Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlaming asosi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bogliq munosabatlami o'zida aks ettirmagan. Pulning nazariy tabiati bir nechta bolib, qator konsepsiyalarda uning mayjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” konsepsiyalarga ajratish mumkin. Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi. Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovami sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko'rinishi kabi belgilariga e’tibor qaratiladi.
Albatta, pul nazariyasining ko‘p qirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislaming pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi haqidagi qarashlari, talimotlari va g'oyalari juda ko‘p hollarda birbiridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlaming pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir.
Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir-biriga boglab turadi, ular o'rtasida mahsulotlar va resurslar almashinuvini ta’minlaydigan mexanizmga amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bolib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ulaming manfaatlarini bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Kisilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o'rtasidagi ayirboshlashni ta’minlovchi va ulaming manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi. Malumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya’ni tovarni-tovarga almashtirish jarayoni malum qiyinchilik va qo'shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar.
Pul - barcha tovarlaming umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan “maxsus tovar” bolib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati olchanadi. Pulning
jamiyatda amal qilishi va uning evolyutsiyasi bilan bogliq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi.
2. Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi XVI - XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik sifatida jamg'arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. Agar, kapitalizm natural - feodal tuzum sharoitida rivojlanib uning asosini bozor munosabatlari tashkil etishini e’tiborga olsak, pulning metallilik nazariyasi kishilik jamiyatining natural - feodal tuzumi davriga borib taqaladi.
Malumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metal asosida aniqlanadi, metall tangalar o'zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, ulardan tanga (moneta)lar zarb
etilgan. Shu bois ham metall pul nazariyasini qo’llab quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog'oz pul nazariyasini inkor etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari ushbu talimotni yoqlab chiqqanlarida asosan nodir metallami, ya’ni kumush va oltin tangalami nazarda tutadilar. Ulaming talimotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul bo’lib, ular o‘z qiymatlarini yo’qotmaydi. Shu bilan birga, kumush va oltin pullar ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda inflyatsiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya talddlaydilar. Dastlab pulning metallilik nazariyasi Angliya iqtisodiynazariyachilarining talimotlarida paydo bolgan. Metall pulnazariyasi tarafdorlari sifatida U.Stafford (1554-1642) - T.Men (1571-1641), D.Nors (1641-1691)larni takidlash mumkin. Ular pul nazariyasi asosida metall pullar ijtimoiy
ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida tabiiy ravishda vujudga keladigan jarayon sifatida emas, balki metal pullarni vujudga kelishini kishilik jamiyatining malum
davrida shakllangan, rivojlangan va chuqurlashib borayotgan ayirboshlash natijasi sifatida qarashgan.
Metall pul nazariyasining taniqli asoschilari Fransua Kene va Adam Smitlar ekanligini takidlash maqsadga muvofiq. Klassik maktabning fiziokratlar yo'nalishining asoschisi Fransua Kene o'zining ishlab chiqarish va takror
ishlab chiqarish munosabatlariga bag'ishlangan asarida metall pul nazariyasiga yetarlicha e’tibor qaratadi.
Xususan u: “takror ishlab chiqarish qo'shimcha xarajat (investitsiya) lar hisobiga uzluksiz yangilanib turadi.
Qo'shimcha xarajatlar metall ko'rinishida pullar hisobiga amalga oshirilib, metall pullar ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o'rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda ayirboshlash vositasi sifatida ishtirok etadi, iste’mol qiymatiga ega bolgan tovarlar ayirboshlash jarayonida bir marta ishtirok etganidan so‘ng ushbu jaryonni tark etadi va iste’mol qilinadi. Biroq, pullar esa ayirboshlash jarayonida takror va takror ishtirok etadi, aynan shu jarayonda pullaming metalll tangalardan iborat bolishi, birinchidan ular o'zining dastlabki xossasini yo'qotmaydi, ikkinchidan ularda pulning haqiqiy qiymati
o‘z aksini topgan” - degan talimot asosida metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi.
Klassik maktabning asoschisi, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit bozorda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi
o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar “ko’rinmas qo’l” qoidalari va “tabiiy tartiblash” tizimi yordamida amalga oshiriladi, aynan shu munosabatlarda metall tangalar ushbu jarayonni amalga oshirishda muhim moliyaviy mexanizm sifatida ishtirok etadilar, degan talimotni ilgari suradi. Ularing nazdida “ko'rinmas qol” talab va taklif bolib, ishlab chiqaruvchi o‘zi yaratgan moddiy ne’matlari bilan bozordagi taklifni shakllantiradi, iste’molchi esa malum darajadagi ehtiyojini qondirish uchun qilgan harakati natijasida talabni vujudga keltiradi. Aynan mana shu jarayonda tomonlaming manfaatlari bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar massasi va ulami sotib olish uchun zarur bolgan pul massasi o‘rtasidagi bogliqlik natijasida o'zining yechimini topadi. Agar iste’mol uchun taklif etilayotgan tovar massasi pul massasiga nisbatan ko‘p bolsa ulaming bahosi pasayadi va iste’molchining
tanlov imkoniyatlari ortadi va aksincha. Adam Smitt va boshqa metall pul nazariyasi tarafdorlari aynan mana shu jarayonda muomalada metal tangalaming ishtirok etishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlaming haqiqiy qiymatini xolisona baholashda qol kelishi asosida metal pul nazariyasini ilgari suradilar. Chunki tolov vositasi sifatida metall tangalar amal qilgan sharoitda bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar hajmi pul hajmidan kam bolganda, metall tangalaming ortiqcha qismi pul sohibi tomonidan moddiy boylik sifatida jamg'armaga yo'naltiriladi, ya’ni metall tangalar (asosan oltin, kumush tangalar nazarda tutilayapti) kam miqdorda taklif etilayotgan tovar va moddiy ne’matlar qiymati (bahosi)ni sun’iy ravishda ortib ketishiga yol qo'ymaydi. Buning asosiy sababi metall pullar haqiqiy qiymatga ega bolib, kelgusida ham ular o‘zining qiymatini yo‘qotmasligi pul sohibiga katta ishonch baglshlaydi va avtomatik ravishda bozordagi talab va taklifga qarab malum davrda to’lov vositasi sifatida, malum davrda esa moddiy boylik sifatida namoyon boladi.
Bizning nazarimizda, metall pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy yutuqlari ham shunda bolib, muomalada metall pullar tolov vositasi vazifasini bajargan
paytda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi vujudga kelmagan, shu bilan birga davlat tomonidan pul-kredit siyosatini amalga oshirish va tartibga solish kabi masalalariga ehtiyoj tugllmagan. Shu bilan birga, pulning metallilik nazariyasi tarafdorlarining ayrim kamchiliklari mavjud bolib,ularning asosiylari quyidagilarda ko'rinadi.
Birinchidan, pulning metallik nazariyasi tarafdorlari pulning barcha funksiyalarini bajaruvchi haqiqiy pullami keyinchalik ulaming o'rinbosarlari hisoblangan qog'oz
pullar bilan almashtirilishini inkor etdilar. Ular haqiqiy qiymatga ega bolgan metall pullami qog'oz pullarga almashtirish mumkinligini va uning tabiatini tasawur qila olmadilar. Biroq, o'sha davrlarda ham qog'oz pullar Xitoyda juda keng miqyosda tolov vositasini bajarar edi.
Ikkinchidan, metall pul nazariyachilari pullami Tovar ayirboshlash munosabatlari ta’sirida vujudga kelganligini, shuningdek, pulning tarixiy - iqtisodiy kategoriya ekanligini tushunib yetmadilar. Uchinchidan, metall pul nazariyachilari talimotida
(R.Xarrod) iqtisodchilar shular jumlasidandir. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlaming tobora rivojlanib borishi, shu bilan birga kishilaming ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash munosabatlari hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining keskin sur’atlar bilan ko'payishi muomalada foydalanib kelingan metall tangalar bilan parallel ravishda qog'oz pullar ham tolov vositasi sifatida amal qila boshladi, evolyutsion tarzda malum ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar oqibatida metall (kumush va oltin) pullar o‘z о‘mini qog'oz pullarga bo'shatib berdi. Bu pulning nominalist nazariyasining vujudga kelishiga zamin yaratdi.
3. Pulning nominallik nazariyasi
Nominal pul nazariyasi xususidagi tadqiqotlar natijasida ushbu nazariyani turlicha nomlanishining guvohi bo'ldik. Masalan, rus tilida pul nazariyasi haqida yozilgan adabiyotlarda “номиналистическое теория денег”, “металлическая теория денег” tarzida, o'zbek tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda “pulning nominalistik nazariyasi”, “nominal pul nazariyasi” yoki “metall bolmagan pul nazariyasi” tarzidagi so'z birikmalarini uchratish mumkin.
Shu bois, dastlab pulning “metall bolmagan nazariyasi”
haqida ayrim mulohazali holatlami oydinlashtirib olish
maqsadga muvofiq degan fikrga keldik. Metall bolmagan
pul nazariyasi turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin
etilishining asosiy sabablaridan biri, pul nazariyasi to'g'risida yaratilgan iqtisodiy asarlaming deyarli barchasi xoriji tillarda, asosan ingliz, nemis tillardan rus tiliga undan so‘ng esa o'zbek tiliga o'girilganligida bolsa kerak.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog'oz pullar e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bolsak, shuningdek nominal pul nazariyasining amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadigan bolsak, nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullar nazariyasi” tarzida
ifodalash ham mumkin boladi.
Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida
yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu
nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini
beradi.
Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlami quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar talimotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII-XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bolmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog'oz pullar emas, balki haqiqiy bolmagan tanga monetalar tashkil etgan.
Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli (1685-1780) va
Dj.Styuart (1712-1780) hisoblanadi. Ulaming nazariyalari
asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan
yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal
qiymati bilan aniqlanadi.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi
shundaki, ulaming talimotiga ko'ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, shuningdek, milliy xo'jalik doirasida tolov vositasini bajaradigan pullaming kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bolgan talab asosida o'zgarib turadi.
Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri
asosan XIX asming oxiri va XX asming boshlariga to‘g‘ri
kelib, uning ko'zga ko'ringan tarafdorlaridan biri, nemis
olimi G.Knapp (1842 - 1926) hisoblanadi. G.Knappning pul
nazariyasini, uning talimoticha malum qiymatga ega bolmagan monetalarda emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi. Nominal pul nazariyachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ulaming talimotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning talimotida inobatga olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullaming qiymati davlat tomonidan emas, balki ulaming emitentlari tomonidan belgilangan nominal qiymatga ega bolib, ushbu qiymat
o'zgarishga moyildir, ya’ni ulami muomalaga chiqargan
emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab
qolish imkoniyatiga ega bolmaydilar.
Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari
qog'oz pullaming qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki
tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g'oyani ilgari suradilar. Nominal pul nazariyasi vakillarining talimoti
Germaniya tomonidan birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi emissiya jarayonida namoyon boldi. Biroq,
ushbu talimotning haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada
1920 yillarda yuz bergan giperinflyatsiya sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan
juda katta miqdordagi qog'oz pullar juda tez muddatda
700-800 foiz darajasida inflyatsiyaga uchrashi natijasida
mamlakatda pul-kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning
natijasida ishlab chiqarishga bolgan qiziqish pasayib,
kishilar moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlami sotish hisobiga qo'shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va qo'shimcha moddiy ne’matlami yaratish malum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyatsiya natijasida o'zining qiymatini yo'qotar edi.
Tahlillar natijasi shuni ko'rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o'matilib, uning amal qilishi ham toliq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan talimot o'zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog'oz pullarning nominali davlat tomonidan o’rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi to’lig’ligicha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish
qobiliyatini mustahkam yoki zaif bolishi davlatning
nazdidan anchagina yiroqda bolib, davlat unga ta’sir o’tkazish imkoniyatiga ega bolmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
4. Pulning miqdoriy nazariyasi
Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baholar darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi fransuz
iqtisodchisi J.Boden (1530-1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711-1776) va Dj.Mil (1773-1836), shuningdek fransuz Sh.Monteske (1689 - 1755) rivojlantirdi.
D.Yum Angliyaga XVI-XVII asrlarda Amerikadan kata hajmda nodir metallaming kiritilishi natijasida baholami ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan talimotini ilgari suradi. Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni
faqat to’lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ulaming fikricha, pul va tovar ayirboshlash jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati niqlanadi degan noto‘g‘ri g’oyani ilgari suradilar.