1.Pul tizimi va uning mazmuni 2.pul tizimi shakllar va ularning evolyutsiyasi, bimetalizm, monometalizm 3.Oltinga almashdigan kredit pullar tizimi 4.Pul tizimi elementlari 5.Bazai xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari 6.O’zbekiston Respublikasi pul tizimi barqarorligini ta’minlash yo’llari
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi. Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1.pul tizimini tashkil etish tamoyillari; 2.pul birligi; 3. baho masshtabi; 4. pulning turlari; 5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari; 6. pul muomalasini tartibga solishning usullari; 7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul tizimini tashkil etish tamoyillari–pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib vaqoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har bir mamlakatda pul – kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan. Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi. Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olishqobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi.