1707- yili P. Buagilberning «Fransiyani qoralash» asari chop etildi.
Unda Fransiyaning kambag‘allik holati ko'rsatildi,
merkantilistik siyosat
qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o‘tkazish to ‘g‘risida yangi g'oyalar ilgari
surildi. Biroq ular o ‘zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari
tomonidan ham e’tiborga olinmadi, qo‘llab-quwatlanmadi.
Iq tiso d iy fik rla rn in g riv o jla n ish id a va F ra n siy a d a b o zo r
munosabatlarining shakllanishida P. Buagilberning hissasi katta bo'ldi. Aynan
uning asarlari merkantilistik g‘oyalaming batamom obro‘sizlanishi va
fransuz klassik iqtisodiy maktabining
shakllanishi uchun nazariy-
metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. U, Pettiga o'xshab, mamlakatning
boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va
ne’matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi.
1691- yilda u Fransiyani og‘ir iqtisodiy
ahvoldan chiqarish tizimini
taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo'yicha turli islohotlar o ‘tkazilib, 1707-
yilda esa uning g‘oyalari yetilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi:
1. Soliq tizimini o‘tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan
manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq, barchaga tegishli
bo‘lishi kerak.
2. Ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo
erkinligi): ya’ni ichki bozomi kengaytirish, mehnat taqsimotining o‘sishini
ta’minlash, tovar-pul
muomalasini kuchaytirish kerak;
3. Donning erkin sotilishiga yo‘l berish, donga tabiiy baho ta ’sirini
cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun’iy ravishda baho
belgilangan b o ‘lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanm as edi.
Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat sharoitida rivojlanishi va
tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga ega bo‘lishi kerak edi. U davlat bu
sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb hisobladi.
Birinchi fransuz klassigining fikricha, iqtisodiyotdagi asosiy soha savdo
emas, balki ishlab chiqarish, eng awalo, qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. P.
Buagilber o‘z asarlarida iqtisodiyotning «tabiiy qonunlari» to‘g‘risida qayd
qilib o‘tadi. Davlat yuqori sohqlarni joriy
etish yoki proteksionizm
siyosatini qo'llash bilan ularga xalaqit bermasligini tavsiya etadi.
Dostları ilə paylaş: