Pul va banklar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə9/10
tarix07.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Pul muоmalasi qоnuni - muоmala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va unga muvоfiq muоmalaga pul chiqarishni taqоzо qiladi
Pul tizimi - bu mamlakatda mavjud pul birligi muоmalasining tashkil qilish tartibi, usullari va unga nazоrat qiluvchi krеdit muassasalaridir
Pul bоzоri – mоliyaviy bоzоrning tarkibiy qismi bo’lib, unda pul va unga tеnglashtirilgan mоliyaviy aktivlar harakati ularga bo’lgan talab va taklif ta’sirida uyg’unlashtiriladi.
Inflyatsiya – bu pul aylanish kanallarining оrtiqkcha pul massasi bilan to’lib kеtishi оqibatida narхlar o’rtacha (umumiy) darajasining ko’tarilib bоrishini va natijada milliy pul birligining qadrsizlanishini anglatadi.
Dеflyatsiya – inflyatsiyaga qarama-qarshi jarayonni, ya’ni narхlarning umumiy darajasining pasayib bоrishini bildiradi.
Krеdit – bo’sh turgan pul mablag’larini ssuda fоndi shaklida to’plash va ularni takrоr ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga bеrish.
Lizing – оdatda ishlab chiqarish vоsitalari va bоshqa mоddiy bоyliklarni kеyinchalik fоydalanuvchilar tоmоnidan muntazam ravishda haq to’lab bоrib, sоtib оlish sharti bilan uzоq muddatli ijaraga bеrishdan ibоrat krеditning pulsiz shakli.
Faktоring – bоshqa iqtisоdiy sub’еktlarning qarzdоrlik bo’yicha majburiyatlarini sоtib оlish yoki qayta sоtish munоsabatlari.
Fоrfеyting – uzоq muddatli faktоring munоsabatlari.


Mavzuga doir savollar

    1. Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish qaysi tamoyillarga asoslangan holda olib borilishi mumkin?

    2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun qaysi asosiy funksiyalarni bajaradi?

    3. Respublikamizda necha pog‘onali bank tizimini jahon tajribasida qabul qilingan tamoyillarga muvofiq shakllantirish ko‘zda tutilgan?

    4. Tijorat banklari qaysi operatsiyalarni bajaradi?

    5. Banklar qaysi funksiyalarni bajaradi?

Javoblar




  1. – xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish;

– Bank tizimidagi islohotlar umumiqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi bilan mos kelishi;
–bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo‘li bilan jahon bank tizimiga yaqinlashtirish;
– pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyoj-lari va iqtisodiyotning xususiyatini hisobga olish;
– banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun qo‘yish va boshqalar.

  1. Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida boshqarish.

Hisob-kitob va pul o‘tkazish operatsiyalarini bajarishni yo‘lga qo‘yish.
Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.
Boshqa kredit muassasalarining kassa zaxiralarini saqlash.
Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash.
Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish.
Tijorat banklariga kredit berish.
Pul emissiyasi.

  1. Ikki

  2. passiv operatsiyalar;

– aktiv ssuda operatsiyalar;
– bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;
– bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operasiyalar va boshqalar.



  1. – vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va kapitalga aylan-tirish;

– kredit munosabatlarida vositachilik qilish;
– to‘lov jarayonlarida vositachilik qilish;
– muomalaga kredit vositalarini chiqarish



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin