va muskul-harakat sezgilari orqali oladigan taassurotlar ham ju
da muhimdir.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi ta
fakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni
olishga harakat qila olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishi-
da ko‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, ko‘rgaz-
mali-harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bogliqliklarni o‘rga-
nishga xizmat qiladi.
0
‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir
uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bo
la, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni
tayoqcha yordamida olish mumkinligini tushuna boshlaydi. Bu
davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‘rin tutadi.
Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan,
soat deyilishi bilan bola qo‘l soatini yoki devordagi osma soat-
ni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois,
ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu
borada fikrlash 2—3 yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning
o‘rniga ularning o‘rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa
narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o‘yin jarayonida bola
cho‘pni qoshiq yoki termometr o‘rnida, yog‘ochdan yasalgan kro-
vat yoki mashina o‘rnida foydalanishi mumkin.
Bola ikki yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi mar
ta foydalana oladi, uchinchi yoshida esa ba’zi tanish harakat-
lardan konkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana bosh
laydi. Masalan, bu yoshdagi bola vazadagi tugmachani qo‘li bilan
solib, ololmasa, u vazachani to‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu
boshlang‘ich shaklini ba’zan «qo‘l tafakkuri» ham deyiladi. Ta
fakkurning bu shakli bola aqliy taraqqiyotining kelgusi bosqichi
uchun juda zarurdir.
Dostları ilə paylaş: