Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari (Q.Odilov) (1)
1.4. Gazoraziryad yoki ionli elektron asboblar, ularning shartli belgilari Gazorazryad (ionli) elektron asbob deb, gaz muhitida elektr
razryad ishlatiladigan, unda elektron va ionlar yo‘naltirilgan
harakatini kuzatib boradiganiga aytiladi. Gaz m uhitida elektr
razryadi deb, gaz bilan to ‘ldirilgan bo‘shliq orqali tokning o'tishiga
bog‘liq b o ‘lgan hodisalaming yig‘indisi va razryad oralig'i deyiladi.
Gazorazryad (ionli) asboblarining elektrovakuum asboblaridan
asosiy farqi shundaki, ionli asbobning razryad oralig‘idan elektr
tokining o'tishi musbat ionlarning yo‘naltirilgan harakati bilan
amalga oshiriladi.
Gazorazryadli (ionli)larga:
— qorong‘i va sekin razryadlilar; Geyger-Myuller hisoblagichi;
neonli lampalar; sonli indikatorli lampalar; gazli stabilitronlar;
dekatronlar; sovuq katodli tiratronlar;
— toj razryadli asboblarga: toj razryadli stabilitronlar; raz-
ryadliklar;
— term okatod bilan nomustaqil yoyli razryadli asboblarga:
gazotronlar; cho‘g‘langan katodli tiratronlar; impulsli tiratronlar;
— rtutli katod bilan mustaqi! yoyli razryadli asboblarga: rtutli
ventillar; bir anodl,i metali rtutli ventillar; ignitronlar kiradi.
Bu asboblardan to ‘g‘rilagich (vipryamitel)larda, tokni o‘z-
gartiruvchi sanoat qurilmalarida, elektrpayvandlash asboblarida,
elektrodvigatellarida, hisoblash mashinalarida, avtomat-kassalarda
va boshqa sanoat elektronikasida keng qo‘Ilaniladi.
Shartli belgilarga kelsak, ular quyidagicha belgilanadi:
— tiratronlar — TG — gaz to'ldirilgan tiratronlar, gazotronlar
115
www.ziyouz.com kutubxonasi
— G G — gaz to'ldirilgan gazotronlar, stabilitron — SG — gaz
toMdirilgan stabilitronlar, indikatorli lam palar — IN — neon
toMdirilgan indikatorlar va h.k.
2-hob. Y A R IM O T K A Z G IC H L I ASB O B LA R