Pul tizimi va uning evolyutsiyasi Mundarija: Kirish


Pul-kredit orqali tartibga solish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/12
tarix22.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#146845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
MAVZU Pul mohiyati va asosiy vazifalari

Pul-kredit orqali tartibga solish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlari asosida pul massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi.
Muomaladagi pul massasini tartibga solish tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini o‘zgartirish, qimmatli qog‘ozlarni va chet el valyutasini xarid qilish va sotish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banklarida joylashtiriladigan tijorat banklarining majburiy rezervlari normasini hamda foiz stavkalarini o‘zgartirish yo‘llari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oxirgi bo‘g‘in kreditor bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi.
Naqd pul muomalasi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududlarda naqd pullarning zaxirasini shakllantirish hamda muomalaga chiqarilmagan naqd pullarni saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmalarida (bundan buyon matnda Bosh boshqarmalar deb yuritiladi) zaxira jamg‘armalarini tashkil etadi.
2. Tijorat banklari va ularning filiallari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish uchun majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar.
3. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
naqd pullar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomalaga kiritilgan banknotlar va tangalar;
naqd pul muomalasi — tovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda banknot va tanga ko‘rinishida naqd pullarning uzluksiz harakati;
minimal limit — banklarda naqd pul zaxirasi qoldig‘ining quyi chegarasi bo‘yicha belgilanadigan me’yor;
maksimal limit — Bosh boshqarmalar Hisob-kitob kassa markazlari (bundan buyon matnda HKKM deb yuritiladi) hamda banklar aylanma kassalarida kun oxirida qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘ining eng yuqori chegarasini belgilaydigan me’yor;
naqd pullarning zaxira jamg‘armasi — tegishli hududdagi banklarni yetarli miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash maqsadida Bosh boshqarmalarda tashkil etilgan banknotlar va tangalarning zaxirasi;
naqd pul zaxirasi — aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida va to‘liq qondirilishini ta’minlash maqsadida banklarda tashkil etilgan banknot va tangalarning zaxirasi;
naqd pullar kirimi — bank kassalariga banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida qabul qilinishi;
naqd pullar chiqimi — bank kassalaridan banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida chiqim qilinishi;
madad pullari — banklarning aylanma kassalarini Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassalaridagi, zarur hollarda zaxira jamg‘armalaridagi naqd pullar hisobidan ta’minlash;
kassa ramzlari — bank kassalari orqali naqd pullarning kirim manbalari va chiqimi maqsadlari bo‘yicha tahlil qilish, shuningdek banklararo naqd pullar harakatini aks ettirishda foydalaniladigan ramzlar to‘plami.
Naqd pul muomalasini tashkil etish
4. Banklar naqd pul muomalasining holatini muntazam ravishda o‘rganadilar va tahlil qiladilar, shuningdek aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablari o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlaydilar.
5. Banklar:

    • bank kassalarida amalga oshirilgan naqd pullarning kirim va chiqim amaliyotlarini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan kassa ramzlaridan foydalanadilar;

    • bank kassalariga kirim qilingan naqd pullarni filiallar, mijozlar va kirim manbalari bo‘yicha doimiy ravishda monitoring qilib boradilar;

    • naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar va zarur bo‘lganda ulardan foydalanadilar;

    • mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini amalga oshirish uchun bank kassalarida naqd pullarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘radilar.

6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatini hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun naqd pullarni bank kassasidan olish muddatini, shuningdek o‘z kassasida kun oxirida qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘iga limitni belgilash bo‘yicha har yilning yanvar oyi mobaynida, yangi hisobvaraq ochgan mijozlar keyingi oydan kechikmasdan, mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob ma’lumotnomasini ikki nusxada to‘ldirgan holda xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etadilar.
Bank tomonidan ushbu hisob-kitob ma’lumotnomasi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda kelishilgan holda to‘ldirilgandan so‘ng bank muhri bosilib, ushbu ma’lumotnomaning bir nusxasi xo‘jalik yurituvchi subyektga qaytariladi va ikkinchi nusxasi bankning naqd pul muomalasi bo‘limi (mas’ul xodim)da har yil uchun alohida tarzda yig‘ib boriladi.
Mazkur hisob-kitob ma’lumotnomasining almashinishi xo‘jalik yurituvchi subyekt va bank o‘rtasida elektron shaklda amalga oshirilishi ham mumkin.
7. Banklar naqd pul muomalasining holatini hamda bu holatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida qondirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritishlari mumkin.
8. Bosh boshqarmalar zimmasiga tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish hamda banklarning bu boradagi faoliyatini monitoring qilgan holda muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatiladi.
9. Bosh boshqarmalar:

    • tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etadilar va uning samarali tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydilar;

    • tegishli hududda naqd pul muomalasining holatini o‘rganadilar, banklarning kassa aylanmalarini, shuningdek naqd pul muomalasining holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni jamlaydilar va tahlil qiladilar, naqd pul muomalasini tartibga solishga va banklarning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir ko‘rsatmalar beradilar;

    • zarur hollarda naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi va naqd puldagi to‘lovlarning belgilangan muddatlarda to‘lanishi bo‘yicha asoslangan takliflarni tayyorlab, mahalliy davlat boshqaruvi organlari muhokamasiga kiritadilar;

    • tegishli hududdagi aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlash maqsadida banklar o‘rtasida naqd pullarni qayta taqsimlaydilar.

Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlarining chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining rivojlanishi pulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob – kitoblarda qo‘llanilayotgan elektron pullar ko‘rinishi darajasigacha yetib kelishiga sabab bo‘ldi. Albatta bu juda uzoq davrni o‘z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda hayot kechirgan va natural xo‘jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar, hayvonlar, mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bo‘lsa, miloddan oldingi VII – VI asrlarda metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog‘oz pullar, XX asrdan esaelektron pullar iqtisodiyotga to‘lov vositasi sifatida kirib keldi.
Demak, pul bugungi kundagi ko‘rinishiga yetib kelguncha juda uzoq davr va ijtimoiy –iqtisodiy jarayonlarni bosib o‘tgan. Pulning turlarini o‘rganishda uni asl qiymatga ega bo‘lgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bo‘lmagan (o‘rinbosar) pul sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar to‘lov vositasini bajarganda ular o‘z qiymati bo‘yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan, iqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lmagan. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga nisbatan birnecha marta past bo‘lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy ravishda tartibga solinib turish lozim. Aks holda iqtisodiyotda pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi va qog‘oz pullar o‘zining to‘lov vositasi sifatidagi qobiliyatini yo‘qotadi. Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‘lgan:
– nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;
– qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmagan;
– ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi.
Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Masalan, bug‘doy, tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo‘qotgan.
Natural pullar
Jamiyatning dastlabki davrlarida to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko‘rinishida bo‘lgan. Natural pullar – bu real ko‘rinishga ega bo‘lgan tovarlardir, ushbu pullarning qiymati tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma’lum bir tovarning pul o‘rnida foydalanishda uning iste’mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan. Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.
1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan tayyorlangan
buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak va boshqalar.
2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar.
3. O‘simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‘simliklar va ularning mevalari kiradi. Masalan, bug‘doy, mevalar, tamaki va boshqalar.
Natural pullarning paydo bo‘lishi va ulardan foydalanish tarixi juda chuqur va
qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha kishilar topgani o‘rtada bo‘lgan, birgalikda iste’mol qilgan, keyinchalik bir urug‘ga mansub kishilar qabila – qabila bo‘lib yashay boshlagan. Qabila ichida odamlar bir – biriga yordam berishi, oziq – ovqatlarni baham ko‘rishi kerak bo‘lgan. Bu beg‘araz tartibda amalga oshirilib, buning o‘rniga ular bir – biridan hech narsa umid qilmagan, hamma narsa o‘rtada bo‘lgan. Keyinchalik ibtidoiy urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti – vaqti bilan ular o‘rtasida dahshatli qonli to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Ushbu
