Pul nazariyalari



Yüklə 392,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix13.06.2023
ölçüsü392,59 Kb.
#129673
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
2-Mustaqil ish

Spekulyativ motiv 
Agar Keynsning nazariyasi ya’ni aholi pulni kutilmagan vaziyatlar va har 
kungi xarajatlar uchun saqlash bilan chegaralanib qolganida bunda pulga bo‘lgan 
talab faqatgina daromadlar hajmi bilan aniqlanar edi va Keynsning yondashuvi 
klassiklarning yondashuvidan farq qilmas edi. Ammo u shuningdek pulni boylik 
to‘plash sifatida ham qaragan va bu saqlash metodni spekulyativ metod deb 
qaragan. Boyliknig daromad bilan uzviy bog‘ligidan kelib chiqib Keyns qayd 
etadiki, pulga bo‘lgan talabning spekulyativ tarkibi daromadga bog‘liq. Keyns 
aktivlarni bo‘ldi, boylikni saqlash vositasi kabi ishlatiladiganlarni ikki kategoriyaga 
pullar va obligatsiyalarga bo‘ldi. Keyin savol berdi “ nega odamlar boylikni pul 
sifaatida saqlashni afzal ko‘rishadi obligatsiyaga nisbatan ? “ 
Aktivga bo‘lgan talab nazariyasiga ko‘ra siz pullarni saqlaysiz agar ularning 
daromad olib kelish ko‘rsatkichi obligatsiyalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lsa. Keyns 
o‘ylardiki pulning daromad olib kelish darajasi nolga teng, chunki o‘sha paytda 
ko‘plab depozit cheklarga protsentlar to‘lanmas edi. Obligatsiyalardan 
kutilayotgan daromad ikki qismdan iborat :protsentli to‘lov va kutilayotgan 
kapitalning o‘sishi. 
4 bobdan malumki obligatsiya narxi foiz stavkaning o‘sishi bilan tushadi. Agar 
foiz stavkaning o‘sishi kutilayotgan bo‘lsa demak, obligatsiyalar narxi tushadi, 
qaysikim kapitalning negativ o‘sishiga olib keladi. Sezilarli darajada foiz 
stavkalarda o‘sish kuzatilsa kapitalning yo‘qotilishi foizli to‘lovdan ilgarilab o‘tib 
ketadi va kutilayotgan obligatsiyalar daromadi negativ(manfiy) bo‘ladi. Bu holatda 
siz boyligingizni pul sifatida saqlashni istaysiz, chunki ularning kutilayotgan 
daromadi balandroq (pulning nol daromadi obligatsiyalarning manfiy 
daromadidan yuqoriroq). 
Keyns taxmin qildiki kutilayotgan foiz stavka qandaydir normal ma’noga 
intiladi( hozirgi kunda bu taxmin unchalik to‘g‘ri emas ). Qachonki foizli stavka 
o‘zining normal manosidan kichikroq bo‘lganda, odamlar uning o‘sishini va 
kapitalning yo‘qotilishini kutishadi va shuning uchun tez orada o‘z boyliklarini pul 
ko‘rinishida saqlashni afzal ko‘rishadi, obligatsiya ko‘rinishidan ko‘ra pulga talab 
yuqoriroq bo‘ladi.
Pulga bo‘lgan talab qanday nomoyon bo‘ladi agar foiz stavka o‘zining normal 
ko‘rinishidan kattaroq bo‘lsa? odamlar foiz stavkaning paasayishini kutishadi, 
obligatsiya narxlarining ko‘tarilishini va kapitalning musbat ko‘tarilishini 
kutishadi. foizning etarli darajada katta bo‘lishida obligatsiyalardan kutilayotgan 
daromad musbat bo‘ladi, kutilgan daromad pulidan yuqori bo‘ladi. Bu holatda 
imtiyoz obligatsiyalarga beriladi va pulga talab kamyadi. Bu mulohazalardan 
quyidagi xulosaga kelinadi: foizli stavkaning o‘sishida pulga talab pasayadi demak 
pulga bo‘lgan talab hajmi teskari bog‘liklikda foizli bog‘liqlikga ega. 



Yüklə 392,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin