatlar bilan yanada chuqurlashadi. Sikloid 
shaxs ilk o‘spirinlik xavotirlanishlarini yengil shaklda boshidan
374


kechiradi, bu yoshning xususiyatlari uning tipologik xususiyatlari 
bilan muvozanatlashadi.
Nemis olimi V. Seller «Konstitutsiya va rivojlanish» asari- 
da (1952) ta’kidlashicha, psixik va somatik rivojlanish orasidagi 
boglovchi zveno bola tana tuzilishining o‘zgarishi va uni anglash 
hisoblanadi.
Biogenetik yo‘nalish namoyandalari olimlar e’tiborini taraq­
qiyotning psixik va jismoniy o‘zaro bogliqligini o‘rganishga qa- 
ratdilar. Bu psixofiziologiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Psixika taraqqiyotini faqat biologik qonunlar asosida tushunish 
muvaffaqiyatga erishmadi. Ular taraqqiyotning ijtimoiy omil- 
larining rolini yo‘qqa chiqarib, faqat biologik omillarning rolini 
bo‘rttirmoqchi bo‘ldilar. Shunday nazariyalardan biri mashhur 
amerikalik psixolog A.Gezell nazariyasidir. U taraqqiyotda bio­
logik omillarga urg‘u beradi. Gezellning fikricha, ilk o‘spirinlik 
yoshi 11 dan 21 yoshgacha davom etadi, ulardan birinchi besh yil 
(lldan 16 yoshgacha) bo‘lgan davr juda muhimdir. Uning ta’kid­
lashicha, o‘n yil, oltin davr bo‘lib bola muvozanatli, hayotni oson 
idrok etadi, ota-onasi bilan muomalasi yaxshi, tashqi ko‘rinishi 
haqida qayg‘urmaydi. 11 yoshdan organizmda qayta qurish bosh- 
lanadi; bola ta’sirchan bo‘lib qoladi, qarshilik kolsatish (nega- 
tivizm), kayfiyatning tez o‘zgarishi, tengdoshlari bilan janjallar, 
ota-onaga qarshi isyon paydo bo‘ladi. 12 yoshda hayotga munosa­
bat ijobiylasha boshlaydi, o‘smirning oiladan uzoqlashishi ham­
da tengdoshlarining ta’siri kuchaya boradi. Bu yoshdagi asosiy 
xislatlar: aqllilik, chidamlilik va hazil; o‘smir bajon-u dil tashab- 
bus bilan chiqadi, tashqi kolinishi haqida qayg‘ura boshlaydi va 
qarama-qarshi jins vakillariga qiziqishi ortadi. 13 yoshlilarning 
asosiy xislatlari — o‘smir o‘zi bilan o‘zi bolib, introvertlik xislat­
lari kuchayadi; o‘z-o‘zini tanqid qiladi, tanqiddan tez xafa b o la­
di, psixologiya bilan qiziqa boshlaydi, ota-onaga ham tanqidiy 
munosabatda b o la boshlaydi, do‘st tanlashi ham o‘zgarib boradi, 
somatik o‘zgarishlar kuchayganligi sababli kayfiyatning tez o‘zga- 
rishi namoyon boladi.
375


14 
yoshda introversiya ekstroversiya bilan almashadi, o‘smir 
muloqotchan, kuch-quvvatga to‘la, o‘ziga ishonchi ortgan, in- 
sonlarga va ular orasidagi farqqa qiziqish ortadi. U o‘zini bosh- 
qalar bilan solishtirishni, kino va adabiy qahramonlarga o‘zini 
o‘xshatib, muhokama qilishni yoqtiradi. Gezellning ta’kidlashi­
cha, 15 yoshlilarning xususiyatlarini yagona shaklda ifodalash qi­
yin, chunki individual farqlar ortib boradi. Bu yoshdagi yangi 
psixologik tuzilma — mustaqillik ruhining ortishi bolib, bunda 
o‘smirning maktab va oilaga munosabati kuchayadi, tashqi na- 
zoratdan qochish o‘z-o‘zini nazorat qilish va ongli o‘z-o‘zini tar­
biyalash bilan uyg‘unlashadi. Bularning barchasi o‘smirning sal­
biy ta’sirlarni idrok qilish va tez xafa bolishini orttiradi.
16 yoshda yana osoyishtalik boshlanadi: isyonchilik xushchaq- 
chaqlikka aylanadi, ichki mustaqillik, hissiy barqarorlik, mulo- 
qotchanlik, kelajakka intilish kuchayadi. Shunday qilib, Gezellda 
biogenetik konsepsiya taraqqiyotning turli jihatlarini, xronologik 
birlashtirilgan tavsiflashga aylanadi.
Sotsiogenetik nazariyalarda ilk o‘spirinlik xususiyatlari ja- 
miyatning tuzilishidan, ijtimoiylashuv usullaridan, boshqalar bi­
lan o‘zaro ta’sir xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ilk o‘spirinlikni 
olganishda sotsiogenetik yo‘nalish ijtimoiy psixologiyaning ta’si­
ri bilan bogliq. Nemis psixologi K.Levinning «maydon nazari­
yasi» bo‘yicha insonning xulq-atvori, bir tomondan shaxsning, 
ikkinchi tomondan uni o lab turgan muhitning funksiyasidir. Le­
kin shaxs xususiyatlari va muhit xislatlari o‘zaro bogliq. Bola oi- 
ladan, maktabdan tashqarida mavjud bola olmaydi, chunki bu 
ijtimoiy institutlar alohida olingan individlarsiz bolishi mum­
kin emas. Levin shaxsiy va muhit tarkibiy qismlarining birligi 
va o‘zaro ta’sirini hayotiy yoki psixologik fazo deb ataydi. O lish 
davrining muhim jarayonlari sifatida Levin shaxs hayotiy dunyo- 
sining, muloqot doirasining kengayishi deb hisoblaydi. Ilk o‘spi- 
rinning xulq-atvori o‘zgaruvchandir. Bolalikdan kattalikka olgan 
o‘spirin, to liq unisiga ham, bunisiga ham kirmaydi. Uning ha­
yotiy dunyosi va ijtimoiy vaziyatdagi bu xususiyati intilish dara-
376


jasining noaniqligi, ichki qarama-qarshilik, kuchli tortinchoq- 
lik va agressivlik kabi psixikasining holatlarida namoyon bo‘ladi. 
Bunday nizolar qanchalik ko‘p bolsa, bolalar dunyosi va kattalar 
dunyosi orasida farq shunchalik ko‘p boladi.
Levin konsepsiyasining yutugl shundaki, u o‘spirinlikni ijti- 
moiy-psixologik hodisa sifatida qaraydi, shaxsning psixik taraqqi- 
yotini uning ijtimoiy holatining o‘zgarishi bilan boglaydi.
Ilk o‘spirinlik biogenetik va sotsiogenetik yo‘nalishlarining 
umumiy xususiyati shundaki, taraqqiyotning manbaalari va hara­
katga keltiruvchi kuchlarini ular psixik omillardan tashqarida 
izlaydilar. Birinchi holda organizmda ro‘y beradigan biologik ja- 
rayonlarga urg‘u beriladi, ikkinchisida shaxs ishtirok etadigan ij­
timoiy jarayonlarga urg‘u beriladi.
Psixogenetik yo‘nalish har ikkala yo‘nalishning ahamiyati­
ni kamaytirmagan holda, psixik jarayonlarning rivojlanishini 
birinchi olinga qo‘yadi. Bu yo'nalishni uchga bolib olganish 
mumkin. Ular:
Xulq-atvorni hissiyot, mayl va boshqa psixikaning ratsional 
bolmagan tarkibiy qismlari bilan tushuntiruvchi nazariya psi- 
xodinamik nazariya deb ataladi. Bilish qobiliyatlari va intellekt- 
ning rivojlanishiga urg‘u beriladigan konsepsiya kognitiv yoki 
kognitiv-genetik konsepsiya deb ataladi. Shaxsning rivojlanishi­
ga urg‘u beriladigan konsepsiyalar personologik konsepsiyalar deb 
ataladi.
377


Ilk o‘spirinlik haqida psixodinamik nazariyaning yirik namo- 
yandasi mashhur amerikalik psixolog E.Erikson hisoblanadi. 
Uning falsafiy-metodologik qarashlari freydistik-psixoanalizning 
davomi hisoblanadi. Z.Freyd shaxs taraqqiyotining asosiy hara- 
katlantiruvchi kuchi biologik jinsiy mayl («libido») deb hisoblaydi. 
Eriksonning ta’kidlashicha, insonning rivojlanishi, o‘zaro bogliq 
uch jarayondan iborat: biologiya olganadigan jismoniy taraqqi­
yot, psixologiya olganadigan ongli «Men»ning rivojlanishi, ijti- 
mioy fanlar olganadigan ijtimoiy rivojlanish. Taraqqiyotning aso­
siy qonuni — «epigenetik prinsip» bolib, rivojlanishning har bir 
yangi bosqichida oldingi bosqichlarda bolmagan yangi hodisa va 
xislatlar paydo boladi. Taraqqiyotning yangi fazasiga olish «nor­
mativ inqiroz» shaklida oladi, u tashqaridan patologik hodisa- 
ga o‘xshaydi, lekin o‘sishning normal qiyinchiliklarini ifodalaydi.
Taraqqiyotning yangi bosqichiga olish oldingi bosqichga 
xos bolgan asosiy qarama-qarshilikni hal qilish asosida mum­
kin boladi. Agar qarama-qarshilik hal qilinmasa u albatta keyin 
namoyon boladi.
Erikson hayotiy siklni sakkiz bosqich (faza)ga boladi.
Birinchi bosqich — go‘daklik. Uning asosiy maqsadi — tashqi 
dunyoga «ishonish» hissini hosil qilishdir. Uning asosiy vositasi 
ota-onaning muhabbati va g‘amxo‘rligidir. Agar go‘dakda «asos- 
li ishonish» vujudga kelmasa, unda dunyoga «asosli ishonmaslik», 
xavotirlanish hissi paydo boladi.
Ikkinchi bosqich — ilk bolalik — bolada uyat va shubhalanish 
kabi hislar paydo boladi. Bolada mustaqillik, mas’uliyat, tartib va 
intizomni hurmatlash kabi xislatlar paydo boladi.
Uchinchi bosqich — o‘ym yoshi (5—7 yosh) tashabbus hissi, 
nimadir qilish hissi paydo boladi. Bu yoshda guruhiy o‘yinlar, 
tengdoshlari bilan muloqot, xayolning rivojlanishi muhim hi­
soblanadi. Bu yoshda adolat, qoidaga mosligini tushunish hissi 
paydo boladi.
Toltinchi bosqich — maktab yoshidagi yangi psixologik tuzil- 
ma — maqsadga erishish qobiliyati, tashabbuskorlik hissidir.
378