to‘qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi ustidan g‘alaba qozongandan keyin, ularning barcha narsalarini talon taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar, asosan iste’mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar o‘rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Tosh asri davrida kishilar yerlarni o‘zlashtirib ekin eka boshlagan, keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan narsalar barchasi bir yo‘la iste’mol qilingan bo‘lsa, endi ma’lum miqdorda zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u yerda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan. Shuningdek, keyinchalik hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar o‘rtasidagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqargan. Odamlar o‘rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani mehnat qurollari hisoblanadi. Mehnat qurollariga dehqonda, chorvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo‘lib, ular o‘z mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar – pullar hisoblanadi.
Kishilar o‘rtasida ayirboshlash jarayonlarining tezlashuvi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining ortishiga olib keldi. Iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi natijasida kishilar metalni kashf etdilar, undan turli xil mehnat qurollarini yasab kundalik hayotida foydalandilar. Shu bilan birga, ushbu mehnat qurollari to‘lov vositasi vazifasini ham bajardi. Keyinchalik esa metalldan tanga pullarni zarb qilish yo‘lga qo‘yildi. Bularning barchasi ayirboshlash munosabatlari jarayonida foydalanib kelinayotgan natural pul shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin tayyorladi.
Metaldan yasalgan mehnat qurollarining to‘lov vositasi sifatida foydalanganligining xususiyati shunda ediki, kishilar metaldan tayyorlangan bolta va shunga o‘xshash narsalardan to‘lov vositasi sifatida foydalangan bo‘lsada, ular boshqa maqsadda, ya’ni kundalik hayotda foydalanish uchun yaratilgan edi. Masalan, kishilar metaldan yasalgan boltadan ayirboshlash vositasi sifatida keng foydalangan, lekin u to‘lov vositasini bajaradigan tanga ko‘rinishiga ega bo‘lmagan. Odamlar stixiyali ravishda metalldan yasalgan boltani to‘lov vositasi o‘rnida foydalanishgan. Pulning natural ko‘rinishidan metall tanga shakliga o‘tishi, yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan.
1.Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi. Ta’kidlaganimizdek, bolta va shunga o‘xshash temir qurollardan pul vositasi sifatida foydalanilgan, lekin ularni puldan foydalnishning metall davri deb yurita olmaymiz. Chunki, ushbu mehnat qurollarining funktsiyalari boshqa bo‘lgan. Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin oradan juda ko‘p davrlar o‘tishi bilan unga ishlov berish yo‘llarini o‘rgandilar. Bu o‘z – o‘zidan metall tangalarni zarb etishga turtki bo‘ldi.
2.Davlatchilikning paydo bo‘lishi. Metall kashf etilib, odamlarga unga ishlov berish yo‘llari ma’lum bo‘lgandan so‘ng, ma’lum hudud va qabilalar alohida kishilarning hukmronligi, xonligi va qirolligi ostida boshqarila boshlandi. Bu o‘z o‘zidan o‘sha davrning hukmroni, xoni.
3.Kishilar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi natijasida ushbu
jarayonning murakkablashuvi. Masalan, dehqon bir qop bug‘doyni bitta boltaga ayirboshlashi uchun temirchi kosibning hoxishi dehqonning hoxishiga mos kelishi lozim. Ya’ni mazkur holatda, temirchining bir qop bug‘doyga ehtiyoji bo‘lishi kerak. Biroq, temirchiga bir qop bug‘doy emas, balki bitta qo‘y kerak bo‘lsa, u holda dehqon bug‘doyni qo‘yga almashtirishi, so‘ngra qo‘yni temirchiga olib kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‘lar edi. Ko‘rinib turibdiki, kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ayirboshlash hajmining ortishi natural pullarni to‘lov vositasi sifatidagi vazifasini amalga oshirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi.
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi. Alabatta, o‘sha paytlarda pulning vazifasini bajargan bolta yoki boshqa mehnat qurollarini saqlash qiyin bo‘lmagan bo‘lsada, lekin ularni olib yurish va xavfsizligini ta’minlash odamlarga turli noqulayliklarni keltirib chiqargan. Pulning vazifasini bajargan bug‘doy, jun, qo‘y yoki boshqa shunga o‘xshash narsalar esa vaqt o‘tishi bilan buzilgan, o‘zining dastlabki xususiyatini yo‘qotgan. Shu bilan birga, ularni olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan.
Bularning barchasi natural pullar o‘rniga metall pullarni muomalaga to‘lov vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi. Dastlab metall tangalar qora rangli temirlardan slitka ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lsa, keyinchalik to‘rtburchak, uchburchak, yumaloq ko‘rinishdagi tanga shaklini olgan.

Yangi qog‘oz pullar
Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy voqelik bo‘lib, ushbu jarayon o‘zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolarning asosiysi inflyatsiya hisoblanadi. Qog‘oz pullarning muomalaga chiqarilishi natijasida inflyatsiya muammosining paydo bo‘lishini asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan, ya’ni haqiqiy pullarning o‘rinbosarlari hisoblanadi. Qog‘oz pullarda aks ettirilgan nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog‘oz pullarning haqiqiy qiymati juda past. Manabalarga ko‘ra, dastlabki qog‘oz pullar Xitoy, Turkiston va Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, kishilar o‘rtasida ayirboshlash hajmi misli ko‘rilmagan darajada o‘sib bordi. Bu jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta’minlash borasida qator muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo‘ldi.
Oltin saqlovchilar asta – sekinlik bilan odamlarning ishonchiga kirib borishi
natijasida kishilar vaqtinchalik bo‘sh oltin tangalarini ma’lum haq to‘lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltin saqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuningdek, kimga, qachon va qancha oltin kerak bo‘lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi.
“A” shaxs “B” shaxsga sotib olgan tovari uchun to‘lagan oltin tangani “B” shaxs ham o‘z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga beruvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik oltin saqlovchi odamlar orasida tanilib, ishonchga kira boshlaganlaridan so‘ng odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga tilxatlarning o‘zini to‘lov vositasi sifatida bera boshladi. O‘z navbatida sotuvchi ushbu tilxatlarni to‘lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to‘lov vositasi sifatida o‘tkazib yubordi. Shu tariqa muomalada qog‘oz pullar paydo bo‘ldi. Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va yetarli darajada ishonchga ega bo‘lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‘lov vositasini bajara boshladi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar to‘lig‘icha oltin bilan ta’minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki odamlarning ishonchini suiste’mol qilishi natijasida muomalada ta’minlanmagan qog‘oz pullar paydo bo‘la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi. Bularning barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo‘jalik yuritish va hisob – kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda davlat qog‘oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya qilishni o‘z qo‘liga oldi. Buning uchun Bir necha asrdan keyin ushbu “oltin saqlovchilar” banklarga aylandilar. alohida davlat banki, ya’ni Markaziy bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog‘oz pullarni chiqarish, pul muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi.Angliyada qog‘oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari tomonidanmuomalaga chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‘z banknotasini muomalaga chiqardi. 1844 yildan boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.Pilning qonuniga asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi. Qog‘oz pullar ta’minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‘lmaganligi sababli ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to‘lov vositasi sifatida hisob – kitoblarda keng qo‘llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning oldini olish maqsadida og‘ir choralar qo‘llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‘oz pulning o‘ziga uni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 25 yil qamoq jazosi, ba’zi hollarda o‘lim jazosi ham qo‘llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz pullarni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan. Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va bilvosita ta’minlangan edi. Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni shu qog‘oz pullarda qabul qilishi bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” tarzidagi ma’nosi bir – biriga yaqin bo‘lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy termin ma’nosi va iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir – biridan tubdan farq qiladi. Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga naqd pullarni chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini o‘zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi. Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganda davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi. Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl qiymatga ega bo‘lmagan, o‘rinbosar pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi.
Banklarning rivojlanishi, o‘zaro to‘lovlar va hisob – kitoblar hajmining ortishi, shuningdek, texnika va texnologiyaning takomillashuvi natijasida XX asrning ikkinchi yarmidan electron pullar vujudga keldi. Elektron pullarning to‘lov instrumenti bo‘lib – plastik kartalar hisoblanadi.
Plastik karta – bu pullarni naqdsiz ko‘rinishda ko‘chirish yoki naqd pul ko‘rinishda olish imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari tomonidan chiqarilgan nomli to‘lov hujjat hisoblanadi. Plastik kartalar bank tizimi va undan foydalanuvchilar uchun qulaylik jihatlari juda ko‘p.
Xususan:
– kishi 1, 2, 3 mln so‘mni hamyonida olib yurolmaydi, lekin plastik kartada bunday muammo mavjud emas;
– hamyoningizdagi pulni yo‘qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz ularni begona shaxs foydalanishi mumkin, lekin plastik kartalardan begona shaxslarni foydalanish imkoniyati juda chegaralangan. Chunki ularning maxsus paroli mavjud, shu bilan birga, plastik kartani yo‘qotgan shaxs zudlik bilan bankka xabar bersa uning hisobraqamlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yish mumkin;
– banklar naqd pullarni tashish, saqlash, ularning hisobini yuritish va mijozlarga berish kabi qo‘shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‘ bo‘ladi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin