Qadimgi Rim kalendari. Qadimgi Rim kalendarining tuzilishi, sanasi to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega emasmiz. Bizga ma'lumi shuki, Rimning afsonaviy asoschisi va hukmroni Romul (eramizdan avvalgi VIII asrning o'rtalari) davrida oy kalendaridan foydalanganlar. Kalendar bir yil 10 oy, jami 304 kundan iborat bo'lgan. Oylar tartib raqamlari (birinchi, ikkinchi, ..., o'ninchi) bilan nomlangan. To'rt oy 31 kundan (1, 3, 5, 8-oylar) va olti oy 30 kundan iborat bo'lgan.
Yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. «Romul yili»ni astronomik vilga tenglashtirish maqsadida o'ninchi oyning oxiriga qo'shimcha kunlarni qo'shganlar. Eramizdan avvalgi VIII asrning oxirlariga kelib to'rtta kalendar oylariga nom berildi. Yilning birinchi ovi «Martius», ikkinchi oy «aprilis», uchinchi oy «mayus», to'rtinchi oy «yunius» deb ataldi. Mazkur kalendar sinodik oy yiliga mos kelmasdi, lekin u Quyosh kalendari ham emasdi.
Eramizdan avvalgi VII asrda kalendar islohoti o'tkaziladi. Bu islohotni yarim afsonaviy shaxs Rim podshosi Numa Pompiliy boshladi. U bir yilda kunlarning sonini 355 ga, oylarning sonini 12 ga yetkazdi. N'uma Pompiliy islohoti natijasida qo'shimcha yangi ikki oy paydo bo'lib, yanuarus va februaris nomini oldi. Kalendarda 7 oy 29, 4 oy 31, bitta oy «februarius» 23 sutkadan iborat bo'ldi. «Februarius» oyiga har yili 5 kun qo'shiladigan bo'ldi. Islohotlar natijasida «Numa yili» astronomik bir oy \ il ¡dan bir sutka ortiq, tropik yildan esa 10,5 sutka qisqa edi. Shuningdek, bu davrga kelib yana bir necha oylarga nom berildi. Kalendarda yil bahorgi tengkunlik davridan boshlanardi.
Qadimgi Rim kalendaridagi ovlar
Rim kalendaridagi birinchi oy Martius - ilgari cborvachilik va dehqonchilik, keyinchalik esa urush xudosi Marsga atab qo'yilgan.
Ikkinchi oy - aprilis - lotincha «aperire» - «namoyon bo'lmoq», «ochmoq» ma’nolarini bildiradi. Bu oyda harama daraxt va o'simliklar ochilib gullay boshlagan.
Uchinchi oy May us - xudo Merkuriyning onasi Yer ma'budasi Maya nomi sharafiga.
To'rtinchi oy Yunius - Yupiterning rafiqasi, osmon ma’budasi, ayollarning himoyachisi Yunona sharafiga qo‘yilgan.
Key ingi oltita oy kalendardagi tartib raqami bilan atalib, Kvintilis «lotincha» - beshinchi, sekstilis - oltinchi, september - yetttinchi. nklober - sakkizinchi. november - to'qqizinchi, desember - o‘ninchi llegan ma'nolarni bildiradi.
O‘n ikkinchi oy februarius - yer osti podshosi Februus nomiga qo'yilgan. Shuningdek, «ferbuane» so‘zi «tozalanmoq», «poklanmoq» llegan ma'nolarni bildiradi. Yilning oxirida ular poklanish marosimini o'tkazganlar. Fevral oyi oxiriga qo'shimcha kunlarni qo‘shganlar (masalan, fevral 23+5)'.
Hramizdan avvalgi VI asrda rimliklar mazkur oy kalendarini Oy- quyosh kalendariga aylantirishga urinib ko‘rdilar. Buning uchun ular inlerkalatsiya sistemasidan (qo‘shimcha oylarni qo‘shish) foydalandilar.
I.kidimgi Rim kalendariga har ikki yilda 20 kunlik qo‘shimcha oyni |ori\ qildilar. Bu oy «Marsedonius» - marsedoniv oyi nomini oldi2. Juft raqamlarni baxtsizlik ramzi hisoblangan rimliklar marsedoniy oyini ? F 24 «februarius»ning o'rtasiga joylashtirdilar. Mazkur islohotdan «o’ng kalendar yili 365 kunni [(355 4- 355 + 20) :2 = 365] tashkil qildi va niai ning yili ham Misr «daydi» yiliga teng bo’lib qoldi (tropik yildan ihorak sutka qisqa edi).
Marsedoniy oyining joriy qilinishi Qadimgi Rim kalendarlari tarixida kalta ahamiyat kasb etdi. Rim kalendari oy-quyosh kalendari hisoblandi. Nal ijada yilning va oyning boshlanishi yangi oy chiqishiga to'g'ri kelmay qoldi. Bu esa, yana kalendar islohotiga zarurat tug’ilganini bildirardi.
Framizdan avvalgi V asrga kelib interkalatsiya sistemasi orqali aniq Oy-quyosh kalendarini tuzdilar. Ular Rim kalendarida to'rt yillik siklni lihlab. toq yillar (birinchi, uchinchi) oddiy yil, ya’ni 355 kundan (oy kalendariga ko’ra), to'rtinchi yilga yigirma ikki sutka qo’shildi.
Shunday qilib, bu islohot natijasida mazkur Rim kalendari (desember yilijda yil tropik yildan bir sutkaga ko’payib ketdi. Desember yili Rim kalendarini to'g'rilamadi, balki uni chalkashtirib yubordi. E. Bikerman o‘sha davrdagi Rim kalendarining Oy fazalariga ham, Quyoshning yillik harakatiga ham mos kelmaganligini ta’kidlaydi. Natijada Rim kalendarini isloh qilishni oliy qohinlar-pontifik (pontifiks masimumjlar o‘z ixtiyorlariga oldilar. Ammo ular ham kalendarni to‘g‘rilash o'rniga battar chalkashtirib yubordilar1. Natijada Rim kalendarini isloh qilish juda zarur bolib qoldi.