Beshinchi 
bosqich 
— o‘spirinlik 
bolib, 
boshqalarga 
o‘xshamaslik, individuallik hissining paydo bolishi bilan xarak- 
terlanadi. Erikson o‘z-o‘zini anglash, vaqtni yangicha his qilish, 
jinsiy qiziqishlar shakllanishi mexanizmlarini toliq tavsiflaydi.
Oltinchi bosqich — yoshlik — boshqalar bilan intim psixologik 
yaqinlik, jumladan, jinsiy yaqinlik ehtiyoji va qobiliyati paydo 
boladi.
Yettinchi bosqich — yetuklik davrida hayotiy faoliyatning 
barcha sohalarida (mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht 
qoldirishda, tajriba uzatish va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi 
uzluksiz hamroh boladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida 
turtki vazifasini bajaradi.
Sakkizinchi bosqich, ya’ni qarilik — inson sifatida o‘z burchi- 
ni uddalay olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qa- 
noatlanish tuyg‘ulari bilan xarakterlanadi.
Personologik yo‘nalish vakillari, jumladan E.Shprangerning 
ta’kidlashicha, bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar: shaxsiy «Men»ni 
kashf qilish, refleksiyaning o‘sishi, o'zining individualligini anglash 
va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof etish, hayotiy ezgu rejalarning 
paydo bolishi, o‘z shaxsiy turmushini ongli holda qurishga inti­
lish va hokazolardir. Shpranger o‘spirinlikni ikki davrga boladi. 
Birinchi davr 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘spiri- 
nlarda o‘zlarini kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan 
qutulish tuyg‘usi paydo bolishidan iboratdir. 17—21 yoshlilarning 
asosiy xususiyati ularda tengqurlaridan «ajralish» inqirozi va tan- 
holik istagining paydo bolishidir. Bu holat tarixiy shart- sharoit- 
lardan kelib chiqadi. Shpranger ilk o‘spirinlarda o‘z-o‘zini anglash 
va qadriyatlar yo‘nalganligiga asos solgan. Bu yo‘nalishni ke­
yinchalik K.Byuler, A.Maslou va boshqalar davom ettirganlar.
Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, 
Dj.Kelli, L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm 
va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intellekt nazariyasi 
aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni 
o‘z ichiga oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik va
379


m oslashish , k o 'n ik is h d a n iborat bo'lib, a q l- id ro k n in g fu n k sio n a l 
invariantligi deb yuritiladi.
U intellektni quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) s e n ­
s o m o to r intellekt (tu g‘ilish d an 2 yoshgacha); 2) o p e ratsiyalardan
ilgarigi ta f a k k u r davri (2 y o shd an 7 yoshgacha); 3) k o n k ret o p e - 
ratsiyalar davri 7—8 y o s h d a n 11—12 yoshgacha); 4) rasm iy o p e - 
ratsiyalar davri.
Hayotiy istiqbol rejalarni qu rish , kelajakka y o 'n a lg a n lik o'spi- 
rin h a y o tin in g m a z m u n ig a aylanadi. Ilk o 's p irin lik d a v rid a m u s t a ­
qil hayot oston asig a q a d a m q o 'y ish — ta ra q q iy o tn in g m u h i m ijti­
m oiy vaziyatidir. 17 yoshdagi in q iro z ja r a y o n id a shaxsiy taraqqiyot 
subyekti sifatida i n s o n n i n g sh a k lla n is h vazifasi hal qilinadi. Ilk 
o 's p ir in lik d a n katta o 's p ir in lik k a o 'tis h d a kasbiy o 'z - o 'z i n i belgi- 
lash tugallan ib , o 'z - o 'z i n i n a m o y o n qilish a m a lg a oshadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin